Radioelektronika
Radioelektronika
— fan va texnikaning radiochastotali elektromagnit
tebranishlar va
toʻlqinlardan foydalangan holda axborotlarni uzatish va oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlgan
sohalari umumiy nomi. Ulardan asosiylari — radiotexnika va elektronika. R. telegraf, telefon,
fototelegraf aloka, radioeshittirish, televideniye,
radiolokatsiya, radioastronomiya, elektron
avtomatika, hisoblash va boshqarish mashinalari, ishlab
chiqarish jarayonlarini
avtomatlashtirish asoslari, tibbiyotda fizioterapiya va tashhis usullarni keng miqyosda
qoʻllash, kosmik qurilmalar va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
20-asr boshlarida radiolampalarning takomillashishi, triod lampasining
yaratilishi elektr
tebranishlarni hosil qiluvchi va kuchaytiruvchi radioelektron qurilmalar yaratish imkonini
berdi. Keyinchalik elektr tebranishlarning chastota sohasi oshiriladigan koʻp elektrodli —
tetrod, pentod, geksod va geptod radiolampalari yaratildi. Vakuum texnikasinsnt taraqqiyoti
natijasida fotoelement yasaldi, uning yordamida esa ovozli kino paydo boʻldi. 50yillarga kelib,
yarimoʻtkazgichlar
elektronikasi tez tarak,qiy etishi bilan yarimutkazgichli asboblar — diod va
triod (tranzistor)lar asosida ishlaydigan ixcham hamda qulay radioelektron qurilmalar
yaratildi.
Texnika taraqqiyoti va kosmik fazoni zabt etish vazifalariga oid ehtiyojlarni krndirish uchun
yangi mikrosxemalar (qarang
Mikroelektronika
) yaratildi. Bundagi aktiv elementlar —
yarimutkazgichli diod va tranzistorlar oʻta
mitti shaklda yasalib, passiv elementlar — rezistor
(karshilik) va kondensatorlar vakuumda yupqa metall pardalar hosil qilish usuli bilan
tayyorlanadi va ular juda kichik satxda montaj qilinadi.
Mikroelektronikada
mikrosxema
elementlarining zichligi juda katta (1sm³ ga 300 — 400 detal toʻgʻri keladi).
Fanning turli sohalari asosida R.ning yangi tarmoqlari — kvant elektronika,
optoelektronika,
tranzistorlar elektronikasi, mikroelektronika, kriogen elektronikasi,
dielektriklar elektronikasi,
moletronika, bionika, elionika va ionika vujudga keldi.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Radioel
ektronika&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Radioelektronika&oldid=238
8509
" dan olindi
Manbalar