Rahbarlikning uslublarining mazmuni rahbarlikning demokratik uslubi menejerning imidji



Download 20,3 Kb.
bet3/3
Sana23.07.2022
Hajmi20,3 Kb.
#842952
1   2   3
Bog'liq
RAHBARLIKNING DEMOKRATIK USLUBI

Menejerning imidji - bu uning obrazi, ushbu menejerning unga alohida o’ziga xoslikni beruvchi va uni bir qator boshqa rahbarlardan ajratib turuvchi farqlanuvchi va mutloq ta’riflari haqidagi mustahkam tasavvurdir. Imidjning asosini ishning maqsadga qaratilgan holda tashkil qilinayotgan va qo’llab quvvatlanayotgan uslubi va menejerning shaxslararo munosabatlari va rasmiy atributlari (belgilari) tashkil qiladi.
“Imidj” inglizcha so’z bo’lib, “obraz”, “shuhrat”ni bildiradi. Bu kimningdir, nimaningdir ommaviy ongda vujudga kelgan va sterotip xarakterga ega bo’lgan hissiyotli bo’yalgan obrazidir. O’zining imidji haqidagi g’amxo’rlik bu uni odamlar ongida gavdalanishi, o’zini o’zi eng yaxshi tanishtirishdir.
Imidj tushunchasi personifikatsiya (gavdalantirish, tasvirlash)ga yaqinroq bo’ladi, ammo o’zining ichiga shaxsning nafakat tabiiy xususiyatlarini, balki maxsus yaratilganlarini ham oladi. Bundan tashqari, u odamning tashqi qiyofasi va ichki dunyosi haqida, uni psixologik turi haqida gapiradi.
Kasbiy imidjni olish ishbilarmon kishi, yetakchi uchun birdan bir maqsad emas. Ammo unga ega bo’lish unning g’oyatda muhim shaxsiy va kasbiy ta’rifini tashkil qiladiki, bu chukur amaliy ma’noga ega.
“Imidj” tushunchasining ma’nosi har xil yig’ilganlardan vujudga keladi. Uning eng muhim qismi ahloqiydir. Gap shundaki, ahloqli odam insoniy tajriba tomonidan tekshirib chiqilgan ahloqiy nasihatlar bo’yicha yashash zarurligini his qiladi, ahloqsiz esa hamma vakt shaxsiy ehtiroslari va ehtiroschalarining asiri bo’ladi va uning ideali- hamma narsaga yo’l qo’yilganlikdir.
Bizning jamiyatimizga o’zini o’zi hammadan avval ma’naviy takomillashtirishga qodir ahloqan ishonchli menejer zarur. Uning e’tiborini insoniyat madaniyatining barcha boyliklarini qamrab olishi kerak, ya’ni u keng gumanitar bilimlarga ega bo’lishi kerak.
Imidjni shakllantirishning asosiga qo’yidagi tamoyillar qo’yilishi mumkin:
takrorlash tamoyili;
ta’sirni uzliksiz kuchaytirish tamoyili;
“ikki yoqlama chaqiruv” tamoyili.
Takrorlash tamoyili inson xotirasining xususiyatlariga suyanadi: takrorlanuvchi axborotlar esda yaxshi qoladi. Odamlarga qabul qilingan xabarni o’ziniki qilish uchun vaqt kerak bo’ladi. Ko’p martalab takrorlash esa odam ruhiyatini moslashtiradi.
Menejer o’zining, ammo albatta madaniyatlashtirilgan uslubi, oliyjanob obrazi, tadbirkorning, nafaqat muvaffaqiyatni yarmini, balki faoliyatdan doimiy ravishda qanoatlanishini qafolatlaydigan imidjiga ega bo’lishi zarur. Madaniy va muvaffaqiyatli bo’lishni istagan menejer quyidagilarga rioya qilishi kerak:

  • va’dani muddatida bajarish. Agar bajara olmasa, bahona qilish emas, balki yangi muddatni belgilash va mayli kechikib bo’lsa ham, o’zi so’zining ustidan chiqish;


  • ”foydasiz” takliflarga e’tiborli va ob’ektiv bo’lish;


  • keraksiz takliflarni odob va muloyimlik bilan rad qilish;


  • o’ziga ishongan bo’lish, ammo katta ketishdan qochish;


  • qabul qilingan keraksiz qaror uchun javobgarlikni qo’l ostidagilarga, agar bu ularning huquq doiralariga kirmasa yoki ular sizdan tegishli vazifa yoki tavsiya olmagan bo’lsalar, yuklamaslik;


  • qo’l ostidagilarni xira qilib emas, to’g’ri tarbiyalash, ularning unumli mehnati va tashabbusini rag’batlantirish;


  • hech qachon sizning fikringiz va nuqtai nazaringiz hamma vaqt ham yaxshi bo’lmasligini, mutloqo yomon bo’lmagan boshqa fikrlar va nuqtai nazarlar borligini esdan chiqarmaslik;


  • muvaffaqiyatsizlik, uzilish va xatoning hech bir holini sinchiqlab tahlil qilmasdan qoldirmaslik;


  • ishda uchta “maslik”: jaxl chiqmaslik, sabr-toqatni yo’qotmaslik, sho’’baishib ketmaslikka amal qilish;


  • o’zini kechikishi yoki tadbirni tayyorlanmaganligi uchun ishni boshlanishini kechiktirish sheriklar, qo’l ostidagilarga nisbatan hurmat- sizlikning yuqori darajasidir;


  • odamlarning kamchiliklariga, agar bu kamchiliklar biznesga halaqit bermasalar, chidamli bo’lish;


  • shuni esdan chiqarmaslik kerakki, odamni nafaqat so’z bilan haqoratlash mumkin, imo-ishoralar, mimika, gavdaning turishi ham ifodaliroq bo’ladi;


  • odamning ishga doir sifatlariga, ayniksa sizning u bilan muno- sabatingiz yomon bo’lsa, adolatli bo’lish;


  • iqtidorli xodimlardan qo’rqmaslik;


  • xodimlarga tashkilotning maqsadlariga erishish uchun ko’proq erkinlik berish;


  • odamlar oldida maqtash, yakkama yakka qolganda qoyimoq;


  • inson uchun kamsitishdan keskinroq va og’riqroq hech narsa yo’qligini esdan chiqarmaslik. U unitilmaydi va kechirilmaydi;


  • eshitishni bilish, cheksiz sabr-toqatga ega bo’lish.



Download 20,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish