Dars mavzusi: O’zak va o’zakdosh so’zlar
Darsning maqsadlari:
1.Ta’limiy maqsad:O’quvchilarga o’zak va o’zakdosh so’zlar to’g’risida bilimlarni berish, ularnai nutqda qo;llashda farqlay olish ko’nikmalarini va malakalarini shakllantirish.
2.Tarbiyaviy maqsad: Bolalarda turli kasb-hunarlarga mehr uyg’otish va shu orqali kasb-hunarga yo’naltirish.
3.Rivojlantiruvchi maqsad:O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini rivojlantirish va boyitish.
Darsning jihozlari:Vatman, plakat va kartochkalar, doska, bo’r.
DARSNING BORISHI:
I. Tashkiliy qism:O’quvchilar bilan bir oy oldin, ya’ni 21 oktabrda mamlakatimizda qanday tarixiy sana nishonlangan edi, degan mavzuda qisqacha suhbat o’tkazish.
II. Uy vazifasini so’rash va tekshirish:”Gapda so’zlarning bog’lanishi” mavzusidan berilgan topshiriqlar bo’yicha o’quvchilar bilimini nazorat qilish. 132 va 134 –mashlarning yozma bajarilishini tekshirish, 136 – mashq bo’yicha savollarga javob berish: (savollar kartochkalarga yozilgan bo’lib, oldindan o’quvchilarga tarqatib beriladi va tayyorlanish uchun vaqt ajratiladi)
1.Gap deb nimaga aytiladi?
2. Gaplar aytilish maqsadiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? darak gaplar nimani bildiradi? Darak gapga misol keltiring.
3.So’roq gap nima? Unga misol keltiring.
4. Qanday gaplarni undov (his – hayajon) gaplarga kiritamiz? His-hayajon gaplarga misol keltiring.
5.Gapning bosh bo’laklariga nimalar kiradi? O’zingiz gap tuzing va uning bosh bo’laklarini ayting.
6.Ega deb nimaga aytiladi? Kesim nimani bildiradi?
7.Ikkinchi darajali bo’lak gapda nima uchun kerak?
8.Gapda so’zlarning o’zaro bog’lanishini qanday belgilaymiz (bir chiziq, ikki chiziq, to’lqinli)?
III. Yangi mavzuni tushuntirish: O’qituvchi doskaga o’rnatilgan plakat yordamida nazariy ma’lumotni tushuntirib berad:
- Tilimizda minglab so’zlar bor. Shular orasida ma”no jihatdan bir-biriga yaqinlik sezilib turadi. Masalan: bosh, boshliq, boshla, boshli, boshchilik, qul, gulchi, guldor, gulzor, gulla so’zlariga e’tibor bersak, ular uchun bosh, gul qismlari umimiy ekanligini ko’ramiz.
Ma’nosi va shakli umumiy bo’lgan so’zlar o’zakdosh so’zlardir: do’st, do’stlik, do’stona; bog’, bog’bon, bog’dorchilik.
O’zakdosh so’zlar uchun umumiy qism o’zak deb nomlanadi: chizg’ich, chiziq, chizma, chiziqli, chizmachi.
O’zakdosh so’zlarning umumiy qismi bir xil yoziladi: o’rin, o’rindosh, o’rinli, o’rinla.
Do'stlaringiz bilan baham: |