3
KIRISH
Mavzuning
dolzarbligi
. O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida
ta’lim-tarbiya jarayoni tubdan o‘zgardi. Bu o‘z navbatida ta’lim
sohasida olib
borilayotgan davlat siyosatining huquqiy-tarbiyaviy asoslarini yaratishdan
boshlandi. Ta’lim-tarbiyani milliy istiqlol g‘oyalari asosida yuksak darajaga
ko‘tarish davatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi va bugungi globallashuv
jarayonlarining ijtimoiy talabiga aylandi desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ishlab
chiqilgan «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar
strategiyasi»da ham jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil
fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtayi nazarga ega yoshlarni
tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish yo‘lida ularning ijtimoiy faolligini yuksaltirish, yoshlarga oid davlat
siyosatini amalga oshirishda ta’lim muassasalarining samarali faoliyatini tashkil
etish, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish bilan birgalikda
amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish hamda uzluksiz ta’lim
tizimini
yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini
oshirishda zamonaviy o‘zbek she’riyatining ma’naviy miqyosi, badiiy salohiyati
kundan kunga oshib borayotganligi hech kimga sir emas. Shu ma’noda hozirgi
o‘zbek adabiyotida lirika adabiy turining o‘rni alohida tahsinga sazovor. Biroq ana
shu boy va rang-barang xazinaning ijtimoiy-psixologik asoslarini, hozirgi ahvoli va
istiqbolini yoritib beradigan ilmiy-nazariy tadqiqotlar nisbatan kam yuzaga
kelmoqda. Hozirgi milliy poetika zamondoshimiz
qalbida kechayotgan his-
tuyg‘ularni aks ettirish barobarida mamlakatimizning har bir a’zosida
mustaqillikka shukronalik, porloq kelajagiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga
xizmat qilmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning «Odamlarda o‘zligini
anglash, milliy g‘urur, oriyat, o‘tmishdan faxrlanish, porloq kelajakni o‘z
qo‘limizga olganimizdan g‘ururlanish kabi tuyg‘ular kamol topayapti, ularning
4
bugungi va ertangi kuniga ishonchi ortib bormoqda»
1
, deya e’tirof etganligining
asosiy mohiyati hozirgi she’riyatimizga ham taalluqlidir desak aslo yanglishmagan
bo‘lamiz. Biroq bu nodir manbani ilmiy tahlil etish, uning mohiyatini she’rxonga
yetkazishda
ijtimoiy fanlarning, xususan, adabiy-nazariy tadqiqotlarning roli
benihoya kattadir. Masalaning shu tomoniga e’tibor qaratgan birinchi
Prezidentimizning:
«Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy
davlatchilikni shakllantirish, huquqiy demokratik davlatni barpo etish va fuqarolik
jamiyatini qaror toptirishdek ulug‘ orzu-umidlar
bilan yashar ekanmiz, ijtimoiy
fanlar sohasidagi ilmiy izlanishlar va ularning natijalariga alohida e’tibor bermaslik
mumkin emas»
2
, deb ta’kidlagan. Shuning uchun ham mustaqillik davri
she’riyatining milliy ma’naviyatni yuksaltitrishdagi hamda mustaqillik bergan
ne’matlarni anglab yetishdagi o‘rni beqiyos ekanligini alohida ta’kidlash lozimdir.
Istiqlol davri she’riyatini umumta’lim maktablarida o‘qitish – yosh avlodni
milliy ruhda tarbiyalashga asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘quvchilarda vatanparvarlik,
mehnatsevarlik,
insoniylik
fazilatlarini
shakllantiradi.
Bunday
jihatlarni
umumta’lim maktablari, xususan 9-sinf o‘quvchilari
ongiga adabiyot darsligi
misolida chuqur singdirish, ta’kidlab o‘tilgan ulkan mazmunga ega bo‘lgan
g‘oyalarni oson va o‘quvchilar dunyoqarashiga moslashtirgan holda yetkazib
berishda innovatsion texnologiyalar va interaktiv metodlardan foydalanish asosida
o‘qitish katta ahamiyatga egadir. Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi aynan
shundadir.
Do'stlaringiz bilan baham: