Rafiyev yengil aòLEÒika va uni o‘QIÒish meòodikasi


 YUGURIB KELIB BALANDLIKKA SAKRASH



Download 39,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/154
Sana29.03.2022
Hajmi39,96 Mb.
#515734
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   154
Bog'liq
engil atletika

6.7.2. YUGURIB KELIB BALANDLIKKA SAKRASH
ÒEXNIKASIGA O‘RGAÒISH MEÒODIKASI
 «Oshib o‘tish»
usulida sakraganda yerga tushish vaqtida
qo‘lga katta kuch kelishi va yonbosh bilan qattiq tushish
mumkin. Shuning uchun sakrovchiga avvalo yerga mayin
tushishni o‘rgatish, yelka kamari va qo‘l mushaklarini
mustahkamlash va yerga tushadigan joyni yaxshilab tayyorlash
kerak.
O‘rgatishni 1—4 yugurish qadami tashlab sakrashdan
boshlagan ma’qul. Shunda shug‘ullanuvchining depsinishni
va keyinchalik planka ustidan o‘tishni bilib olishi osonroq
bo‘ladi. Depsinish va planka ustidan o‘tishni o‘zlashtirgandan
keyin ancha uzoqroqdan yugurib kelib, asta-sekin tezlikni
va plankani ko‘tarib sakrashga o‘tiladi.
Har bir harakatni ko‘p marta takrorlash lozim. Oldin
taqlid mashqlari bajariladi, keyin esa harakatlar planka
ustidan sakrab o‘rganiladi. Chinakam mashqqa yaqin kela-
digan mashqlardan tashqari, kuch va egiluvchanlikni rivojlan-
tiradigan, umumiy rivojlantiradigan va maxsus mashqlarni
keng qo‘llash kerak. Quyida yugurib kelib balandlikka
sakrash texnikasini o‘rgatish metodikasi berilgan. Boshda
(1—3-vazifalar) balandlikka sakrashning yuqorida tasvir-
langan usullaridan istalganining texnikasini bilib olish uchun
zarur asosiy malakalarini o‘rgatish ko‘zda tutiladi.
1-vazifa.
O‘rganiladigan sakrash texnikasini shug‘ul-
lanuvchilarga tanishtirish.


237
Vositalar:
1.Ko‘rgazmali o‘quv qurollarini ko‘rsatish (ki-
nogramma, kinohalqalar va boshqalar). 2. Òo‘la sakrash
texnikasini va uning ayrim unsurlarini ko‘rsatish. 3. O‘rga-
nilayotgan sakrash usulining asosiy yaqinlashtiruvchi mashq-
lari va o‘zlashtirish tartibi bilan tanishtirish. Muhimroq
harakatlarga va ularning birikmalariga o‘quvchilar e’tiborini
jalb qilish, zarurat bo‘lsa, ularni ko‘p marta namoyish qilib
ko‘rsatish juda muhimdir.
2-vazifa.
Depsinish texnikasini o‘rgatish.
Vositalar
: 1. Silkinch oyoqda cho‘nqaygan holatdan
oyoqni depsinish uchun tovondan boshlab to‘la yerga qo‘yish,
gavdani oldinlatib yuqoriga jildirib, tarang turgan depsinuvchi
oyoq ustiga o‘tkazish. Silkinch oyoq orqada qolib, to‘liq
yozilmaydi: qo‘llar silkib ko‘tarilayotganda bukiladi. 2. Shu-
ning o‘zi, lekin depsinuvchi oyoqni yerga qo‘yib, tez siljib,
tosni oldinlatib yuqoriga chiqarish. Shuning ketidan silkinch
oyoq tizzasini to‘g‘rilab, oyoq tagini tashqi tomonga qattiq
bukib olg‘a uzatish, tirsagi bukik qo‘llarni silkinch oyoq
bilan birgalikda yuqoriga ko‘tarish. 3. Ustuncha (devor)ga
yon tomon bilan turib va yaqin turgan qo‘l bilan uni ushlab
turib, silkinch oyoqni baland-baland erkin silkish. Bunda
silkinch oyoqni harakat oxirida mumkin qadar bukmay,
oyoq tagi tashqi tomonga bukilganligicha qolishi kerak.
Shuning o‘zini yuqori tomon sakrab bajarish. 4. Yura turib
har uch yoki har to‘rt qadamda silkinch oyoqni katta doirada
qo‘llar bilan baravar yuqoriga tez ko‘tarish. Buni oldiniga
yerdan ajratmasdan, keyinchalik esa yuqoriga erkin sakrab
ijro etiladi. 5. Sakrab yuqorida osig‘liq narsaga silkinuvchi
oyoq uchini yoki ikki qo‘lni yoki boshni tekkizish. 6. Ro‘pa-
radan va yonlama yugurib kelib, baland asboblar (ot, eshak,
stol v. b.) ustiga sakrab, depsinuvchi oyoqqa va silkinch
oyoqqa tushish; sakrab qo‘llarga osilib — oyoqni gimnastik
devorchaga tirab qolish yoki brusyaning bir yog‘ochiga
qorinda yotib qolish. 7. Yurib kela turib depsinish va yuqori


238
tomon sakrash, ko‘tarilayotganda silkinch oyoq bilan ikkala
qo‘lni pastga tez tushirish, tosni yanada oldinroq chiqarish.
Shu bilan bir vaqtda depsinuvchi oyoq tizzasini bukish,
oyoq tagini silkinch oyoq yuqorisi — dumba tomon tortish
va silkinch oyoqda yerga tushish («to‘lqin» yoki «yonboshlab
o‘tish» usulini o‘rgatayotganda esa depsinuvchi oyoqda
tushiladi). 8. Shuning o‘zini, lekin plankaga nisbatan 90°
burchak hosil qilib, oldiniga 2—3 qadam tezlashib yura
kelib, 3—5 qadam yugurib kelib, plankadan o‘tib («ko‘-
tarilib» o‘tib) bajariladi.

Download 39,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish