Taʼlimiy maqsad: Til boyligini oshirish va bolalarning tasavvurini shakllantirish.
Tarbiyaviy maqsad: Bolalarning jamoa boʻlib ishalashda ahillikni va bir biriga boʻlgan ishonchini oshirish.
Korreksion maqsad: Asosan psixik rivojlanishi sustlashgan va boshqa nuqsonli bolalarni rang terapiyasi orqali ularning pisixologiyasini yaxshi oʻrganish va ularga tuzatish kiritish.
Bajarilish tartibi: Bolalarga oʻqituvchi yoki psixolog rang terapiyasida bajariladigan oʻyin haqida biroz tushuncha beradi va oʻyining bajarilish tartibi qoidalari haqida tushuntirib beradi.
Kerakli jihozlar: Ranglarning inglizcha nomlari , ranglar va turfa xil guvash va rangli boʻyoqlar , katta oq list va 2 ta parta kerak boʻladi.
Kerakli jihozlar: Ranglarning inglizcha nomlari , ranglar va turfa xil guvash va rangli boʻyoqlar , katta oq list va 2 ta parta kerak boʻladi.
Bajarilish jarayoni: Bolalar bu oʻyinni ikki guruhga ajralib oʻynashadi. Har bitta hurujidan bittadan bola chiqib parta ustidagi ranglarning inglizcha nomi yozilgan qizlardan bittasini tanlaydi va oʻsha rangni topib qoʻli bilan oq listga qanaqadur shaklni chizishi zarur boʻladi . Shu zaylda oʻyin davom etadi. Oxirida qaysi jamoa oʻyin shartlarini birinchi va toʻgʻri bajarilgani tekshirilib gʻolib jamoa taqdirlanadi.
“Rangli olam “oʻyini.
Taʼlimiy maqsad: Bolalardagi mayda matorikani rivojlantirish , ulardagi idrokni va tasavvurni shakllantirish.
Tarbiyaviy maqsad: Bola bilan individual holda ishlashda boladagi agressivlikni yoʻqotish va qiziqishni oshirish.
Korreksion maqsad: Bolalarning turli nuqsonlarini rang terapiyasi orqali korreksiyalash.
Bajarilish tartibi: Oʻqituvchi yoki psixolog bolaga oʻyin tartib qoidalari haqida tushuntirib oʻtadi.
Kerakli jihozlar: Oq qogʻoz va turfa rangli guvashlar, rangli qalamlar va boʻyoqlar kerak boʻldi.
Bajarilish jarayoni: Bolaga katta hajmdagi oq qogʻoz va rangli boʻyoqlar beriladi . Bola esa bu boʻyoqlardan foydalangan holda oʻzining tasavvur doirasida kelib chiqqan holda rasm chizib koʻrsatishi zarur boʻladi . Bu oʻyin orqali bolalarning pisixologiyasida qanday oʻzgarishlar boʻlyotganligini bilish mumkin va undagi nuqsonlarni tuzatish yoki yengilashtirish mumkin hisoblanadi.
“Topagʻon bolajon” oʻyini.
Taʼlimiy maqsad: Bolalarning bilish darajasini tekshirish va ularning tasavvur doirasini , idrokini rivojlantirish.
Tarbiyaviy maqsad: Bolalar jamoa boʻlib ishlashda ular oʻrtasidagi ahillikni va bir biriga boʻlgan ishonchni oshirish.
Korreksion maqsad: Bolalardagi turli xil nuqsonlarni rang terapiyasi orqali korreksiyalash.
Bajarilish tartibi : Oʻqituvchibyoki psixolog bolalarga oʻyin tartib qoidasi haqida tushuncha berib oʻtadi. Oʻyin guruhlarga boʻlinib oʻynaladi.
Kerakli jihozlar: Tayyor chizilgan ammo balmagan hayvon rasmlari, rangli qalam va boʻyoqlar kerak boʻladi.
Bajarilish jarayoni: Guruhlarga bir xil hayvon rasmlari tarqatiladi ular esa oʻsha hayvonni qanaqa rangda boʻlishini topib boʻyashlari shart boʻladi . Qaysi jamoa shartni birinchi va trio bajarsa oʻsha jamoa gʻolib hisoblanadi. Bu oʻyin bolalarning bilish darajasini tekshirishda yordam beradi va bolalarga koʻtarinki kayfiyat baxsh etadi.
“ Rangin kamalak” oʻyini
Taʼlimiy maqsad: Bolalarning tasavvurini va idrokini rivojlantirish .
Tarbiyaviy maqsad: Bolalar huruj boʻlib ishlashda ular oʻrasidagi munosabatlarni yaxshilash .
Korreksion maqsad: Bolalardagi nuqsonlarni rang terapiyasi orqali korreksiyalash.
Bajarilish tartibi: Bolalarga oʻqituvchi yoki pisixolog tomonidan oʻyinning tartib qoidalari tushuntirib oʻtiladi.
Kerakli jihozlar: Yetti xil rangdagi idishchalar, yetti xil ranga boʻyalgan va turli xil shakllarda kartondan yasalgan shaklachalar va oldindan tayyorlab qoʻyilgan musiqa kerak boʻldi.
Bajarilish jarayoni: Bu oʻyin individual shugʻullanishga muljallangan boʻlib ,bunda bola maʼlum belgilangan vaqt ichida qanaqa rangli idishcha boʻlsa , oʻshanaqa rangli shakllarni oʻsha idishchaga joylashtirishi zarur boʻladi, oʻyin davomida musiqa qoʻyiladi. Bu oʻyin orqali bolalarga turli geometrik shakllarni va ranglarni ajratishni oʻrgatish mumkin hisoblanadi.
“Aqlli svetafor “oʻyini .
Taʼlimiy maqsad: Bolalarda ranglardan foydalangan holda svetafor haqida va yoʻl harakati qoidalari haqida tushuncha paydo qilish.
Tarbiyaviy maqsad: Bolalar oʻrtasida jamoa boʻlib ishlashda ahillik va hamjihatlikni oshirish.
Korreksion maqsad: Bolalardagi turli nuqsonlarni rang terapiyasi orqali korreksiyalash.
Bajarilish tartibi: Oʻqituvchi yoki pisixolog bolalarga oʻyin tartib qoidalari va svetafor haqida maʼlumot beradi.
Kerakli jihozlar: Rangli qogʻozlar, turfa rangli boʻyoqlar va qalamlar kerak boʻladi.
Bajarilish jarayoni: Bolalar rangli qogʻozlardan foydalangan holda svetaforni yashashlari kerak boʻladi. Svetaforni yasashda huruj boʻlib ishlashdi . Svetafor tayyor boʻlgandan soʻng esa har bir rangi haqida bittadan oʻquvchi gapirib beradi. Bu oʻyin orqali bolalarga ul harakati qoidalarini oʻrgatish va ranglarning bir biridagi farqini tushuntirish mumkin.