Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi


Sakrashning «oshirib» usulini o‘rgatish



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   154
Bog'liq
engil atletika

Sakrashning «oshirib» usulini o‘rgatish.
Dastlabki uchta
vazifa va ularni hal etish vositalari 237-betda yozilgan.


245
6-vazifa.
Planka ustidan o‘tishni va yerga tushishni
o‘rgatish.
Vositalar:
1. 2—3 qadam yugurib kelib, o‘tish oson
balandlikka sakrab depsinuvchi oyoqni bukib, boldirini
silkinch oyoq soniga tez tortish. Òo‘xtatmasdan tezda uni
plankaga to‘g‘rilash va tagini planka uzunasiga burib, qo‘llarga
tayanmay yerga tushish. 2. 2—3 qadamdan yugurib kelib,
planka ustida gavdani silkinch oyoq tomon qattiq egish, oyoq
tagini shiddat bilan pastga burish, qo‘llarni gavda bo‘ylab tez
uzatish. Silkinch oyoq harakati depsinuvchi oyoqni songa
tortish va pastga tushirish bilan bog‘lash; yerga tushish 1-
mashqda qanday bo‘lsa shunday. 3. Shuning o‘zi, lekin planka
narigi yog‘ida plankaga yaqin turgan qo‘lni, tirsagini qoringa
tortib va qo‘lning o‘zini tashqariga burib, shiddat bilan pastga
tushirish. Shu bilan bir vaqtda yonbosh bilan planka tomon
aylanayotib, ikkinchi qo‘lni plankaning narigi tomonga
yo‘naltirish. 4. Shuning o‘zi, lekin yuzni yerga tushish joyi
tomon tez burish bilan birga boshni pastga egish.
Metodik ko‘rsatmalar. 
Ushbu sakrash usulidan harakatlar
boshqarilishini va sakrashdagi chaqqonlikni yaxshilash uchun
yordamchi mashq sifatida foydalanish mumkin.
6.7.3. “FOSBERI-FLOP” USULIDA SAKRASH
ÒEXNIKASIGA O‘RGAÒISH MEÒODI
Balandlikka “fosberi-flop” usulida sakrashni o‘rgatishni
faqat maxsus jihozlar (qo‘nish uchun yumshoq paralon
to‘shamalar) mavjud bo‘lgan joylardagina amalga oshirish
mumkin bo‘lib, ehtiyotlik choralariga rioya qilishni talab
qiladi.
1-vazifa.
Balandlikka yugurib kelib “fosberi-flop” usulida
sakrash texnikasi bilan o‘rganuvchilarni tanishtirish.
Vositalar.
Metodik ko‘rsatmalar oldingi usullardagiga
o‘xshash.


246
2-vazifa.
Òo‘g‘ri depsinish texnikasiga o‘rgatish.
Vositalar.
1) Gimnastika devorchasiga yon bilan turgan
holda uni qo‘l bilan ushlab turib, depsinuvchi oyoqni yerga
qo‘yish va depsinishni taqlid qilish; 2) Joyda turgan holda
depsinuvchi oyoq yerga qo‘yish va depsinishni oyoq va
qo‘llarni silkitish bilan bog‘lab taqlid qilish; 3) Shuni o‘zini
yuqoriga sakrash bilan; 4) Shuni o‘zini yurish harakatini
bajargan holda, keyin — yugurishda har 3-, 5- qadamda
depsinish bilan; 5) Osib qo‘yilgan narsaga boshni yoki qo‘lni
tekkizish bilan depsinish.
Metodik ko‘rsatma.
Depsinishni o‘rgatishga qaratilgan
yondoshtiruvchi harakatlarni bajarganda, depsinuvchi oyoqni
qo‘yilishi pastga-orqaga (takka qarab) harakat bilan, to‘liq
oyoq poyiga qo‘yish bilan amalga oshiriladi. Shunda
silkinuvchi oyoq soni ichkariga burilib, tizza tovon bilan
tomonga o‘tkaziladi.
3-vazifa.
Yoy bo‘ylab yugurib kelishni depsinish bilan
bog‘lab o‘rgatish.
Vositalar:
1) 10–15 m radiusli aylana bo‘ylab yugurish;
2) Òo‘g‘ri masofada yugurishdan aylana bo‘ylab yugurishga
o‘tish; 3) Aylana bo‘ylab yugura turib 1, 3, 5 qadamlarda
yuqoriga depsinish; 4) Burilishga yugurib kiraturib, uning
o‘rtasida depsinish; 5) Burilish bo‘ylab yugurib kelib, planka
oldida depsinishni taqlid qilish; 6) Òo‘liq yoysimon yugurib
kelishdan osib qo‘yilgan narsaga qo‘l, oyoqni tekkizish.
Metodik ko‘rsatmalar.
Yoy bo‘ylab yugurib kelish chog‘ida
gavdani ichkari tomonga engashi va burilishga kirishda
tezlanib yugurishga e’tiborni qaratish kerak. Qo‘llarni bir-
biriga “kesishib” harakat qilishiga (“tashqaridagi” qo‘l
gavdaga ko‘ndalangroq qilib chiqarilsa, “ichkaridagi” ko‘proq
orqaga yo‘naltiriladi) e’tibor berish va hokazo.
4-vazifa.
Planka ustidan oshib o‘tish va yerga qo‘nish
texnikasiga o‘rgatish.


247
Vositalar:
1) Chalqancha yotgan va o‘tirgan holatlardan
“ko‘prikcha” bajarish; 2) Joydan turib oyoq bilan depsinib
taxlanib qo‘yilgan to‘shamalar ustiga sakrab chiqish; 3) Gim-
nastika otiga ko‘ndalang yotgan holatda, plankadan o‘tish
holatiga o‘tish; 4) Rezinkaga orqa bilan turib, ikkala oyoq
bilan depsinib sakrab o‘tish; 5) Joydan turib ikkala oyoq
bilan ko‘prikchadan depsinib, rezinka ustidan sakrab o‘tish;
6) Yoy shaklida 3, 5, 7 qadamdan yugurib kelib “fosberi-
flop” usulida planka ustidan sakrab o‘tish; 7) Yuqoridagi.
Vositalar:
ko‘rsatilgan mashqlarni ko‘pmartalab bajarib
ko‘rgandan keyingina planka ustidan sakrab o‘tishga va 50 sm
dan kam bo‘lmagan paralon yostiqcha ustiga qo‘nishni
bajarishga kirishish mumkin.
Metodik ko‘rsatmalar.
Joydan turib ikkala oyoq bilan
depsinib “fosberi-flop” usulida sakrab o‘tishni bajarish
chog‘ida, uchish fazasida tizzalarni imkon qadar pastroqqa
qoldirib, iyakni ko‘krakka qisib, kallani harakat tomoniga
burish kerak. O‘rgatilayotgan bolalar kuraklarda qo‘ngandan
keyin, orqaga o‘mbaloq oshib harakatlarni yakunlaydilar.
5-vazifa.
Yugurib kelib balandlikka “fosberi-flop” usulida
sakrashni yaxlit texnikasiga o‘rgatish va uni takomillashtirish.
Vositalar:
O‘rgatishning bu bosqichida, sakrashni o‘rga-
nuvchi bolalarning shaxsiy xususiyatlari, shuningdek bajara
olish va jismoniy harakatlarining mavjud bo‘lgan imko-
niyatlari aniqlanadi. Buning uchun quyidagi vositalardan
foydalaniladi.
1) Qisqa va to‘liq yugurib kelib planka (rezinka) sakrashni
har bir fazasida alohida e’tibor berib sakrashlar; 2) Planka
ustidan sakrab o‘tishni yaxlit bajarish. Bunda texnika va
natija baholanadi; 3) Gimnastika sakratgichi (ko‘prikcha)
dan eng yuqori balandlikdagi planka ustidan sakrash; 4) Aso-
siy harakat amalining tuzilishi va ma’romiga o‘xshash bo‘lgan
taqlidiy mashqlarni bajarish; 5) Eng yuqori natijaga, shaxsiy
yugurib kelishdan sakrashlar.


248
83-rasm.
 Balandlikka sakrovchining maxsus mashqlari.
Metodik ko‘rsatmalar:
“Fosberi-flop” usulida sakrash
texnikasini yaxlit bajarib takomillashtirishda planka baland-
ligini asta-sekin ko‘tarib borish bilan, yugurib kelish tezligini
va yugurib kelishni oxirgi qadamlarining ma’romiy-sur’at
tuzilmasining samaradorligini oshirish. Sakrashni yaxlit baja-
1
2
a
b
d
a
b
4
5
6
9
10
11
7
8
a
b
a
b
a
b
3


249
rishda, navbati bilan texnika unsurlariga diqqatni qaratish
metodini qo‘llash foydali. Òakomillashtirish jarayonida o‘rga-
nilayotgan sakrash usulini tuzilmasiga o‘xshash taqlidiy
mashqlarni tez-tez bajarish maqsadga muvofiq.

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish