1.3. Mexanizmni berilgan holat uchun kinetostatik hisoblash
Mexanizmni kinetostatik hisoblashning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
Mexanizm zvenolariga ta‘sir etuvchi kuchlarni aniqlash;
Kinematik juftlarda hosil bo‗lgan reaksiya kuchlrini va yetakchi zvenodagi
muvozanatlovchi kuchni aniqlash.
Mexanizmga ta‘sir etuvchi tashqi kuch shtok tezlanishining yo‗nalishiga
qarama – qarshi yo‗nalgan va R = 320 N ga teng.
Mexanizmni kinetostatik hisoblash asosan, etakchi zvenoga eng oxiri
birlashgan Assur gruppasini hisoblashdan boshlanadi. So‗ngra unga ketma-ket
birlashgan boshqa gruppalar hisoblanadi. Etakchi zvenoni muvozanatlovchi R
m
aniqlanadi. Dalamber prinsipiga ko‗ra, berilgan tashqi kuchlar va hosil bo‗lgan
inersiya kuchlari ta‘sirida mexanizmni muvozanatda deb qarab, hisoblashni quyidagi
tartibda bajaramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |