Rahimova Husnida Umidjon qizining (familiya, ism va sharfi) «favqulodda vaziyatlar va aholi muhofazasi»



Download 0,73 Mb.
bet7/9
Sana20.07.2022
Hajmi0,73 Mb.
#828075
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Rahimova Husnida kurs ishi

1.3 Evakuatsiya turlari
Evakuvatsiya ikki xil bo’ladi:
Oldindan o’tkaziladigan evakuvatsiyalar;
SHoshilinch (kechiktirib bo’lmaydigan) evakuvatsiyalar. Oldindan o’tkaziladigan evakuvatsiyalar falokat yoki tabiiy ofat yuzaga kelishi va harbiy harakatlar boshlanishi ehtimoli yuqori darajada ekanligi haqida shoshilinch ma’lumot olingandan keyin o’tkaziladi. Bunga bir necha o’n daqiqadan bir necha kungacha bo’lgan davr orasida FV sodir bo’lishi mumkinligi to’g’risidagi ma’lumot olingandan keyin taxminlashga asos bo’ladi. SHoshilinch (kechiktirib bo’lmaydigan) evakuvatsiyalar aholi hayoti va salomatligiga xavf tug’iladigan darajada texnogen yoki tabiiy tusdagi FV yuzaga kelgan yoki harbiy harakatlar boshlanganda, aholining odatiy kun kechirish sharoiti buzilgan hollarda o’tkaziladi. FV rivojlana borishi va harbiy harakatlarning tavsifiga qarab, evakuvatsiya qilinadigan aholi soniga qarab, evakuvatsiyalar uch xil bo’ladi:
CHeklangan evakuvatsiyalar;
Mahalliy evakuvatsiyalar;
Mintaqaviy evakuvatsiyalar.
CHeklangan evakuvatsiyalar shaharning bir qismi yoki qishloq chegarasidan chiqmagan, ko’chiriladigan aholi soni bir necha ming kishidan oshmagan FV larda o’tkaziladi. Bunday holda ko’chirilgan aholi, odatda, FV hududiga tutash aholi yashash joylariga yoki shaharning shikastlanmagan tumanlariga joylashtiriladi. Mahalliy evakuvatsiyalar o’rtacha kattalikdagi shaharlar, yirik shaharlarning alohida tumanlari, qishloq tumanlari FV hududiga tushib qolgan hollarda o’tkaziladi. Bunda ko’chiriladigan aholi soni bir necha mingdan o’n minglab kishigacha yetishi mumkin bo’lib, odatda, FV hududi bilan yondosh xavfsizjoylargajoylashtiriladi. Mintaqaviy evakuvatsiyalar shikastlovchi omillar katta hududlarga yoyilib, yirik shaharlarni ham o’z ichiga olgan, aholisi juda zich joylashgan bitta yoki bir necha mintaqa hududini qamrab olganda amalga oshiriladi. Mintaqaviy evakuvatsiya FV yuz bergan hududdan transportda, piyoda olib chiqiladigan aholi o’zlarining yashab turgan joylaridan anchagina uzoqqa ko’chirilishlari mumkin. Aholining evakuvatsiya tadbirlari bilan qamrab olinganligiga qarab, ikki turi bo’ladi:yalpi evakuvatsiya; qisman evakuvatsiya.
Yalpi evakuvatsiyada FV yuz bergan hududdan hamma aholi olib chiqib ketiladi. Qisman evakuvatsiyada esa asosan mehnatga layoqatsiz aholi, maktabgacha yoshdagi bolalar, maktab, litsey, kollej, texnikum va oliy o’quv yurtlari o’quvchi va talabalari olib chiqib ketiladi.
Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuvatsiya qilish haqida qarorga kelish huquqi FM boshliqlariga berilgandir. Ular evakuvatsiyaning umumiy rahbarligini olib boradilar. Aholini evakuvatsiya qilish ishlarini bevosita tashkil etish va o’tkazishga esa viloyatlar, shaharlar, tumanlarning ma’muriyati va aholini evakuvatsiya qilish tashkilotlari rahbarlik qiladi.
Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz hududlarga evakuvatsiya qilish tadbirlarini barcha omillarni hisobga olgan holda rejalashtirishni hamda transport vositalarini, ularning yo’llarini, evakuvatsiya qilinadigan aholi boradigan xavfsiz joylarni oldindan tayyorlab qo’yilishini, shuningdek, aholining FV sharoitiga har tomonlama tayyorgarlik ko’rishlarini talab etadi.
Bunday tayyorgarlikni hokimiyat ijro idoralarining va boshqaruv tashkilotlarining fuqaro muhofazasi boshlig’i bo’lgan rahbarlari tashkil etadilar va o’tkazadilar.
Aholini evakuvatsiya qilish prinsipi bo’yicha ikki tur xildir:
ishlab chiqarish-hududiy;
hududiy bo’lishi mumkin.
Bunda, FV yuz bergan hududdan ishchilar, xizmatchilar, o’quvchilar, talabalar, korxonalar, tashkilotlar, muas-sasalar, o’quv yurtlari bo’yicha, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasida ishlamaydigan boshqa aholini esa turar joydan foydalanish idoralari, shirkatlar orqali turar joylan bo’yicha transportda yoki piyoda olib chiqilishi nazarda tutiladi.
Muayyan hollarda aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuvatsiya qilish hududiy turiga ko’ra, bevosita aholi yashab turgan joyidan amalga oshiriladi.
Aholini evakuvatsiya qilish usullariga qarab, uch turli bo’ladi:
transportda;
piyoda tartibda;
aralash holda.
Aralash usuli samarali va eng maqbul usul hisoblanadi. U mavjud transporter yordamida iloji boricha, eng ko’p ishlovchilar bilan bir vaqtda aholining qolgan qismini ham birga qo’shib olib chiqishni nazarda tutadi. Bunda asosan, piyoda yura olmaydigan, yosh bolali ayollar, maktab o’quvchilari va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilarini transportlarda olib chiqish rejalashtiriladi.
Bu usul aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuvatsiya qilish tadbirlarini eng qisqa muddatda o’tkazish imkonini beradi.
Evakuvatsiya qilingan aholi xavfsiz joylarda maxsus buyruq bo’lgunga qadar vaqtincha joylashtirib turiladi.
Agar davlatlararo tegishli kelishuvlar bo’lsa, FV holatlarida O’zbekiston Respublikasining evakuvatsiya qilingan aholisi MDH qo’shni davlatlarida joylashtirilishi ham mumkin. SHu jumladan, O’zbekiston respublikasi hududi ham boshqa davlatlardan ko’chinib keltinlgan aholi uchun berilishi mumkin. Bunda hamkorhk qiladigan davlatlar vakolatli idoralarining birgalikda ish tutishi xalqaro huquq me’yorlariga, ikki tomonlama va ko’p tomonlama davlatlararo kelishuv hujjatlariga, O’z.R. va boshqa mamlakatlar qoidalariga asoslanadi.



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish