RADIKULIT PARHEZI
Radikulit bilan og‘rigan bemorlar ta’omnomasiga ham jiddiy e’tibor berishi lozim. Asosan, xom sabzavotlar iste’mol qilish tavsiya etiladi. Masalan, bodring, pomidor, karam, rediska. Sabzi, yalpiz, gulkaramni esa bug‘lab yeyish yaxshi naf beradi.
Mumkin.
Mevalardan banan juda foydali. Bundan tashqari har kun ertalab, 2-3 dona sarimsoq yeyish va bir kunda bir mahal bitta limon sharbatiga tuz qo‘shib suv bilan aralashtirib ichish ham yaxshi foyda beradi.
Mumkin emas.
Dard avj olgan paytda yog‘li, qovurilgan taomlar, qandolat mahsulotlari, qahva, achchiq choy tavsiya etilmaydi.
Xullosa
Umurtqa kanalida orqa miya mavjud, shu orqa miyadan o‘ttiz bir juft nerv ildizchalari chiqadi. Nerv ildizchalari umurtqa kanalidan ingichka suyak teshigi orqali chiqadi, uning diamerti yulduzcha diametridan salgina katta xolos. Har bitta nerv va ildizcha bir-biridan ajralib turadigan nerv tolalaridan iborat. Bir xillarining tolalari sezgir, ikkinchi xillari atrofdagi to‘qimalarning oziqlanishi va qon aylanishini uchinchilari esa mushaklar qisqarishini boshqarib turadi. Sezgir tolalarning zararlanishida igna sanchilgandek og‘riq kuzatiladi, moddalar almashinuvi va qon aylanishi boshqaradigan nerv tolalari zararlanganda soch o‘sishi va ter ajralishi izdan chiqadi, tirnoqlar tez sinadigan va mo‘rt bo‘lib qoladi. Uchinchi xildagi nerv tolalari zararlanganda esa mushaklar atrofiyasi (ozib, kichrayishi) va spazmlar ro‘y beradi. Umurtqa pog‘onasi zararlanishidan tashqari ba’zan gipodinamiya (kam harakatlilik) va asabiy zo‘riqishlar ham radikulit xavfini keltirib chiqaradi. Bu kasallikning birinchi alomati — og‘riq, ya’ni zararlangan nerv ildizchalari va nerv tolalari bo‘ylab og‘riq turishi, sezuvchanlikning yo‘qolishi ro‘y beradi. Radikulit odatda birdaniga paydo bo‘lib, ko‘p hollarda surunkali tusga o‘tadi va keyin tez-tez qo‘zg‘ab turadi. Nerv tolalari va ildizchalarining qaysi qismi zararlanganiga qarab radikulit bir necha tur (ya’ni, bel-dumg‘aza, bo‘yin-yelka va ko‘krak radikuliti) ga bo‘linadi. Bel-dumg‘aza radikulitida bel va dumg‘aza sohasida hamda quymich nervi bo‘ylab har xil og‘riq paydo bo‘ladi. Og‘riq qimirlaganda kuchayadi, shuning uchun ham bemor birdaniga qimirlolmaydi, yurganda esa tanasini oldingi yoki yon tomonga egib oladi, natijada umurtqa pog‘onasining qiyshayishi, umurtqa mushaklarining taranglashishi ro‘y beradi. Bu’zan bemor og‘riqni kamaytirish uchun o‘rnida oyoqlarini bukib qorniga tortib yotadi. Agar faqat bel nervi ildizchalari zararlansa, og‘riq son yuzasida bo‘ladi. Quymich nervi chiqadigan dumg‘aza bo‘limi ildizchalari zararlanishi bilan kechadigan bel-dumg‘aza radikuliti ko‘pincha “ishias” deb ham yuritiladi. Ishiasda og‘riq quymich nervi bo‘ylab (dumba, sonning orqa yuzasi, oyoq panjasiga) tarqaladi. Oyoq sovqotadi, uvishadi, chumoli o‘rmalagandek sezgi paydo bo‘ladi. Bora-bora kasal oyoqning mushaklari tonusi susayadi, “so‘lib”qolganga o‘xshaydi. Bu atrofiyaga uchrashdir. Quymich nervining tortilishi (odam engashganda, oyoq ko‘tarilganda) og‘riqning zo‘rayishiga olib keladi.
Go‘daklarda tug‘ma zotiljam bo‘yin-yelka radikulitida og‘riq ensa, yelka va kurakka tarqaladi. Boshni qimirlatganda, atrofga qiyshaytirganda va qo‘l qimirlatilsa, b’zida esa yo‘talganda og‘riq kuchayadi. Radikulitning bu og‘ir turida qo‘l uvishadi, lovillab achishadi, sanchadi, keyinchalik sezuvchanligi o‘zgarib atrofiyaga uchraydi, bunda mushaklar kuchsizlanib qoladi. Ko‘krak radikulitijuda kam uchraydi. Bunda og‘riq asosan qovurg‘alar oralig‘ida bo‘ladi va bemor qimirlaganida, ayniqsa, chuqur nafas olganida kuchayadi. Radikulitning bu turiga aslo beparvo bo‘lib kerak emas, chunki kasallik zo‘rayib, o‘tkir tusga o‘tishi va boshqa jiddiy asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
Bosh va bo‘yin topografik anatomiyasi. B.Salohiddinov, T.Muhammadov, 2003.
Nerf to‘qimasi. O.Saitmuratova
O‘zbekiston tibbiyoti. Asadulla Qodirov
Ovqatlanish gigiyenasi. M.Tilovov, S.Turdiyev, A.Bozorov
www.ziyo.net
www.gov.uz
Tibbiyot ilmiy kutubxonasi
Tibbiyot darsliklari
Do'stlaringiz bilan baham: |