Abu Rayhon Beruniy. Abu Rayhon Beruniy Sharqning yorqin va ulug’ siymolaridan biri hisoblanadi. Uning “Al osor al-boqiya ani-l-qurun al-holiya" («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»), («Xronologiya»), «qonuni Mas'udiy» asarlarida xronologiya faniga oid ko’plab ma'lumotlar berilgan. «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli asarda arab, eron, so’g’d, xorazm, yunon kalendari hamda asosiy vaqt birliklari, turli vaqt tartiblari xaqida batafsil ma'lumot bergan. Olim har bir xalqning o’z tarixi borligini ta'kidlar ekan, ularning nafaqat tarixi, balki vaqt hisobi hamda kalendarlari ham bir-biridan farq qilishini ta'kidlaydi. - Abu Rayhon Beruniy. Abu Rayhon Beruniy Sharqning yorqin va ulug’ siymolaridan biri hisoblanadi. Uning “Al osor al-boqiya ani-l-qurun al-holiya" («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»), («Xronologiya»), «qonuni Mas'udiy» asarlarida xronologiya faniga oid ko’plab ma'lumotlar berilgan. «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» nomli asarda arab, eron, so’g’d, xorazm, yunon kalendari hamda asosiy vaqt birliklari, turli vaqt tartiblari xaqida batafsil ma'lumot bergan. Olim har bir xalqning o’z tarixi borligini ta'kidlar ekan, ularning nafaqat tarixi, balki vaqt hisobi hamda kalendarlari ham bir-biridan farq qilishini ta'kidlaydi.
Umar Xayyom. Sharqning eng yirik rasadxonalaridan bo’lgan Isfahon rasadxonasini 1076 yili Umar Xayyomning iltimosiga ko’ra Malikshoh qurdirgan edi. Olim bu rasadxonada olib borilgan ko’p yillik kuzatishlari natijasida o’zining «Malikshoh ziji» asarini yozadi. Umar Xayyom xronologaya faniga qo’shgan katta hissasi kalendar islohotiga tegishlidir. Malikshoh Umar Xayyomga yil boshi Navro’z bahorgi tengkunlik bilan mos tushadigan yangi kalendar topshiradi. Umar Xayyom bu davrda qo’llanib kelingan ma Yulian kalendarining xatosi 128 yilda bir kunga teng ekanligi va bu xatoni takrorlamaslik uchun, yangi kalendarning yillarini yangi kombinatsiyada tuzishni taklif qiladi. Yangi kalendar loyihasiga ko’ra har o’ttiz uch yillik davrning dastlabki yigirma sakkiz yilida kabisa yillari xuddi kalendaridek etti kabisa yildan, sakkizinchi kabisa yili esa odatdagidek uch yildan so’ng emas, to’rt yildan so’ng beshinchi yili qabul qilinadigan bo’ldi. - Umar Xayyom. Sharqning eng yirik rasadxonalaridan bo’lgan Isfahon rasadxonasini 1076 yili Umar Xayyomning iltimosiga ko’ra Malikshoh qurdirgan edi. Olim bu rasadxonada olib borilgan ko’p yillik kuzatishlari natijasida o’zining «Malikshoh ziji» asarini yozadi. Umar Xayyom xronologaya faniga qo’shgan katta hissasi kalendar islohotiga tegishlidir. Malikshoh Umar Xayyomga yil boshi Navro’z bahorgi tengkunlik bilan mos tushadigan yangi kalendar topshiradi. Umar Xayyom bu davrda qo’llanib kelingan ma Yulian kalendarining xatosi 128 yilda bir kunga teng ekanligi va bu xatoni takrorlamaslik uchun, yangi kalendarning yillarini yangi kombinatsiyada tuzishni taklif qiladi. Yangi kalendar loyihasiga ko’ra har o’ttiz uch yillik davrning dastlabki yigirma sakkiz yilida kabisa yillari xuddi kalendaridek etti kabisa yildan, sakkizinchi kabisa yili esa odatdagidek uch yildan so’ng emas, to’rt yildan so’ng beshinchi yili qabul qilinadigan bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |