16-rasm. Suyak ko’migi.
1-shakllanayotgan qon hujayralari
Sinov uchun savollar
1.Qon to`qimasi qanday tuzilgan?
2.Eritrositlar qanday tuzilgan va organizmda qanday vazifalarni bajaradi?
3.Leykositlar qanday tuzilgan va organizmda qanday vazifalarni bajaradi?
4.Trombositlar qanday tuzilgan va organizmda qanday vazifalarni bajaradi?
6-Mashg’ulot
Mavzu:Tog’ay to’qimasi.
Mashgulotning maqsadi: Tog’ay to’qimasiining tuzilishini urganish.
Reja: 1. Tog’ay to’qimasiining tarkibiy tuzilishi.
2. Tog’ay to’qimasining hujayralari
3.. Tog’ay to’qimasi xillari
4.Togay ustki pardasining tuzilishi.
Kerakli jihozlar: mikroskoplar, yoritgich chiroqlar, tayyor gistologik preparatlar jamlanmasi, amaliyot darsi uchun uslubiy qullanmalar, amaliyot darsi uchun daftarlar, oddiy qalamlar va ruchkalar.
Tog`ay to’qimasi morfologik tuzilishiga, rivojlanishi va vazifasiga ko’ra boshqa to’qimalardan tubdan farq qiladi. Ular biriktiuvchi to’qimalar qatoriga kiradi va ular bilan birgalikda o’rganiladi. Bunga sabab, tog`ay organizmning embrional rivojlanishi davrida biriktiruvchi to’qimalar hosil bo’ladigan embrinal to’qimadan, ya’ni mezenxima hujayralaridan tarqaladi, ya’ni organizmning dastlabki ontogenez rivojlanishi davrida skelet suyaklarining aksariyati o’rnida oldin tog`ay to’qimasi paydo bo’lib, so’ng ular suyak to’qimaga aylanadi.
Tog`ay organizmda tayanch, mexanik va biriktiruvchi vazifani bajaradi. Odamda va sutemizuvchi hayvonlarda yetuk va yuksak darajada tabaqalangan bo’ladi. Tuzilishi jihatidan qattiq to’qimalar qatoriga kiradi. Qattiqligi jihatidan esa skelet suyaklaridan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Shuning uchun tog`ay to’qima tarkibida qon tomirlari va nerv tomirlari kabi boshqa to’qimalar uchramaydi.
Tog`ay moddalar almashinuvi uning ustini o’rab turgan tog`ay pardasi orqali sodir bo’ladi. Nerv tolalari bilan ta’minlanishi va innervasiyasi ham shu parda orqali amalga oshadi.
Tog`ay gidrativ to’qimalar qatoriga kiradi, tarkibining 80% suv, 15% organik moddalar va 5 % mineral tuzlardan tashkil topgan. Organik moddalarning asosini oqsillar, mukopolisaxaridlar va lipidlar tashkil etadi. to’qimada uchraydigan oqsillar asosini esa fibrillyar oqsillar, ya’ni kollagen va elastik hamda mukopolisaxaridlar bilan birikkan holda uchraydigan nofibrillyar oqsillar-xondroitinsulfatlar, keratosulfat va sialit kislota tashkil etadi. Xondromukoprotein va xondromukoid tog`ay to’qimaning asosiy moddasi sifatida ko’plab uchraydi.
Tog`ay to’qimasi ham boshqa biriktiruvchi to’qimalarga o’xshab, to’qima hujayralari va oraliq moddadan tashkil topgan. Hujayralar tarkibiga shakli yumaloq yoki ovalsimon tog`ay hujayralari (xondrositlar) va to’qimaning rivojlanishi hamda regenerasiyasini ta’minlovchi xondrioblast hujayralar kiradi. Hujyra oraliqlarini esa oraliq modda to’ldirib turadi. Oraliq modda boshqa to’qimalardagiga nisbatan bu yerda ko’proq bo’ladi va tayanch hamda mexanik vazifalarni bajaradi. Vazifasi va morfologik tuzilishiga ko’ra uch xil tog`ay to’qimasi uchraydi; gialin, elastik va tolador tog`ay to’qimalar. Hujayra va oraliq moddalarni quyidagicha klassifikachiya qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |