Rahmanova z


Suyak to’qimasining hujayralararo moddasi



Download 11,53 Mb.
bet57/80
Sana07.08.2021
Hajmi11,53 Mb.
#141056
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi samaqand davlat universiteti

Suyak to’qimasining hujayralararo moddasi struktura tuzilishiga ega va tarkibiy kompanentlariga ko’ra tog`ay to’qimasining oraliq moddasiga deyarli o’xshaydi, ya’ni hujayralararo moddaning tarkibi suyakning asosiy moddasi bo’lgan ossiomukoid tolachalar va har xil anorganik tuzlardan iborat. Ossein yoki ossiokollagen nomi bilan ataluvchi tolachalar siyrak biriktiruvchi to’qima tarkibidagi kollagen tolachalarga o’xshagan va suyak to’qimasining 20-40% ni tashkil etadi. Osseomukoid ham tog`ayning asosiy moddasi-xondromukoidga o’xshaydi. Asosan, glyukoproteidlardan, ya’ni oqsillarning uglevodlar bilan birikishidan hosil bo’lgan hamda gidradlangan nordon sulfatlangan mukopolisaxaridlardan tashkil topgan. Suyak to’qimasinioyatda qattiq bo’lishiga qaramasdan tarkibida nisbatan ko’p miqdorda suv bo’ladi. Aniqroq qilib aytganda, mazkur to’qimaning 50% ni suv, 15,7% ni yog`, 12,45%ni organik moddalar va 21,85% ni har xil tuzlar tashkil qiladi. Suyak to’qimasining qattiq bo’lishiga asosiy sabab uning tarkibida kollagen (fidril) va mineral tuzlarning ko’pligi ham ular birikmasining mustahkamligidir. Agar to’qima tarkibidagi anorganik moddalar (masalan, kalsiy tuzi) dekalsinasiya usulida eritib ajratib olinsa, unda to’qimaning gistologik tuzilishini saqlab turuvchi organik birikmalarning o’zigina qoladi. Natijada suyak qattiqlik xususiyatini yo’qotib, yumshoq tortib qoladi. Odatda suyak to’qimadan gistologik preparat tayyorlashda uning shu xususiyatidan foydalaniladi. Chunonchi, bir parchasuyak bo’lakchasi 5% li sulfat kislotaga 8-24 soat mobaynida solib qo’yilsa, yuqorida ta’riflangan hodisa ro’y beradi. Suyak to’qimasini kuydirish yo’li bilan tarkibidagi organik moddalar ajratib olinsa, u holda suyak o’z shaklinisaqlab qoladi, lekin mo’rt bo’lib qolib, oson maydalanib ketadi.

Tajribalardan ham ko’rinib turibdiki, suyak to’qimasining qattiqligi faqat organik va anorganik moddlarning o’zaro birikishidan yuzaga keladi. Suyak to’qimasida kollagenlashgan protofibrillalar (ya’ni fibrillalarning asosini tashkil etuvchi elementlar) har xil yo’nalishda joylashgan bo’ladi. Masalan, ular hujayralarning atrofida tartibsiz holada joylashgan bo’lsa, atrofidagi kalsiy tuzlari ko’p joylarda esa bir-biriga nisbatan zich bo’lib parallel bog`lamchalar hosil qilib joylashadi.

Tolachalarning qalinligi yosh organizmlarda 100 A0 dan 600 A0 gacha keladi. Katta odamda ularning qalinligi 1600 A ga teng. Suyak to’qimasi mineral moddasining qalinligi 15-75 A0, uzunligi 1500 A0. Shakli nina uchiga yoki plastinkasimon zarrachalarga o’xshash gidroksiapatit kristallaridan tashkil topgan.

Organizm rivojlanishi davrida suyak to’qimasida kalsiy tuzlarining yig`ilishidan oldin to’qima fibrillalari hosil bo’ladi, ular orasiga tuzlar yig`iladi va bir-biri bilan mustahkam birikadi.

Suyak to’qimasining hujayralararo moddasiga ko’p miqdorda ovalsimon bo’shliqlar bo’lib, ularda suyak hujayralari joylashadi. Bo’shliqlarning uzunligi 22-25 mk, eni 6-14 mk, qalinligi 4-9 mk ga teng. Bo’shliqlarning to’qima ustki pardasi olinib, metilen ko’ki bilan bo’yalsa yaxshi ko’rinadi. Bo’yalgan preparatlarda hujayra bo’shliqlari bilan ularni bir-biri bilan tutashtirib turgan kananalchalar ham yaxshi ko’rinadi. Suyak bo’shliqlari va kanalchalarinig devorlari boshqa qismlariga nisbatan ko’proq bo’yalgan asosiy modda bilan qoplangan. Bu yerda suyakning asosiy moddasi tog`ay hjayrasining kapsulasiga o’xshash ancha zich joylashgan, uni suyak bo’shlig`ining kapsulasi deyiladi.

Kollagen tolachalar hujayralararo moddaning qayerida va qanday yo’nalishda joylashganligiga qarab suyak to’qimasi: dag`al tolali suyak to’qimasi va plastinkasimon suyak to’qimasiga bo’linadi.

Dag`al tolali suyak to’qimasi ko’proq embrion skeleti suyaklarini tashkil etadi. katta organizmda esa kalla suyaklari chekklarining yuzalarida, paylarning suyaklarga birikadigan joylarida uchraydi.tuban umurtqalilardan baliq amfibiyalarning skelet suyaklari, asosan, dag`al suyak to’qimasidan tashkil topgan. To’qimada tolachalar yirik dag`al bog`lamchalar hosil qilib, har tomonlama yo’nalgan bo’ladi va oddiy mikroskopda ham yaxshi ko’rinadi. Dag`al suyak to’qimasining hujayralararo moddasida lakunalar hamda mayda mikroskopik chuqurchalar ko’p uchraydi, ularda to’qima hujayralari- ostiositlar joylashgan bo’ladi. Bundan tashqari, biriktiruvchi to’qimaga to’lgan bo’shliqlar ham ko’p. Suyak to’qimasining ustini suyak ustki pardasi o’rab turadi.

Plastinkasimon suyak to’qimasi murakkab tuzilgan bo’lib, skelet suyaklarining talaygina qismini tashkil etadi. Plastinkasimon suyak to’qimasining asosiy qismi suyak plastinkalaridan iborat (nomining atalishiga e’tibor bering). Suyak plastinkasi ossein (kollagen) tolachalardan va ular oralig`idagi mineral tuzlarga boy amorf moddadan hamda suyak hujayrasidan tashkil topgan.

Plastinkalardagi donachalar, odatda, bir-biriga nisbatan zich parallel joylashib. Bir tomonga yo’nalgan bo’ladi. Qo’shna plastinkalarda esa aksincha, tolachalar teskari tomonga yo’nalgan bo’lib, shu bilan suyakning tuzilishini qattiqlikni ta’minlab turadi. Yassi va naysimon skelet suyaklarining g`ovak va zich qismlari platinka shakllaridan tashkil topgan. Plastinkasimon suyaklarining gistologik tuzilishi (naysimon suyakning diafiz qismi misolida) katta organizmlarda ikki xil shaklda uchraydi: siyrak va kompakt (zich) suyaklar. Bularning ikkalasi ham, odatda, plastinkasimon suyak to’qimasidan tashkil topgan.

Plastinkasimon g`ovak (kovak) suyak to’qimasi, odatda, yupqa suyak plastinkalaridan tashkil topgan. Plastinkalar bir-biri bilan kesishib joylashishi natijasida hosil bo’lgan bo’shliqlar ichida qizil ko’mik va kapillyar tomirlar joylashgan.




Download 11,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish