Rahbarlik turlarining, o’ziga xos xususiyatlari
№
|
Belgilar
|
Rahbarlik turlari
|
|
|
Avtokratik rahbar
|
Demokratik rahbar
|
Liberal rahbar
|
1.
|
Qaror qabul qilishda
|
Yakkabosh, jamoa fikri bilan hisoblashmaydi
|
Jamoa fikri bilan hisoblashadi
|
Ko’rsatmaga binoan ish tutadi
|
2.
|
Qaror yechimlarini bo’ysinuvchilarga etkazishda
|
Yozma va og’zaki buiruq, ko’rsatma orqali
|
Taklif orqali
|
Iltimos qilish, yalinish orqali
|
3.
|
Ma’suliyatni taqsimlash orqali
|
To’la to’kis rahbar qo’lida
|
Vakolatiga binoan
|
To’la-to’kis ijrochilar-ning fikriga binoan
|
4.
|
Bo’isinuvchilarning tashab-buskorligiga
|
Io’l qo’yadi
|
Rahg’batlan-tiradi va foydalanadi
|
To’la- to’kis tayanadi
|
5.
|
Kadrlarni tanlashda
|
Kuchli raqobat-doshlardan qutilish tarafdori
|
Ishchan, bilimdon xodimlarga mo’ljal oladi va ularning o’sishiga yordam beradi
|
Beparvo
|
6.
|
Bilimga bo’lgan munosobatda
|
Hamma narsani o’zim bilaman deb hisoblaidi
|
Mutassil o’qiydi va qo’l ostidagi bo’ysinuvchilardan ham shuni talab qiladi
|
E’tiborsiz, baribir, beparvo
|
7.
|
Muomalada
|
Salbiy, masofa saqlaydi
|
Ijobiy muloqatda kirishimli va faol
|
Tashabbus ko’rsatmaydi
|
8.
|
Bo’isinuvchilariga nisbatan
|
Kayfiyatiga qarab muomala qiladi, asabli
|
har xil, talabchan, xayrihoh, andishali
|
Talabchan emas, muloyim
|
9.
|
Intizomga nisbatan
|
Qattiq, formal, yuzaki
|
Maqsadga muvofiq talab qiladi
|
Yumshoq yuzaki
|
10.
|
Rag’batlantirish-ga nisbatan
|
Onda sonda rag’batlantirib tez-tez jazolash tarafdori
|
Onda-sonda jazolab tez-tez rag’batlantirish tarafdori
|
Aniq mo’ljali yo’q
|
Har uchala rahbarlik turi o’rtasida mutanosiblik mavjud bo’lib aniq sharoitlarda birining salmog’i oshishi bilan boshqasining salmog’i kamayadi.
Fazilat - bu ijobiy xislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir. Kishilarda fazilatlarning turlicha bo’lishi hamda har xil xulq- atvorlar insonning badanida aylanib yuradigan suyuq moddalarga ko’p jihatdan bog’liq ekanligi tajribada kuzatilgan.
Qadimgi tibbiyotning yirik namoyondasi Gippokrat inson badanida qon asosii o’rinni ishg’ol etsa, bunday odam harakatchan, engil bo’ladi, taasurotlarning almashinishiga tez ko’nikib keta qoladi, o’z atrofida sodir bo’layotgan voqealarga darhol va ishtiyoq bilan aralashadi, degan fikri bejiz emas.
Mana shu xil kishilarni Gippokrat Sangviniklar (xushchaqchaq kishilar) deb atagan. Bu lotincha “singvinis” ya’ni “qon” degan so’zdan kelib chiqqan.
Sangviniklar tuyg’u (jo’shqin) xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular:
yangi kishilar bilan tez til topishadigan;
bir ish turidan ikkinchi ish turiga tezda ko’nikadigan;
bir turda bajariladigan ishlarni yoqtirmaidigan;
yangi sharoitga osonlik bilan o’rganadigan;
xushchaqchaq;
harakatlari shiddatli;
nutqi tez;
kelajakka ishonch bilan qaraydigan;
so’zini aniq va ma’noli qilib, imo ishoralar bilan gapradigan kishilardir.
|
Sangviniklar ish jarayonida kechgan ko’ngilsiz hodisalarni tezda esdan chiqarib yuboradilar. Ular o’z kuchi hamda qobiliyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatiga egadirlar.
Rahbarlar ularning ishini salbiy baholashdan ko’ra ularga nisbatan qattiq qo’l va talabchan bo’lsalar ijobiy natijaga erishish mumkin.
Sangviniklar yuqori lavozimga intiladigan kishilar bo’ladilar.
Agar kishi tanasida shilliq hukmron o’rin tutsa, unday kishilar og’ir, tepsa tebransmas, kayfiyatlari va intilishlari ancha barqaror, voqealar va hayot taassurotlariga loqayd qaraydigan bo’ladilar. Bunday xil kishilar flegmatiklar deb atalgan. Qadimgi yunonlar shilliqlarni “Flegma” deyishgan.
Flegmatiklar:
ta’sirchanligi sust bo’ladi;
bir turdagi ishdan ikkinchi turdagi ishga sekinlik bilan ko’chadilar;
faolliklari kam;
yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadilar;
harakatlari va nuto’lari sust;
ko’ngilsiz hodisa yuz berganda osoyishtaliklarini buzmaydilar;
sabr-toqatli chidamli bo’lib, so’zlaganda xotirjam, o’zga shaxslar bilan hayajonlanmay gapiradilar.
|
Flegmatiklar chidamliligi, matonati, o’zini tuta bilishi bilan ajralib turadi.
Gippokratning fikricha, agar kishi tanasida za’faron safro ustun tursa, bunday kishi tezkor, qa’tiy-harakatchan bo’ladi. Bu toifa kishilarni Gippokrat xoleriklar (qoni qiziq kishilar) deb atagan. Qadimgi yunonchada safroni “xoley” deyishgan.
Xoleriklar – ko’tarinki ruhda ishlay oladigan, qarshiliklarni enga oladigan kishilar bo’lib, ularning ishlash zavqi kayfiyatining bo’zilishi bilanoq tez o’zgarishi mumkin. Ular serjahl, o’zini yaxshi ko’radigan, tez gapiradigan odamlar bo’lib, ular boshqalardan gapining ohangi o’zgaruvchanligi bilan ajralib turadilar. Xoleriklarning vazminlik darajasi xuddi sangviniklarnikidek bo’ladi. Rahbar va boshqa kishilarga nisbatan o’zini to’g’ri tutadi.
Nihoyat, Gippokrat yana bir tur kishilarni ajratadiki, bundaylarning ahvoli, ruhiyati bir xilda turmaydi. Ular yomon kayfiyatga ko’proq moyil bo’ladilar, arzir-arzimas narsalardan qattiq kuyunaveradilar. Bunday kishilarni ulug’ shifokor melanxoliklar deb atagan. Qadimgi yunonchada “melanxolik” so’zi “qora safro” degan ma’noni bildirgin.
Melanxoliklar:
o’ta ta’sirlanuvchan xususiyatga ega;
tez toliqadigan va o’ziga ishonmaydigan;
tashvishsiz, lekin jo’da sezuvchan;
nihoyatda arazchan;
juda oz kuladigan;
faolligi sust, tortinchoq, kam g’ayrat;
arzimagan sabablarga ko’zlaridan yosh oqib ketaveradigan;
yangi kishilar bilan qiyinchilik bilan til topishadigan kishilardir.
|
Melanxoliklar qulay sharoitda oldiga qo’yilgan masalalarni muvafaqqiyatli bajaradi. Agar ishda sharoit, ya’ni vaziyat o’zgarsa, qiyinchilik tug’ilsa, ular o’zlarini panaga olib turishadi.
Hozirgi davrda menejer (rahbar)lar qondirishi zarur bo’lgan talablar juda ko’p.
Tayanch iboralar
|
Menejmentni o’zlashtirish
Menejment mahorati
Menejment ilmi
Ishbilarmonlik
Menejment nazorati
Mehnat unumdorligi
Bozor infratuzilmasi
Menejment jarayoni
Boshqaruv operatsiyalari
Axborot
|
Ragbatlantirish
Menejment vazifasi
Iktisodiy tarmok tarkibi
Avtokrat
Liberal
Demokrat
Melanxolik
Xolerik
Flegmatik
Sangvinik
|
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar:
Rahbarlik uslubi deganda nimani tushunasiz?
Rahbarlik uslubi boshqarish metodlaridan nima bilan farq qiladi?
Rahbarlik uslubining qaysi bir turini tanlagan bo’lar edingiz?
Fazilat nima? Ular tug’ma bo’ladimi?
Rahbarlik uslubiga qarab rahbar turlari?
Avtokratik rahbarga qo’yiladigan talablar?
Liberal rahbarga qo’yiladigan talablar?
Demokratik rahbarga qo’yiladigan talablar?
Rahbarlik turlarining o’ziga xos xususiyatlari nimada?
Gippokrat insonni qanday toifalarga ajratgan?
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |