Buxoro Davlat Universiteti 9-12 BTUS-19 talabasi Niyozova Munisaning Matematka o’qitish metodikasi fanidan bajargan taqdimot ishi.
MAVZU: RAQAMLASHDA SINF TUSHUNCHASI.
Yuz ichida sonlarni raqamlashni o‘rganishda o‘quvchilar yangi sanoq birligi - Yuz ichida sonlarni raqamlashni o‘rganishda o‘quvchilar yangi sanoq birligi
o‘nlik va o‘nlik sanok sistemasining muhim tushunchasi - xona tushunchasi bilan tanishadilar. Ikki xonali sonlarning hosil bo ‘ lish prinsiplarini nomi va yozuvini, sonlarni og‘zaki va yozma raqamlash o‘zlashtirishning asosidir. Yuz ichidagi sonlarni raqamlashni o ‘ rganishda o ‘ qituvchining vazifasi bolalarga predmetlarni bittalab, gruppalab sanashgna o ‘ rgatish, yuz ichidagi sonlarni o‘qish va yozishga o‘rgatish, bolalarga o‘ngdan chapga hisoblaganda birliklar ( 1 xona birliklari), o ‘ nliklar (2 xona birliklari) qaysi o ‘ ringa yozilishini aniqlash, u yo bu xona birliklari yo‘qligini qanday belgilashni ko‘ rsatish, birinchi va ikkinchi xona birliklari, xona soni, xona qo‘shiluvchilarning yig‘indisi, bir va ikki xonali sonlar kabi tushunchalar va terminlarni o‘quvchilar o ‘ zlashtirib olishlariga erishishdan iborat. Raqamlashni o ‘ rganishda ikki boskich ajratiladi: 11-20 sonlarni va 21-100 gacha bo‘lgan sonlari raqamlash. 20 gacha bo‘lgan (11-20) ikki xonali sonlarni va 20 dan (21-100) katta bo‘lgan ikki xonali sonlarni raqamlash bir-biriga o ‘ xshash, bu sonlarni og ‘ zaki va yozma nomerlash sanoqda birliklarni o‘ntalab guruhlashga va sonlarni yozishda raqamlarning o‘rin qiymatlari prinsipiga asoslanadi.
Ming ichida sonlarni raqamlashni o‘rganishda o‘qituvchining vazifasi:
1.Predmetlarni bittalab, o‘ntalab va yuztalab guruhlarga birlashtirib sanash.
2.Ming ichida sonlarni o‘qish va yozish hamda ularning natural qatorda kelish tartibini bilish.
3.Sonlarni yuzliklardan, o‘nliklardan va birliklardan hosil qila olish. 4.O‘ngdan chapga hisoblaganda birliklar, o‘nliklar, yuzliklar qaysi o‘ringa yozilishini aniqlash.
5.Sonni xona qo ‘ shiluvchilarining yig ‘ indisi shaklida ifodalash va berilgan sonda istalgan xona birligining umumiy sonini topish.
Ming ichida sonlarni og‘zaki raqamlashga oid ishni bir necha bosqichga bo‘lish mumkin:
I. Tayyorgarlik ishi.
II. O‘quvchilarni yangi sanoq birligi – minglik bilan tanishtirish.
Ko ‘ p xonali sonlarni raqamlashni o ‘ rnishda o ‘ qituvchining asosiy vazifasi yangi sanoq birligi minglik tushunchasini tarkib toptirish sinf tushunchasini mohiyatini ochish va shu asosda ko‘p xonali sonlar o‘qish va yozishga o‘rgatish, bolalarning o‘nlik sonok sistemasiga oid bilimlarini natural ketmaketlik, sonlarni yozishni pozitsion prinsipiga oid bilimlarini aniqlash va umumlashtirishdan iborat.
Ko‘p xonali sonlarni raqmlashni o‘rganish natijasida o‘quvchilar:
1.Millionlar sinfi ichida, natural qator sonlarining nomlarini o‘zlashtirib olishlari, ularning qanday hosil bo ‘ lishini tushunishlari, ularning o ‘ nli tarkiblarini bilib olishlari kerak.
2.Sinflarning nomlarini va har bir sinf ichida xonalarni bilish kerak.
3.Millionlar sinfi ichida har qanady sonni o ‘ qiy olishlari va yoza olishlari kerak.
4.Sonlarni taqqoslay olishlari kerak.
5.Har qanday sonni xona qo ‘ shiluvchilarning yig ‘ indisi shaklida tasvirlay olish, berilgan sondagi birliklarning, o‘nliklarning va … umumiysoni topa olishlari, mayda birliklarni yirik birliklar bilan va aksincha yirik birliklarni mayda birliklar bilan almashtira oladiga, sonlarni 10, 100, 1000 marta kattalashtira oladigan va nollar bilan tugaydigan sonlarni 10, 100, 1000 marta kamaytira oladigan bo‘lishlari kerak.
E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |