Suyak to’qimasi gistogenezi
Suyak to’qimasi asosan ikki yo’l bilan rivojlanadi. Birinchisida u organizmning embrional rivojlanishi davrida embrionning mezenxima to’qimasi hujayralaridan hosil bo’lsa, ikkinchisida suyak to’qimasi tog`ay to’qimasidan hosil bo’ladi. Shuni aytib o’tish kerakki, ikkala holda ham suyak to’qimasining rivojlanishida mezenxima hujayralari birlamchi material bo’lib xizmat qiladi. Tog`ay to’qimasining o’zi ham aslida boshlang`ich davrda mezenximadan kelib chiqadi.
Buni yuqorida ko’rib o’tgan edik. Suyak to’qimasining asosiy moddasini esa suyak hujayralari ishlab chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |