Bu so`zlarni shunchaki oddiygina tinglab bo`lmasdi. Butun vujudim, qalbim larzaga keldi. Ko`zlarimda yosh aylandi va bobomning “O`ziga shukur, yaratganiga shukur” deb ko`p takrorlaydigan so`zlari yodimga tushdi. Yaratganim o`zingga shukur, dorilomon kunlaring uchun. Madadkorim o`zingga shukur, tinchlik berib suyganing uchun. Neki qilsak, sen uchun kamdir bizga bergan non tuzing uchun. Suyanganim, boringga shukur, bizni shunday asraganingchun. Vatanim- onam deya doim alqab kelamiz. Chunki Vatanni mehribon onajonlarimiz-u, duogo`y buvijonlarimiz timsollarida ko`ramiz. Har gal buvimni ko`rgani borganimda peshonamni silab, bagirlariga bosib, neki asrab qo`yganlari bo`lsa dasturxonga oladilar. Men uchun atay tikib qo`ygan ko`ylaklari-yu, yostiqchalarni menga ilinadilar. Shu onda xayolimdan bir savol o`tadi. Buvijonimning bunday iltifotlari uchun nimalar qilsam, kongillari ko`tariladi. O`zlaridan so`raganimda, “Bolam, tez-tez kelib tursang bo`lgani”, deydilar. Qo`shni ayollar buvimning oldilariga tez-tez chiqib turadilar. Ba’zilari tikish sirlarini o`rganish uchun, ba’zilari esa maslahat olgani yo`qlab turishadi. Kimki nima maqsadda chiqmasin, buvimlar hech qachon noumid qilib qaytarmasdilar. Ayollarga doim sabr-qanoat haqida so`zlab, doim “Qizlarim, hech qachon mehnatdan qaytmang. Ozingizning mehnat qilib topganingiz, eng beminnat, eng shirin luqma. Sabr bilan qancha intilsangiz, shuncha boylikdan-da ulug` ne’matlarni qo`lga kiritasizlar. Bolam, qaynonangizning har bitta aytgan gaplariga “xo`p” deng. Hech qachon oyingizga qarshi bormang. Sizni qizim deb borini tutgan ayolni ardoqlang, kam bo`lmaysiz. Axir, bu dunyo qaytar dunyo. Nimaiki qilsangiz, ertaga o`zingizga qaytadi, bolalarim”. Bu hikmatga teng so`zlar doim har bir qizlarimizga hamroh bo`lsa, ularning kelajagi oydin, oilasi jannat bo`ladi. - Vatanim- onam deya doim alqab kelamiz. Chunki Vatanni mehribon onajonlarimiz-u, duogo`y buvijonlarimiz timsollarida ko`ramiz. Har gal buvimni ko`rgani borganimda peshonamni silab, bagirlariga bosib, neki asrab qo`yganlari bo`lsa dasturxonga oladilar. Men uchun atay tikib qo`ygan ko`ylaklari-yu, yostiqchalarni menga ilinadilar. Shu onda xayolimdan bir savol o`tadi. Buvijonimning bunday iltifotlari uchun nimalar qilsam, kongillari ko`tariladi. O`zlaridan so`raganimda, “Bolam, tez-tez kelib tursang bo`lgani”, deydilar. Qo`shni ayollar buvimning oldilariga tez-tez chiqib turadilar. Ba’zilari tikish sirlarini o`rganish uchun, ba’zilari esa maslahat olgani yo`qlab turishadi. Kimki nima maqsadda chiqmasin, buvimlar hech qachon noumid qilib qaytarmasdilar. Ayollarga doim sabr-qanoat haqida so`zlab, doim “Qizlarim, hech qachon mehnatdan qaytmang. Ozingizning mehnat qilib topganingiz, eng beminnat, eng shirin luqma. Sabr bilan qancha intilsangiz, shuncha boylikdan-da ulug` ne’matlarni qo`lga kiritasizlar. Bolam, qaynonangizning har bitta aytgan gaplariga “xo`p” deng. Hech qachon oyingizga qarshi bormang. Sizni qizim deb borini tutgan ayolni ardoqlang, kam bo`lmaysiz. Axir, bu dunyo qaytar dunyo. Nimaiki qilsangiz, ertaga o`zingizga qaytadi, bolalarim”. Bu hikmatga teng so`zlar doim har bir qizlarimizga hamroh bo`lsa, ularning kelajagi oydin, oilasi jannat bo`ladi.
- Men bu so`zlarni tinglab beixtiyor bobom va buvjonimdan faxrlanib ketaman. Ularga doim Yaratgandan sog`lik-salomatlik, umr tilayman.
Fikrim so`nggida shuni xulosa qilib aytmoqchimanki, keksalarimiz bizning farishtalarimiz. Ularning duolari bizning yo`ldoshimiz. Mening bobom va buvim mening faxrimdir. Men doim ular bilan g`ururlanaman. - Umr yo`limda doim mash`alam bo`ling, Yo`llarimni yoritguvchi chirog`im bo`ling. Hayot so`qmoqlarida madad berguvchi, Duogo`yim, asraguvchi tumorim bo`ling.
Фикрим сўнггида шуни хулоса қилиб айтмоқчиманки, кексаларимиз бизнинг фаришталаримиз. Уларнинг дуолари бизнинг йўлдошимиз, маҳалламиз ривожи ва унинг кенгбағр, серфайз бўлишида уларинг ўрни беқиёс. Менинг маҳаллам менинг фахримдир. Мен доим маҳаллам билан ғурурланаман.
Do'stlaringiz bilan baham: |