Rahmanova z


Tog`ay to’qimasi hujayralari



Download 11,53 Mb.
bet49/80
Sana07.08.2021
Hajmi11,53 Mb.
#141056
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi samaqand davlat universiteti

Tog`ay to’qimasi hujayralari.

Tog`ay to’qimsi hujayralari tuzilishi va vazifasiga ko’ra xondrosit va xondroblastlarga bo’linadi.

Xondosit tog`ay to’qimasining asosiy qismini tashkil etadi. Odatda, yumaloq yoki ovalsimon shaklda bo’lib, tashqi yuzasi noteks, hujayra yuzasida mikrovorsinalarga o’xshash o’simtalar bor. Har bir tog`ay hujayrasi yoki bir nechta hujayradan tashkil topgan bir guruh hujayralar to’qimaning oraliq moddasida hosil bo’lgan bo’shliqlarda joylashadi. Tog`ay hujayralarining bo’shliqda hosil qilgan guruhi izogen guruh deyiladi. Odatda, bunday guruhlar bitta ko’payishi natijasida hosil bo’ladi. Har bir tog`ay hujayrasida bittadan, ayrimlarida ikkitadan yadro bo’lib, bu yadrolar ichida bo’yoqlarga yaxshi bo’yaladigan bitta yoki ikita yadrocha bo’ladi.

Elektron mikroskopda hujayra sitoplazmasida mitoxondriy, donador endoplazmatik to’r va yaxshi rivojlangshan Golji kopleuksini ko’ramiz. Yosh tog`ay hujayralarida mitoxondriylarning soni odatda ko’p bo’ladi, boshqa orgaoidlarning shakli ham aniq ko’rinadi. Hujaralar kirib borgani sari mitoxondriylarning soni kamayib, orgaoidlarning shakli ko’rinmaydigan bo’lib boradi. Hujayralarda sodir bo’ladigan bunday jarayon regressiv o’zgarish deyiladi. Buning oqibatida hujayraning fiziologik vazifasi ham ancha pasayadi. Tog`ay hujayralarining ximiyaviy tuzilishini tadqiq qilish uning tarkibida glikogenlar, lipidlar, fermentlar, ya’ni ishqoriy fosfataza, lipaza va oksidaza fermentlari borligini ko’rsatadi.

Xondroblast kam tabaqalangan yosh hujayra bo’lib, shakli yassi, o’rtasida bitta yadrosi bor. Tog`ayning ustki pardasiga yaqin joylarida ko’p uchraydi. Xondroblast doim ko’payib turish xususiyatiga ega. Ko’payishi natijasida yangi tog`ay hujayralari-xondrositlar hosil bo’ladi. Natijada tog`ay periferik qismiga qarab o’sadi. Tog`ayning bunday o’sishigaperiferik (oppozision) o’sish deyiladi. Xondroblastlarning ikkinchi xususiyati hujayralararo modda-kollagen hosil bo’lishida aktiv ishtirok etishdir. Kollagen hujaylralararo modda bo’lib, uning tarkibida tropokollagen, elastik va tog`ayning asrsiy moddasi uchraydi. Xondroblast sitoplazmasida RNK ko’p, hujayra orgaoidlari ham yaxshi rivojlangan.

Tog`ay to’qimaning hujayralararo moddasi. Tog`ay to’qimaning hujayralararo moddasi kollagen (xondrin) va kamroq uchraydigan elastik tolalardan hamda asosiy amorf moddadan tashkil topgan. Xondrin tolachalari ximiyaviy tuzilishiga ko’ra biriktiruvchi to’qima tarkibida uchraydigan kollagen tolachalarga o’xshaydi. Mikroskopda oddiy nur yordamida ko’rinmaydi uni ko’rish uchun tripsin, bariyli suv bilan impregnasiya qilish kerak. Shunda tolachalarning to’rsimon shaklda joylashganldigi yaxshi ko’rinadi.

Tog`ay to’qimasining asosiy amorf moddasi protein va uglevoddan tashkil topgan. Ular bir-biri bilan mustahkam birikishi natijasida tog`ayning asosiy moddasi-xondramukoid birikmasi hosil bo’ladi, ya’ni bunda xonldroitin sulfat kislota og`sil bilan birikadi. Gistologtk preparatlarda xondroitin sulfat kislota asosiy bo’yoqlarga bazofil, ya’ni to’q bo’yaladi. Kollagen tolachalar oksifil, ya’ni ancha och bo’yaladi.

Tog`ay to’qimasi tarkibida tolalar va xondromukoid modda notekis joylashganligi uchun bo’yalishi ham turlicha bo’ladi. Tog`ay hujayralari va izogen guruhlarining atrofida xondromukoid ko’p bo’lib, to’qimaning boshqa joylariga nisbatan bo’yoqlarga bazofil, ya’ni to’q bo’ladi. Xondromukoid moddalarning to’qimada notekis joylashishi yoshi o’tgan organizmda ro’y rost ko’zga tashlanib turadi. Bunday jarayon natijasida to’qima pishiqligini yo’qotadi. Keyinchalik uning ichki qismlarida, ya’ni oziq modda yetib borishi qiyin joylarda kalsiy tuzlari yig`ilib, to’qimani yanada mo’rt, sinuvchan qilib qo’yadi. Bu to’qima elastikligini yo’qotdi, degan so’zdir.

Yuqorida aytilganlaridan ko’rinib turibdiki, tog`ay to’qimalari tarkibiy tuzilishi bilan ajralib turadi. Xuddi shuning uchun ham tog`ay to’qimasi gialin tog`ay to’qima, elastik tog`ay to’qima, tolali tog`ay to’qimalarga bo’linadi. Ularning uchalasi ham mikroskopik va ultramikroskopik tuzilishiga ko’ra bir tipdagi hujayralardir. Biroq hujayralararo moddalari bir-biridan farq qiluvchi o’ziga xos xossalarga ega. Ularning ana shu xusasiyati tog`aylarni bo’lib o’rganishni taqozo etadi.

Gialin (yaltiroq) tog`ay to’qima. Gialin tog`ay organizmda uchraydigan tog`aylarning asosiy qismini tashkil etadi. Gialin tog`ay nafas olish sistemasining havo o’tadigan naysimon qismi bilan embrion skeletining ko’pgina qismini tashkil etadi. Bundan tashqari, qovurg`alarning to’sh suyagi bilan birikadigan joyda, uzun naysimon suyaklarning epifiz va diafiz qismlari tutashadigan joylarida (metaepifizar tog`ay), skelet suyaklarining bo’g`im yuzalarida uchraydi. Bo’yalmagan tog`ay to’qima yaltiroq, och pushti bo’lib, tashqi tlmondan biriktiruvchi to’qimadan iborat yupqa parda, ya’ni tog`ay ustki pardasi (perixondriy) bilan o’ralgan. Bu parda asosan uzunchoq shakldagi tog`ay hujayrasi-fibroblast va kollagen tolalardan tashkil topgan tutamlardan tuzilgan. Bularning orasida qon tomirlar bilan nerv tolalari tarqalgan. Tog`ay ustki pardasi asta-sekin tog`ay ustki qatlamlariga qushilib ketadi. Shu zonada uchraydigan tog`ay hujayralari-xondroblastlar, odatda, bittadan bo’lib, ular ustidan hujayra oraliq moddasi kapsulasiga o’xshab o’ralib turadi.

Xondroblastlarning bo’linishi natijasida hosil bo’lgan yosh xondrositlar asta-sekin ajralib chiqib, tog`ay to’qima hujayrasiga-xondrositga aylanadi. Tog`ay pardasining ostida esa saosan duksiomn yosh xondrositlar bo’ladi. To’qimaning ichki qavatlarida xondrositlar ovalsimon yoki g`ovak bo’ladi.

Ayrim xondroblastlarining bo’linishi natijasida hosil bo’lgan hujayralar bir-biridan uzoqlashib ketmay bitta kapsula ichida qolib, hujayra guruhini hosil qiladi. Bunday guruhga izogen guruhi deyiladi. Buni yuqoirida eslatib o’tgan edik.

To’qima ichidgi ayoim xondrositlar ham ko’payiщ xususiyatiga ega. ana shunday ko’payish xususiyatiga ega bo’lgan hujayra I tip xondrositlar deyiladi. Demak, ma’lum bo’lishicha, tog`ay to’qimada ikki xil o’sish jarayoni kechadi. Birinchi tog`ay ustki pardasidagi xonroblastlarning ko’payishi natijasida (oppozision) o’sish sodir bo’lsa, ikkinchi to’qima ichidagi I tip xondrositlarning o’sishidir. Bunga interstisional o’sish deyiladi. Hujayra oraliq moddasi yetarli darajada qattiq bo’lgani uchun bo’lingan hujayralar bir-biridan uzoqlashib keta olmaydi. Shu sababli ham tog`ay to’qimada izogen guruhlar ko’p uchraydi. Organizm qarigani sari ular soni ko’payib boradi.

Izogen guruhda 3-10 tagacha xondrosit uchrashi mumkin. har bir guruh hujayralararo modda bo’shliqlarida alohida-alohida joylashadi. Hujayralar joylashgan bo’shliqlarni o’rab turgan hujayralararo modda ancha zich joylashgan bo’lib, bo’yoqlarga to’q bo’yaladi. Shu jihati bilan zich joylashmagan qismlaridan ajralib turadi. Bunga hujayra kapsulasi ham deyiladi. Bu o’rinda shuni eslatib o’tish lozimki, kapsla termini noo’rin ishlatiladi, chunki kapsula deyilganda, odatda, o’attio’ziga xos mustaqil struktura tushuniladi. Bu yerda esa”kapsula” zich joylashgan hujayralararo moddalar yig`indisidan tashkil topgan.

To’qima fiksasiya qilinganida, odatda, xondrositlar zichlashib, kapsula devoidan qisman qochgan bo’ladi. Kapsula devorini o’rab turuvchi to’q bo’yalgan hujayralararo modda yuqori darajada konsentrlangan mukopolisaxaridlardan iborat. mikroskopda kichik obyektiv orqali qaralganda hujayra kapsulasi oavlsimon yoki yumaloq sharchalarga o’xshab ko’rinadi. Shuning uchun ular xondrin sharchalari ham deyiladi. Har bir sharcha bir-biridan ma’lum masofada joylashadi. Organizm qarigan sarimana shu masofa uzoqlashib boradi.

Xondrin sharchalarning atrofidagi to’q bo’yalgan hujayralararo modda territorial modda deyiladi. Sharchadlararo masfada joylashgan hujayralararo modda interterritorial modda deyiladi. Interterritorial modda ochroq bo’yalgan bo’lib, tarkibida xondramukoid, ya’ni tog`ayning saosiy moddasi kam uchraydi. Aksincha, albumid va kollagen (xondrin) esa ko’p bo’ladi.

Gialin tog`ay hujayralararo moddasi asosan kollagen toladan va kamroq elastik tola bilan asosiy amorf moddadan tashkil topgan. Tolachlalar kollagen tarkibidauchraydigan II tip molekulalardan tashkil topgan. Bunday modda suyak va zich biriktiruvchi to’qima hamda elastik to’qima oqsilida uchraydi.

Tog`ayning asosiy amorf moddasi yuqori molekulali polianin, galaktozaminglikol, glikozaminglikal, xondriosulfat, keratosulbfat, gailuronat va siadat kislota, geparindan tashkil topgan. Bular oqsillar bilanbirikishi natijasida hosil bo’lgan proteoglikaning molekulyar strukturasi tog`ayni egiluvchan qilib turadi. Shuni aytib o’tish kerakki, tog`ayning egiluvchanlik xususiyati aosan hujayralararo moddaning tuzilishiga ham bog`liq. Tog`ay to’qimaning ayrim moddalar (pepsin, bariyli suv va kaliy permanganat eritmasi) yordamida ta’sir ko’rsatishi natijasida tog`ayning asosiy amorf moddasi erib, xondromukoid bilan yopishib turgan kollagen tolachalar ko’rinadigan bo’lib qoladi. Organizm qarishi bilan hujayralararo oraliq moddasida kalsiy tuzlari yig`ilib borib, tog`ay mo’rtlashadi va sinuvchan bo’lib qoladi.




Download 11,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish