Rahbarlik psixologiyasi va liderlik.
Reja
1. Boshqaruv usullari haqida tushuncha
2. Pedagogik tizimni boshqarish metodlari
3. Pedagogik tizimni boshqarishning asoslari
Boshqaruv usuli nima?
Boshqaruv uslubini farqlashdagi an`anaviy yondoshuvlardan biri Kurt Levin tomonidan kiritilgan tipologiyaga asoslanib, bunda rahbarlikning avtoritar, demokratik va liberal uslublari farqlanadi
Avtoritar boshqaruv usuli
Avtoritar uslubda rahbar hamma boshqaruv qarorlarini o’z qo’liga oladi, qaror ijrosini qattiq nazorat ostiga oladi va yo’l qo’yilgan xatolar yuzasidan beshafqat jazolash shahdini namoyish etadi, xodimga inson sifatida qiziqish bilan qaramaydi. Bunday sharoitda, doimiy nazoratning mavjudligi iqtisodiy jihatdan yuqori ko’rsatkichni ta`minlaydi.
Avtoritar boshqaruv usuli kamchiliklari: xatoga yo’l qo’yish ehtimoli oshadi;
tashabbusni, xodimlarning ijodiy faoliyatini so’ndirish, ixtirolar joriy etishning sekinlashuvi, xodimlarning sustligi;
xodimlarning ishdan, jamoadagi mavqeidan qoniqmasliklari;
nosog’lom psixologik muhit natijasida jismoniy va ruhiy zo’riqishlar oshishi va sog’liqka salbiy ta`siri.
Demokratik boshqaruv usuli: Demokratik uslub, ba`zan sheriklik, hamkorlikka asoslangan boshqaruv uslubi ham deb ataladi. Bunday uslub hukm surgan jamoada boshqaruv qarorlari xodimlar bilan muhokama qilish orqali, ularning fikri va tashabbusini hisobga olgan holda qabul qilinadi. Shuningdek, qaror ijrosining nazorati ham rahbar, ham xodimlar tomonidan amalga oshiriladi, rahbar xodimga shaxs sifatida qaraydi, uning ehtiyoj, manfaat va qiziqishlarini inobatga oladi.
Boshqaruv pog’onalarida qaror qabul qilish "pastdan tepaga" qarab boradi, ya`ni avval quyi bo’g’in rahbarlaridan yig’ilgan fikrlar asosida yuqori bo’g’inda qaror ishlab chiqiladi. Rahbar jamoadagi norasmiy liderga tayanadi va kezi kelganda uning faolligi uchun ham imkoniyat yaratadi
Liberal boshqaruv usuli: Liberal uslubda jamoada demokratik tamoyillar hukm suradi, xodimga butkul erkinlik beriladi, u o’z xizmat vazifalarini belgilaydi va ijro etish vositasini tanlaydi, guruhda xulqni nazorat etish deyarli kuzatilmaydi. Bunday uslub yuqori ijodiy kuchga ega bo’lgan va ishlab chiqarish jarayoni benuqson yo’lga qo’yilgan jamoada qo’llanishi mumkin.
Partisipativlik boshqaruv usuli: Tashkilot boshqaruvidagi yana bir uslub – partisipativlik deb atalib, unda rahbarning tashkilot maqsadiga erishish yo‘lida xodimlar bilan gorizontal yo‘nalishdagi munosabatlarni rivojlan-tirishi tushuniladi. Mutaxassislar aynan partisipativ-likni eng samarali uslublar qatorida ko‘radilar.
Partisipativ Rahbarning vazifalari
1. Rahbarning xodimlari bilan muntazam fikr almashuvi.
2. Rahbar va xodim munosabatidagi ochiq va samimiylik.
3. Xodimlarning tashkiliy qarorlar qabul qilishga jalb etilganligi.
4. Rahbar o‘z burch va xuquqlarining ma'lum qismini xodim zimmasiga o‘tkazishi.
5. Tashkilot vazifalarini rejalashtirish va amalga oshirishda xodimlarni jalb egish.
6. Mustaqil qapop qabul qila olish xuquqiga ega bo‘lgan maxsus guruhlar tuzish.
Talim sohasidagi boshqarish metodlari
Pedagog kadrlarni, o`quvchilarni, talabalarni boshqarishda vosita faoliyatini bajaradi. Hozirgi paytda talim sohasida quyidagi metodlar qo`llaniladi:
1. Boshqarishning hokimchilik badiiy metodi.
2. Boshqarishning ijtimoiy-psixologik metodi.
3. Boshqarishning to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatma berish metodi.
4. Boshqarishning huquqiy metodi.
5. Boshqarishning rag`batlantirishdan foydalanish metodi.
6. Kadrlarning manaviy ijodkorligini rivojlantirish metodi
7. Boshqarishda kuzatish metodi.
8. Boshqarishda suhbat metodi.
9. Boshqarishda maktab xujjatlarini tizimga olish metodi
Pedagogik tizimni boshqarishning asosiylari
O`zbekiston Respublikasi Oliy majlis va Qoraqalpog`iston Respublikasining Joqarg`i Kengashi sessiyalaridagi qabul etilgan Qonuni (Konstitutsiya).
Talim sohasidagi talim- tarbiya Kontseptsiyasi.
O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikalarining «Talim to`g`risida» gi Qonunlari.
Kadrlar tayyolash milliy dasturi
Davlat talim standartlari.
Boshqarish haqidagi ilmiy yutuqlar.
Maktab ishlarini tashkillashtirishning amaliyoti.
Xalq talimini boshqarishdagi odingi tajribalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |