Rang-tasvir
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rang-tasvir — tasviriy san
ʼat turi; biror qattiq yuzada rangli ashyolarda, Mas, boʻyoqlar yordamida yaratiladigan badiiy asar. R.
voqelikni badiiy tasvirlash va talqin qilish; tomoshabin fikri va tuyg
ʻulariga taʼsir etishning muhim vositasi; muhim ijtimoiy
mazmun va rang-barang g
ʻoyaviy vazifalarga ega. R. asarining goyaviy mazmuni uning mavzu va syujetida mujassamlashadi,
syujetni rassom R.ning ifoda vositalari (kompozitsiya, racm, rang , ritm va h.k.) orqali ro
ʻyobga chiqaradi. P. acaplari asos
(maxsus ishlov berilgan mato, yog
ʻoch, qogʻoz, karton, shisha, metall va h.k.), rang qatlami (moyboʻyoq, guash, tempera, akvarel,
rangli shisha, rangli tosh va h.k.), ayrim hollarda uni saqlash uchun ustidan berilgan yupqa lok qatlamidan iborat bo
ʻladi. R.ning
muhim tasviriy va ta
ʼsir vositasi — rang (kolorit). Rang orqali rassom borliq yoki xayoliy dunyoni koʻrinarli shakllarda
tasvirlaydi, makonning cheksizligini, undagi narsalarning rang-barangligini, moddiyligini hajm va fakturasini ko
ʻrsatishi, harakat,
inson ruhiyatidagi o
ʻzgarishlar, murakkab hissiy kechinmalar, oʻyxayollarni aks ettirishi mumkin. R.ning tasviriy ifoda vositasi va
ishlash uslubi ishlatiladigan rang , qurollar xususiyati, rang eritgichlari, asosi (funt)ga bog
ʻliq (Mas, yuzasi silliq yoki gʻadirbudir
berilishiga qarab asar ko
ʻrinishi turlicha taʼsir koʻrsatishi mumkin). Asar dastlab ijodkor tasavvuri va ongida paydo boʻlgan gʻoya
qoralamasi tarzida kalam yoki ko
ʻmirqalamda biror yuza (koʻpincha qogʻoz va karton)da ishlab olinadi. Soʻng shunga mos asos
tanlanib, unga bajariladigan ishning mohiyatiga ko
ʻra ishlov beriladi. Shundan soʻng tasvir oʻrni belgilab rasmi ishlanadi. Rang
berishda esa asta suyultirilgan rang bilan boshlab ko
ʻp qatlamli (lessirovka) yoki kerak rangni bir qoʻyishda bir katlamli (alla
prima) bajarish mumkin. R. asarlari ishlanishini shartli ikki — yassi va hajmli — fazoviy uslubga ajratish mumkin: birinchi
uslubda tasvir nursoyasiz yaxlit yassi shakllarda ishlanadi, hajmlifazoviy usudda esa tasvir hajmli nursoya yordamida muhit bilan
bog
ʻliq hodda tasvirlanadi. Bunday asarlar rangga boy boʻlib, unda ranglarning barcha tuslanishlarini his etish, tushuvchi nurning
qaytgan rangini ham, qaytgan nurlarning tuslanishi va boshqa ranglar bilan boyishi (refleks)ni ko
ʻrish mumkin. R. asarlarida bu
ikki uslub orasida qatiy chegara yo
ʻq, biri ikkinchisini toʻddiradi. R. asarlari oʻzining ishlanish oʻrni, mazmuni, bajaradigan
vazifasi, ishlanish uslubi va ko
ʻrinishiga qarab monumental (monumental sanat, monumental rangtasvir), bezak (bezak sanʼati,
bezash san
ʼati), dastgoh sanʼati, dekoratsiya (teatr va kino dekoratsiyasi), miniatyura va boshqalarga boʻlinadi. Tasvir mavzui va
mazmun yo
ʻnalishiga qarab bir qator janrlarga ajraladi: animalistika, tarixiy janr, maishiy janr, batalʼ janri, portret, manzara,
natyurmort va boshqa
R. qadimda so
ʻnggi paleolit (miloddan avvalgi 40— 8ming yilliklar)da paydo boʻlgan. Jan. Fransiya (Fon de Gom, Lasko), Shim.
Ispaniya (Altamira), O
ʻrta Osiyo va boshqalarda R. asarlari saqlanib qolgan; soz tuproqli boʻyoqlar, qorakuya, pista kumir bilan
ishlangan, rasmlar tekis sharpa sifat (siluet), ba
ʼzilarida esa hajmli kilib ishlashga harakat qilinganligi seziladi, mezolit va neolit
davrida bajarilgan ibtidoiy rasmlarda murakkab kompozitsiyalar, abstrakt tushunchalar paydo bo
ʻla boshlagan. Quddorlik davrida
rivojlangan texnik vositalarga boy obrazlar tizimi shakllandi. Qad. Sharq mamlakatlari (Misr, Hindiston, O
ʻrta Osiyo), jan.sharqiy
Yevropa (Yunoniston, Italiya), shuningdek, Amerika qit
ʼasi (Markaziy Amerika)da monumental R. rivojlandi. Maqbara
ibodatxona, saroy va boy zodagonlarning uylari devorlariga turli mavzu va yo
ʻnalishda asarlar ishlandi.
Antik davrda me
ʼmorlik va haykaltaroshlik bilan uygʻunlashgan R. diniy mazmun bilan bir qatorda oliy tavaqa maqsadlarita
tavmat qildi, nursoya, chiziq va havo perspektivasi yuzaga keldi, maishiy va tarixiy lavhalar, manzara, portret, natyurmortlar
yaratildi. Miloddan avvalgi 5-asrda Yunonistonda mum rassomligi (enkaustika)dagi dastgoh rassomligi haqida fayyum portretlari
tasavvur beradi. O
ʻrta asrlarda Sharq mamlakatlarida monumental R. sanʼati oʻzining haqiqiy gullashdavrini boshidan kechirdi.
Hindiston (Ajanta), O
ʻrta Osiyo (Tuproqqalʼa, Varaxsha, Afrosiyob, Bolaliktepa) va boshqalarda nozik boʻyoqlar, nafis bezak
ritmi, hayotiy kuzatishlarning yorqinligi xos bo
ʻlgan miniatyura sanʼati rivojlandi, Xitoy, Yaponiya, Koreyada shoyi va qogʻozga
tush, akvarel va guash bo
ʻyogʻida racm ishlash sohasida yuqori choʻqqilarga erishidsi. Uygʻonish davrida R.ning yangi qirralari
yuzaga keldi, ilmiy asosga tayangan realistik san
ʼat kamol topdi va jahon sanʼati rivojida muhim oʻrinni egalladi: ifoda tizimi
hamda uning ilmiy asosi yaratildi. Perspektiva, optika, plastik anatomiya borasida yutuqlarga erishildi, monumental R. yuksak
cho
ʻqqisiga koʻtarildi, gʻoyaviy boyidi, dastgoh R. ijtimoiy hayotga keng koʻlamda kirib bordi. Texnikada suv boʻyoq oʻrnini
moybo
ʻyoq egallay boshladi, lessirovka, valyor uslubiga qiziqish ortdi, lok—moyboʻyoq texnikasi murakkablashdi, koʻp qatlamli
R. rivojlandi. Faktura masalalarida ham izlanishlar olib borildi, oq qoplamli (grunt) asosga silliq rangli qoplama asosga quyuq
rang surtmalari (pastoz uslubi) bilan ishlashga e
ʼtibor ortdi. 17—18-asrlarda Yevropa (Fransiya, Italiya, Ispaniya, Flandriya,
Gollandiya, Buyuk Britaniya, Rossiya va boshqalar)da milliy R. maktablari shakllandi, hayotni haqqoniy inqilobiy taraqqiyotda
aks ettirish, inson ruhiy olamidagi nozik o
ʻzgarishlarni, inson va jamiyat muammolarini ishonarli talqin etish muhim oʻrinni
egalladi. R. janrlari kengaydi, monumental R. bilan dastgoh san
ʼati keng rivoj topdi, uslubiy yoʻnalishlari koʻpaydi, tonal R.
yanada mukammallashdi. Pastel, akvarelga qiziqish ortdi. Yevropa san
ʼati (ayniqsa, dastgoh R.)ning jahon xalqlari, jumladan,
Sharq mamlakatlari san
ʼatiga taʼsiri sezilarli boʻldi. 19-asrda R. dunyoqarash bilan bogʻliq dolzarb masalalarni hal etishga harakat
qilib ijtimoiy hayotda muhim urinni egalladi, ijtimoiy hayotdagi mavjud illatlar o
ʻtkir tanqid ostiga olindi, 19-asr mobaynida
akademizmga asoslangan xayotdan uzok,, ideallashtirilgan obraz va qahramonlarni targ
ʻib qiluvchi asarlar maqtaldi, naturalizm
an
ʼanalari shakllandi. Quruq, hayotdan uzoq soʻnggi klassitsizm va salon akademizmiga qarshi kurashda davrning murakkab,
fojiali voqealariga bagishlangan shijoatli, ta
ʼsirchan, nursoya nisbatlari keskin olingan, toʻyingan, rangdor koloritli romantizm
uslubi paydo bo
ʻlib rivojlandi (Fransiyada — P.Jeriko, E.Delakrua; Germaniyada — F.O.Runge, K.D.Fridrix, Rossiyada
O.A.Kiprenskiy, K.P.Bryullov va boshqalar), hayotni o
ʻziga oʻxshatib ishlash uslubiga asoslangan realistik R. bu davrda yanada
chuqurlashdi. Endilikda tasvirni na faqat haqqoniy bo
ʻlishiga, balki hayotni kuzatish asosida paydo boʻlgan kechinma va
taassurotlarni, xayol va o
ʻylarni ham ifodalashga harakat kuchaydi. Borliqning oʻzidan kartina yaratish, nur, havo, kenglik ranglar
tuslanishi va birbirining rangiga ta
ʼsir etish xususiyatlarini ham ishonarli ranglarda tasvirlashga intilish kengayib bordi
(Angliyada — J.Konstebl, Fransiyada — K.Koro, O. Domye, Rossiyada — A.G.Venetsianov va boshqalar). Yevropada inqilob va
milliy ozodlik harakati kuchaygan davrda demokratik realizm rivojlandi, xalqhayoti, ularning kurashlari ko
ʻrsatildi, milliy tarix
va zamonaning muhim voqealarini aks ettiruvchi kompozitsiyalar, jamiyatning jasur va ilg
ʻor kishilarining siymolari yaratildi.
Rus inqilobiy demokratik estetikasi bilan bog
ʻliq ijtimoiy tankdsiy realizm rivojlandi. Peredvijniklar va ularga yaqin ijodkorlar
(V. Perov, I.Kramskoy, I. Repin, V.Surikov va boshqalar) shu jarayonda faol o
ʻrinni egalladilar. 19-asr 70-yillaridan rassomlar
palitrasi toza spektr ranglari bilan boyidi; rassomlar ochiq havoda racm ishlashni odat qila boshladilar. Bu borada impressionist
rassomlar (K.Mone, K.Pissaro, A.Sisley va boshqalar) alohida o
ʻrinni egalladilar. Ular R. yuzasini tashkil etishda oʻziga xos yoʻl
tutib an
ʼanaviy silliq fakturadan va shakllarning tugal chizikli yechimidan voz kechish, ishlash uslubini yangilanishiga, toza
spektr ranglarning erkin surtmalaridan foydalanib asar yaratishga erishdilar. Bu harakat keyinroq haykaltaroshlik, grafika,
me
ʼmorlik, musiqa, adabiyot va boshqa sanʼat turlariga nisbatan ham qoʻllanila boshlandi (qarang Impressionizm). 19-asrda
moybo
ʻyoq R.i yetakchi oʻrinni egalladi, bunga uning texnikasi, shu davrda sanoatda ishlab chiqarilayotgan yangi boʻyoqlarning
keng ko
ʻlamda hayotga kirib kelishibnbogʻliqedi. 19-asr R.ningelim va moyboʻyoq bilan asar yaratish usuli inqirozga tusha
boshladi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida shu san
ʼatni qayta tiklash harakati boshlandi, uning yangi qirralari ochila boshlandi,
san
ʼatning bezak tomoniga eʼtibor ortdi; meʼmorlik, tasviriy va amaliy sanʼatlar uygʻunligida yagona majmua yaratish ishtiyoqi
shu davrda paydo bo
ʻlgan modern uslubida namoyon boʻldi. Bu davrda avangard yoʻnalishi realistik R.ga kuchli raqobatda boʻldi.
Sharq va G
ʻarb toʻqnashuvi natijasida 20-asr R.i shakllandi, realistik sanʼatga raqobatda avangard sanʼati rivojlanib bormoqda. Bu
yo
ʻnalish tarafdorlari ijodkor subʼyektiv kechinmalari, histuygʻularini hayotiy, borliq shakllarida tasvirlashdan koʻra oʻzlarining
xayollaridagi shakl va ko
ʻrinishlar, harakatlari natijasida paydo boʻlgan shakl va chizikdarni tasvirlashni maʼqul koʻradilar.
Avangard oqimlarining rivojlanishi natijasida borliqni tasvirlashdan umuman voz kechilib tasvir vositalari ham o
ʻzgara boshladi
(abstrakt san
ʼat). 20-asr 60-yillar oʻrtalaridan esa ayrim Yevropa va Amerika R.ida avangard sanʼati — popartnpng unsuriga
aylanib bordi. Bugungi kunda ushbu raqobat rivojlanib avangard tarafdorlari ortib bormokda.
O
ʻzbekistonda R. sanʼati qadimdan mavjud boʻlgan. Uning ilk namunalari ibtidoiy jamoa davriga borib taqaladi (qarang Ibtidoiy
san
ʼat, Zarautsoy rasmlari). Miloddan avvalgi 1ming yillikning oxiri va milodiy 1ming yillik boshlarida R. oʻzining gullagan
davrini boshidan kechirgan (Afrosiyob, Varaxsha, Bolaliktepa, Tuproqqal
ʼa va boshqalardagi devoriy rasmlar). Bu davrlar R.i
yassi bezak yo
ʻnalishida mahalliy (lokal) ranglarda bajarilgan. Amir Temur va Temuriylar davrida monumental R. (devoriy
rassomlik, mozaika) bilan birga miniatyura san
ʼati rivojlangan. Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahqib, Muhammad Murod
Samarqandiy va boshqalarning asarlari dunyoga keldi. 19-asr o
ʻrtalaridan boshlab Turkistonda dastgoh sanʼati shakllana boshladi
va 20-asrda o
ʻzbek milliy R. maktabi yaratildi. R.ning hamma tur va janrlarida asarlar yaratildi, miniatyura, vitraj sanʼati qayta
tiklandi. Bugungi kunda o
ʻzbek R. sanʼati jahrn hamjamiyati bilan bir qatorda rivojlanmoqda, uning gʻoyaviy plastik rivoji ustida
rassomlar izlanmoqda, mehnat qilmoqda.
Taktash R.X., Izobrazitelnoye iskusstvo Uzbekistana, T., 1972; Iskusstvo Sovetskogo Uzbekistana, M., 1976.
Nemat Abdullayev.
[1]
1. O
ʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada boshqa til bo
ʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qo
ʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ushbu maqolada O
ʻ
zbekiston milliy
ensiklopediyasi (2000-2005) ma
ʼlumotlaridan
foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Ran
g-tasvir&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrog
ʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Rang-tasvir&oldid=2001977" dan olindi
Bu sahifa oxirgi marta 2-Avgust 2018, 17:33 da tahrir qilingan.
Matn Creative Commons Attribution-ShareAlike litsenziyasi bo
ʻyicha ommalashtirilmoqda, alohida holatlarda
qo
ʻshimcha shartlar amal qilishi mumkin (batafsil).
Adabiyot
Manbalar