12.1. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini elektrlashtirish va
avtomatlashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish
‘‘Fan va texnikaning rivojlanishi tabiiy boyliklami insonlar
manfaatida samarali qoilash, yangi energiya turlari va yangi
materiallami yaratish, iqlim sharoitlariga ta’sir ko‘rsatish uslublarini
ishlab chiqish, koinotni egallashga imkon beradi. Ilm-fanning
qo‘llanilishi jamiyat ishlab chiqarish kuchlarinng buyuk o‘sishida
hal qiluvchi omil hisoblanadi”.
Fanning rivojlanishi qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida tutgan
o ‘mi ham katta. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini industrial
asosga o‘tkazishni mashina texnologiyalari, yangi texnikalar, yangi
mahsuldor chorva va parranda turlari, yangi yuqori mahsuldorlikka
ega qishloq xo‘jalik mahsulotlari, ish vam mahsuoldorlikni tashkil
etishning ilmiy asoslarisiz tasaw ur qilish mushkul. Bulami fan
bajarishi lozim.
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi fanimng rivojlanishida 1929-
yili Qishloq xo‘jalik ilmiy-ishlab chiqarish markazining tashkil
163
etilishi asosiy omit bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligi faniga quyidagi olimlar :
ulkan hissalarini qo‘shganlar: akademiklar K.A. Timiryazev, N.I.
Vavilov, I.V. Michurin, D.N. Pryanishnikov, V.R. Vilyams, V.V. :
Dokuchaev, V.P. Goryachkin, M.G. Evreinov, 1.1. Artobolevskiy,
V.N. Boltinskiy, qishloq xo‘jaligi oliy ta ’lim muassasi o‘qituvchilari
va boshqalar.
Qishloq xo‘jaligida fan yutug1 larining qo‘llanilishi bozor !
iqtisodiyoti sharoitlarida ishlab chiqarish mahsuldorligini oshirish,
fermer va dehqonlar mehnatini yengillashtirish, ishlab chiqarish va
qishloq
xo Malik
mahsulotlari
sifatini
oshirish,
qishloq
mehnatkashlari madaniy darajasini oshirishga imkon berdi. Tez
rivojlanib boruvchi qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi faqat fan
yutug‘lariga asoslangan holda samarali taraqqiy etishi mumkin.
Qishloqda kollektivlashtirish jarayonlari elektming qishloq
xo‘jaligiga kirib kelishini jadallashtirdi va elektr lampalardan
tashqari, don yanchish, ulami tozalash, mexanik ustaxonalar va
tegirmonlarda elektr motorlar ko‘llanila bom,landi. Qishloq va suv
xo‘jaligida elektrlashtirish va avtomatlashtirishni ishlab chiqarishga
keng
joriy
etish,
elektrlashtirilgan
yangi
texnikalami,
elektromexanik qurilmalarni
va vositalami
yaratish
(ishlab
chiqishni) va eng muhimi elektr energiyadan qishloq va suv
xo‘jaligida foydalanishning ilmiy asoslami ishlab chiqish zarur edi.
Qishloq xo£jaligini elektrlashtirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib
borishni birinchilardan boshlab bergan olimlar professor: N.A
Artem’ev va butunittifoq qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi
akademigi M.G. Evreinov bo‘lsa keyingi rivojlanishi akademik
Budzko N.A., Listov P.N., Sazonov N.A.,fanlar akademiyasi
korrespondent a ’zosi Nazarov G.I. lar nomi bilan bogiiqdir. Qishloq
va suv xo‘jaligini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta ’minoti, elektr
uskunalami va avtomatik qurilmalarni ekspluatatsiya qilish
asoslarini, qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarshida kompleks
164
elektrlashtirishning ilmiy asoslami yaratish, elektr energiyasini
noissiqlik ta’sirlaridan agrotexnik tadbirlarda va texnologik
jarayonlarda foydalanish asoslarini yaratishda Budzko I.A.,
Martinenko I.I., Prishep L.G., Borodin I.F., Levin M.S., Basov
A.M., Musin F.M., Kudryavsev I.F., Metreveli V.I., Izakov F.Ya.,
Slavin R.I., Pyastolov A.A., Smirnov B.V., Yakobs A.I., va boshqa
yetakchi oSimlarning ko‘shgan xissalari solmoqlidir.
0 ‘zbekiston agrar sohasi o‘ziga xos b o iib , undagi issiq, ammo
quruq havo
muhiti,
erlaming katta qismi
sho‘rlanganligi,
dehqonchilik asosan sug‘oriladigan erlarda amalga oshirilishi,
chorvachilikda yaylovlar asosan tog‘ yon bag‘irlarida joylashganligi
va boshqa xususiyatlarini qishloq xo‘jaligi fanini rivojlantirishga oid
ilmiy izlanishlar olib borishda alohida e’tibor qilinishi taqoza etadi.
0 ‘zbekistonda
qishloq
xo‘jaligini
elektrlashtirish
va
avtomatlashtirish va sohada elektr energiyasidan foydalanishning
o‘z ilmiy amaliy tadqiqotlari bilan rivojlanishiga prof. Baydyuk
P.V., Usmonxodjaev N.M., Radjabov A .R , Muhammadiyev A.M.,
Ismoilov M.I., Amirov S.F., Muratov X.M. lar salmoqli hissa
qo‘shganlar va qo‘shib kelmoqdalar.
0 ‘zbekistonda mashinasozlik jumladan qishloq va suv xo‘jalik
texnikalarini ishlab chiqaruvchi ko‘plab zavodlar barpo etiigan.
Ayniqsa Ulug‘ Vatan urushi yillari Rossiya, Ukraina, Belorusiya va
boshqa hududlarda joylashgan ko‘plab zavodlami 0 ‘zbekistonga
ko‘chirib kelinishi samolyotsozlik, harbiy texnika ishlab chiqarish
va boshqa sanoat korxonalari barpo etilishiga sabab bo‘ldi.
Urushdan keyingi yillar ushbu korxonalar bazasida Toshkent
aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent qishloq xo‘jaligi
mashinalari, 0 ‘zbekiston paxtachilik mashinalari, Toshkent traktor
zavodlari faoliyat olib bora boshladi. Ushbu zavodlar respublika va
chet mamlakatlarga ko‘plab paxta terish mashinalari' va boshqa
texnikalar tayerlab berdi.
165
Qishloq xo‘jaligi fanini rivojlantirish ilmiy tadqiqot ishlarini
ishlab chiqarishga keng joriy etishni jadalashtirish maqsadida 0 ‘rta
Osiyo qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirish
ilmiy tadqiqot instituti tashqil etilgan.
0 ‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanining rivojlanishida mustaqillik
yillarigacha Sobiq ittifoq davrida V.I.Lenin nomidagi Butunittifok
qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining 0 ‘rta Osiyo filiali,
mustaqillik yillarida esa 0 ‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari
akademiyasining ilmiy jamoalari o'zlarining katta xissalarini
qo‘shishdi.
1960-yillardan e’tiboran qishloq xo‘jaligini industrial asosda
rivojlanishi belgilandi, va natijada sohaga ilgor texnologiya va
texnikalar joriy etilishiga, chorva mollarining yuqori mahsulotli
zotlarini, qishloq xo‘jaligi ekimlari (paxta, don ekinlari), meva-
sabzavot va poliz ekinlarini yangi yuqori hosildor navlarini
yaratilishiga yaxshi imkoniyatlar berdi. Buning natijasida kompleks
mexanizatsiyalashtirilgan, elektrlashtirilgan va avtomatlashtirilgan
yirik parrandachilik va chorvachilik komplekslarini va korxonalarini
barpo etilishida yuqoridagi nomlari tilga olingan akademiyalar ilmiy
jamoalarining ko‘shgan xissalari kattadir.
Mustaqillikning birinchi yillaridanoq 0 ‘zbekistonda bozor
iqtisodiga o‘tishning o‘ziga xos tamoyillarini qabul qilganligi,
qishloq
xo‘jaligining
rivojlanish
asosi
etib
mulkchilikning
sotsialistik jamoachilik shakli o'm iga xususiy mulkchilik: fermer,
dehqon
va
shirkat
xo‘jaliklari,
suvdan
foydalanuvchilar
uyushmalarini tashkil etish to‘g‘risidagi qonun va qarorlari qabul
qilinishi hamda agrar sohada xo‘jalik yuritish prinsiplarini batamom
o ‘zgarishi, qishloq va suv xo'jaligi fanining rivojlanishini
ta’minlovchi asosiy ilmiy jamoalarini birlashtiruvchi bevosita
0 ‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibii tuzilmasida
166
Respublika qishloq xo‘jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi tashqil
qilindi.
Qishloq xo‘jaligi fanini rivojlanishiga markaz ilmiy jamoalari
bilan bir qatorda fanlar akademiyasi tarkibidagi Respublika ilmiy
tekshirish institutlar jamoalari qishloq xo‘jaligi faniga oid
fundamental tadqiqot ishlari natijalari bilan katta xissa ko‘shib
kelmokda. Qishloq xo‘jaligi fanini rivojlanishida agrotexnik va
ishlab chiqarish jarayonlarini elektrlashtirish va avtomatlashtirish
sohasidagi ilmiy texnik izlanishlar natijasi salmokli bo‘lib,
0 ‘zbekistonning agrar sohasidagi iqtisodiy rivojlanishida o‘z o ‘miga
ega. Qishloq xo‘jaligida sifatli mahsulot yetishtirish va qayta ishlash
jarayonlarida
elektr
energiyasidan
bevosita
yoki
bilvosita
foydalanishga oid ilmiy izlanishlar energetik resurslami, jumladan
qo‘l mexnati resurslari ishtirokini kamaytiribgina qolmasdan, balki
yuqori
sifatli
mahsulot yetishtirish
imkonini ham beradi.
0 ‘zbekistonda sug‘orma dehqonchilikni rivojlanishida eng zarur
b o ig a n suv ta’minotini amalga oshiruvchi Amu - Buxoro, Qarshi
kanallari, Sirdaryo va Amudaryo basseynlarida 1960-85-yiIIarda
barpo etilgan avtomatlashtirilgan nasos stansiyalar, ulami samarali
ishlashlari Respublika olimlarning ilmiy izlanishlari va ilmiy
tadqiqot ishlari natijasidir.
1980-yillar va bugungacha agrar sohada elektr energiyasidan
foydalanishga oid ilmiy - texnikaviy tadqiqotlar elektr energi
yasidan va boshqa energetik resurslardan samarali foydalanishga
yo‘nalatirilgan. Jumladan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta
ishlash, paxtachilikda elektrollzik ta’sirlardan bevosita foydalanish,
ichimlik suvlarini turli mikroblardan tozalash, elektr maydoni
ta’sirida havoni tozalash va boshqa yo‘nalishlarda salmoqli ijobiy
natijalarga erishildi va bu yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar davom
ettirilmoqda.
167
1992-yilda sobiq Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi
mexanizatsiyalash injenerlar instituti koshida ilk bor - «Qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishni elektrlashtirish» mutaxassisligi bo‘yicha
o ‘z
faoliyatini
boshlagan
dissertatsiya
himoyasi
bo‘yicha
ixtisoslashgan Kengash ushbu yo‘nalish bo‘yicha yuqori malakali
ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni yo‘lga ko‘ydi. Bu esa o ‘z
navbatida elektrlashtirish va avtomatlashtirish bo‘yicha ko‘plab
ilmiy va ilmiy-texnik izlanishlar olib borishga yaxshi sharoit yaratib
berdi. Bugungi kunda ushbu mutaxassislik - «Qishloq xo‘jaligida
elektr texnologiyalar va elektr uskunalar» nomlanishda
Do'stlaringiz bilan baham: |