“Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” yo‘nalishi qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchisi O‘ng‘arov Diyorjon Rustam o‘g‘li “Tarmoq hujumlari mavzusi bo‘yicha videoma’ruzalarni tayyorlash va ulardan foydalanish metodikasi” mavzusidagi bitiruv ishiga
RAHBAR XULOSASI
Mamlakatizda barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’lim tizimida ham keskin o‘zgarishlar olib borilmoqda. Endi faqat an’anaviy o‘qitish usullari bilan o‘qitishni tashkil qilishi zamon talabiga javob bermasligi hammaga ayon bo‘lib qolmoqda, yangi zamonaviy texnologiyalar ta’lim tizimini o‘qitish usullariga o‘zining ta’sirini ko‘rsatmoqda, ta’limni barcha sohalarida o‘rgatish va o‘rganish talablari zamonaviy texnologiyalarsiz samarasizligi va axborot oqimining ko’pligi, yangi axborotlarni tez kirib kelishi, yangilanishi, bilimlarni samarodorligi tez eskirishi, hamda jarayonlar hayotga tadbiqi axborot texnologiyalari vostalarini yordamiga muhtojligi zamon talabi bo‘lib qolmoqda. Shuning bilan birgalikda axborot oqimini boshqarishda zamonaviy kompyuter qurilmalaridan to‘g‘ri foydalanish, tinglovchiga mavzuni to‘liqligicha yetkazish uchun axborot vositalaridan foydalanish bilan birgalikda ulardan foydalanish madaniyati o‘zidan o‘zi shakllanib o‘qituvchining quroliga aylanib bormoqda. Ta’limni rivojlantirishning jahon tendentsiyalari maqsadga yo‘naltirilgan mustaqil faoliyatga jalb qilish yo‘li bilan shaxsni har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Ta’lim tizimini qayta qurishad jahonning rivojlangan mamlakatlarida ta’lim berish va tarbiyalashning ilg’or printsiplari sifatida mustaqil faollik va bilim olish anglab yetish printsiplarini birinchi masala qilib qo‘yilgan, shuningdek, ta’lim jarayoniga yangi axborot texnologiyalari keng joriy etilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda o‘quv jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilishning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri sifatida e’tirof etilishi bejiz emas. Chunki , pedagogik texnologiya ta’lim jarayonini inqirozdan holi etish, uni bozor iqtisodi sharoitiga mos holda takomillashtirish va Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Bitiruv ishi ikki bob, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
1-bobda Axborot xavfsizligi faninining tarmoq hujumlari mavzusini o’qitish metodikalari, ularning turlari.
2-bobda Tarmoq hujumlari mavzusini yoritib beradigan videoma’ruza tayyorlash usullar. Tarmoq hujunlarning turlari va ularni ximoyalash usulari, video ma’ruza tayyorlaydigan dasturlar imkoniyatlari va vazifalari.
Bitiruvi ishi nizom talablari asosida yozilgan. Uni ochiq himoyaga tavsiya qilaman.
Ilmiy rahbar:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Ph.D., SH.R.G‘ulomov
Axborot xavfsizligi kafedrasi mudiri, dotsent
Do'stlaringiz bilan baham: |