Ramazonov Suxrob mmr 81 I Reja



Download 3,05 Mb.
bet2/3
Sana16.03.2022
Hajmi3,05 Mb.
#499105
1   2   3
Bog'liq
Ramazonov Suxrob

 Bobom ko`pincha urush davridagi, qahatchilik kunlaridagi bo`lgan voqealarni, eshitgan va ko`rgan-bilganlarini bizlarga so`zlab berganlarida, “bu kunlarga, tinch zamonamizga shukr, bolam” deya bot-bot takrorlaydilar. Bobomning har bitta yuzlaridagi ajin ko`rgan azoblarining belgisi deb o`yga tolaman ba’zan. Haqiqatan ham, bobomning ko`rgan mashaqqatlarini, yoshlik chog`laridayoq ham o`qib, ham ishlab kun ko`rganliklari, ota-onalariga ko`mak berish uchun har qanday og`ir ishlardan ham qaytmaganliklari men uchun jasoratli inson qiyofasini yaratib beradi. O`z davrlarida chekkan azoblari, mashaqqatlari uchun bugungi kunda shunday sharofatli kunlarga erishdik. Bir kuni biz, sho`x nabiralarining ko`cha-ko`yda qo`limizda non yeb yurganimizni ko`rgan bobom darrov yonlariga chaqirib, tushgan nonning ushoqlarini bittalab terib ko`zlariga surdilar-u, bir voqeani so`zlab berdilar. Bobomning bu holatlarini ilgari ko`rmagandim. Bobomning nazarimda yuzlaridagi ajinlar yana bittaga ko`payganday bo`ldi xayolimda. Biz bunday sho`xligimizdan qattiq ranjigan bo`lsalar-da,hech bizga qattiq gapirmadilar. Aytishlaricha, bolalik paytlarida kun kechirish juda og`ir bo`lgan ekan. Otalari ertadan kechgacha temirchilik qilib, kishilarga mehnat qurollari yasab berar ekanlar. Gohida otalariga yordam berish uchun ustaxonaga borsalar, gohida esa onalariga ko`maklashish uchun kolxozning yerlariga ishlashga oshiqar ekanlar. Hatto tunda ham oyimning qandaydir tikish ishlari bilan band bo`lib, tun yarmisigacha mijja qoqmay chiqqanlarining guvohi bo`lganman, deydilar. Shunday kunlarning birida yarim tungacha mijja qoqmagan oyim, erta tong qorong`usida tandir yoqib non yopishga urinardilar. U davrning nonlarini bu kunlardagi, siz uvol qilayotgan nonlar bilan solishtirib bo`lmaydi bolam. Garchi biz yeyayotgan nonlar qop-qora bo`lsa ham, ko`zimizga surtar edik. Chunki, birinchi sinf bolasi bo`lganimda men ham akalarim va mahallamizdagi o`rtoqlarimga qo`shilib boshoq tergani borar edim. O`rilgan bug`doyning ostida tushib qolgan butun va yarim boshoqlardan qancha ko`p topsak, shuncha quvonardik. Kolxozimiz raisi har bir bolaning etagiga boshoqlardan mehnati evaziga solib berardilar. Uyga kelganimda oyimning meni suyib peshonamdan o`pib, “yasha bolam” deyishlarining o`zi men uchun katta mukofot edi. Otam non ushog`ini ko`zlariga surib o`ziga shukur deb qayta-qayta aytardilar.

  •  Bobom ko`pincha urush davridagi, qahatchilik kunlaridagi bo`lgan voqealarni, eshitgan va ko`rgan-bilganlarini bizlarga so`zlab berganlarida, “bu kunlarga, tinch zamonamizga shukr, bolam” deya bot-bot takrorlaydilar. Bobomning har bitta yuzlaridagi ajin ko`rgan azoblarining belgisi deb o`yga tolaman ba’zan. Haqiqatan ham, bobomning ko`rgan mashaqqatlarini, yoshlik chog`laridayoq ham o`qib, ham ishlab kun ko`rganliklari, ota-onalariga ko`mak berish uchun har qanday og`ir ishlardan ham qaytmaganliklari men uchun jasoratli inson qiyofasini yaratib beradi. O`z davrlarida chekkan azoblari, mashaqqatlari uchun bugungi kunda shunday sharofatli kunlarga erishdik. Bir kuni biz, sho`x nabiralarining ko`cha-ko`yda qo`limizda non yeb yurganimizni ko`rgan bobom darrov yonlariga chaqirib, tushgan nonning ushoqlarini bittalab terib ko`zlariga surdilar-u, bir voqeani so`zlab berdilar. Bobomning bu holatlarini ilgari ko`rmagandim. Bobomning nazarimda yuzlaridagi ajinlar yana bittaga ko`payganday bo`ldi xayolimda. Biz bunday sho`xligimizdan qattiq ranjigan bo`lsalar-da,hech bizga qattiq gapirmadilar. Aytishlaricha, bolalik paytlarida kun kechirish juda og`ir bo`lgan ekan. Otalari ertadan kechgacha temirchilik qilib, kishilarga mehnat qurollari yasab berar ekanlar. Gohida otalariga yordam berish uchun ustaxonaga borsalar, gohida esa onalariga ko`maklashish uchun kolxozning yerlariga ishlashga oshiqar ekanlar. Hatto tunda ham oyimning qandaydir tikish ishlari bilan band bo`lib, tun yarmisigacha mijja qoqmay chiqqanlarining guvohi bo`lganman, deydilar. Shunday kunlarning birida yarim tungacha mijja qoqmagan oyim, erta tong qorong`usida tandir yoqib non yopishga urinardilar. U davrning nonlarini bu kunlardagi, siz uvol qilayotgan nonlar bilan solishtirib bo`lmaydi bolam. Garchi biz yeyayotgan nonlar qop-qora bo`lsa ham, ko`zimizga surtar edik. Chunki, birinchi sinf bolasi bo`lganimda men ham akalarim va mahallamizdagi o`rtoqlarimga qo`shilib boshoq tergani borar edim. O`rilgan bug`doyning ostida tushib qolgan butun va yarim boshoqlardan qancha ko`p topsak, shuncha quvonardik. Kolxozimiz raisi har bir bolaning etagiga boshoqlardan mehnati evaziga solib berardilar. Uyga kelganimda oyimning meni suyib peshonamdan o`pib, “yasha bolam” deyishlarining o`zi men uchun katta mukofot edi. Otam non ushog`ini ko`zlariga surib o`ziga shukur deb qayta-qayta aytardilar.

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish