t) —H- r
bilan ifodalanadi. Metagalaktikani tashqi chegarasi yaqinida kengayish tezligi yorugiik tezligiga yaqinlashadi. Agar bu qonuniyat Metagalaktikadan tashqarida ham o'rinli deb hisoblasak, u holda koinot makon va zamon bo‘yicha bir jinsli. Butun koinot hozirgi zamonda kengaymoqda. Demak, u o‘tgan zamonlarda hozirgiga qaraganda zichroq va qaynoqroq boigan va uzoq o'tmish (10 mld yil oldin) esa zichlik va temperatura juda yuqori boigan.
Metagalaktikada kuzatilayotgan obyektlar va jarayonlar butun olam tortishish qonuni (umumiy nisbiylik nazariyasi)ga bo'ysunadi. Bu qonunni uzoq oimishdagi o ‘ta yuqori zichlik (1093g/m 3) va temperaturadagi (1032 K) koinotga tatbiq etib boiadim i, yo‘qmi bu muammo boiib qolmoqda. Koinotning rivojlanish masalalari va muammolari bilan kosmologiya shug‘ullanadi. Bu masalalarga keyinroq qaytamiz.
1 ) K osm ogoniya m asalalari. Tabiatda har bir jarayon va obyektning hosil boiish, rivojlanish va oxirati boigani singari galaktikalar, yulduzlar va boshqa kosmik obyektlar ham shunday bosqichlarni o'tishlari kerak. Ga- laktikalar koinot rivojlanishining, yulduzlar esa galaktikalar evolutsiyasining m ahsulidir, chunki galaktikalar yulduzlardan, M etagalaktika esa galaktikalardan tarkib topgan.
178
Galaktikalaming uch turi mavjud: elliptik, spiral va noto‘g‘ri galaktikalar. Noto'g'ri galaktikalar nisbatan qaynoq va demak, yoshroq yulduzlardan lai kib topgan; elliptik galaktikalar esa aksincha nisbatan past temperatura- ilagi yulduzlardan tarkib topgan; spiral galaktikalar oraliq o‘rin egallaydi. Qaynoq va yosh yulduzlar Galaktika tekisligi yaqinida, gaz+chang imnanliklar ichida kuzatiladi. Yosh yulduzlar nostatsionar bo‘lib, ular ana sliii tumanliklardan hosil bo'lganligini isbotlovchi ko‘pgina kuzatish natijalari l>or. Ko‘rinishdan yulduz va Galaktikalarning hosil bo‘lishi va rivojlanishida mnumiy qonuniyatlar bo‘lishi kerak. Agar yulduzlar gaz va changdan hosil bo‘lgan boisa, galaktikalar ham o‘z navbatida ulkan gaz+chang bulutlardan hosil boigan. Dastavval Quyosh atrofida sayyoralarning hosil boiish mu- ammolari bilan shug‘ullangan kosmogoniya XX dan boshlab yulduzlar evolutsiyasi masalalarini ham o‘z ichiga oldi. Haqiqatdan sayyoralar Quyosh bilan birgalikda, yulduzlar esa o‘z atrofidagi sayyoralar bilan birgalikda hosil boigan. Demak, sayyoralarning hosil boiish jarayonini yulduz evolutsiyasi
bilan birgalikda ko‘rish maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, hozirgi zamon kosmogoniyasi yulduzlar va ular atrofida sayyoralar tizimi va karrali yulduzlar tizimlari hosil boiishi mexanizmlarini nazariy ravishda ko‘radi va kuzatishdan olingan natijalarga va umumfizik qonunlarga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |