San'atshunoslik fakultetiga kiruvchi abiturent perspektiva bilan yaxshi tanish
oldiga keltirish» va «yoddan chizish» kabi vazifalarni qiynalmay bajara oladigan bo'ladi.
Perspektiva san'atini egallamay turib, savodli rasm chizish mumkin emas. Perspektiva
asosan chizma geometriya kursida to'liq fan sifatida o'qitiladi.
Perspektiva rasm chizishni boshlashdan, ya'ni «qurish» da asosiy rol o'ynaydi. Har
bir rasm chizuvchi narsani o'ziga qarab chizayotganda u chizayotgan har qanday buyum
chizuvchining ko'rish nuqtasi joyiga nisbatan o'zgarib ko'rinadi.
Shakl berish
Buyumlarni hajmli tasvirlash rangtasvir mashg'ulotlarida eng asosiy o'rinni egallaydi. Shu
sababli har bir chizuvchi mashg'ulotlarda o'zining kompozisiyasi bo'yicha buyumlarning
shaklini berish usulini tanlaydi. Qo'yilgan naturani chizishga kirishishdan avval uning
konstruktiv tuzilishi va shakli bilan chuqurroq tanishib, tahlil qilib ish boshlansa, qo'yilgan
maqsadga erishish osonroq bo'ladi.
Bizga ma'lumki, rasmda soya yorug'likning qattiq yumshoqligi turlicha bo'lgan qalamlar
bilan buyum teksliklarini tus (shtrix) berib yopish bilan olib boriladi.
Chizish paytida naturani surat tekisligi yuzasida kompozision joylashishini topish,
uning soya yorug'lik holatini to'g'ri hal qilish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Rassomlardan ayrimlari naturani avval chiziqli qilib qurib chiqish kerak, keyin tuslashga
kirishiladi deydilar. Bu usulda bajarilgan ish toza va pishiq chiqadi. Yuqoridagi fikrlardan
xulosa qilib, shuni aytish kerakki, tasvirni konstruktiv qurish davomida unga tus berish
ham qo'shib borilsa, naturani soya yorug' chegarasi aniqlanib, naturaga shakl berish badiiy
idrok bilan qo'shib olib borilgan bo'ladi. Geometrik modellarni tasvirlashda bu usul yaxshi
natija beradi. Natura sun'iy yorug'lik bilan yoritilib ishlanadi. Bu esa naturada soya
yorug'ni o'zgartirmasdan uzoq vaqt ishlash imkonini beradi. Ayrim hollardagina, ya'ni tirik
natura rasmini chizish davomida yorug'lik ba'zan o'zgarishi mumkin. Yorug' soya chegarasi
ham chizilayotgan narsani to'g'ri qurish uchun tayanch nuqtasi hisoblanadi.
Ishning borishida buyumning umumiy yaxlit shaklini topish zarur, maydalashtirish
kerak emas. Ayniqsa, tajribasi kamroq chizuvchi tezroq ishni tugatishga harakat qilib
xatolikka yo'l qo'ydi, shuning uchun ular yaxlitlikni yo'qotmaslik usullarini o'rganishlari shart.
Buning uchun yupqa mato ustidan natura ko'riladi.
Ishda kompozisiya qurish to'g'ri topilgach, chizuvchi mayda bo'laklarni ishlashga,
ya'ni umumiylikdan bo'laklarni aniqlashga o'tiladi. Qachonki, bo'laklar aniqlab ishlangach,
yana ishning yaxlitligi ko'riladi.Bu usul maydadan yirikka qaytish deyiladi.
Ishning oxirida natija shunday bo'lishi kerakki, hamma mayda bo'laklar bir yaxlitlik
hosil qilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: