Radiatsion, kimyoviy va biologik favqulodda vaziyatlar tasnifi


Radiatsion holatlar va ularni baholash uslublari



Download 70,5 Kb.
bet7/7
Sana31.12.2021
Hajmi70,5 Kb.
#215226
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
RADIATSION, KIM

3. Radiatsion holatlar va ularni baholash uslublari

Radioaktiv nurlanishlarni o’lchash va aniqlash usullari. Radioaktiv moddalarning nurlanish darajasini maxsus usullar va asboblar yordamida aniqlananadi:

• fotografik usul;

• kimyoviy usul;

• sintillyaytsiya (bo’lgan yorug’lik chaqnashlar) usul;

• lyuminestsent usul;



• ionlash.

Radioaktiv nurlanishlarning o’lchov birliklari. Har qanday radioaktiv elementning atom yadrolari ma’lum vaqt ichida asta-sekin umumiy sonining bir qismi parchalanadi. Ma’lum radioaktiv izotopining istalgan miqdori uchun qo’yidagi qonuniyat xarakterlidir: radioaktiv atomlar yadrolari umumiy sonining yarmi har doim bir xil vaqtda, yarim parchalanish davrida parchalanadi, Demak, ma’lum bir izotop uchun yarim parchalanish davri o’zgarmas kattalikdir. Yarim parchalanish davri qancha katta bo’lsa, parchalanish shuncha sekin bo’ladi, radioaktiv izotop radioaktiv nurlanishlar hosil qilib uzoq «yashaydi». Har xil izotoplar har xil yarim parchalanish davri bilan farqlanadi. Masalan yod-131ning yarim parchalanish davri 8,04 kunni, strontsiy-89 51kun, kobalt-60 - 5,3 yil, strontsiy-90 - 28 yil, plutoniy- 239 24 000 yil, uran-235 - 710 mln yilni tashkil qiladi. Yarim parchalanish davri radioaktiv modda parchalanish tezligini belgilaydi, ammo uning miqdorini aniqlamaydi. Radioaktiv elementning miqdorini o’lchash massa birliklarida ancha qiyin, chunki radioaktiv izotoplar odatda radioaktiv emaslari bilan aralashma holda bo’ladi. Bundan tashqari har xil izotoplar bir xil massali bo’lsalarda turli radioaktivligi bilan bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun radioaktiv moddaning miqdorini uning aktivligiga qarab baholash qabul qilingan bo’lib, bu shunday vaqt birligi ichida parchalanadigan atomlar soniga tushuniladi, masalan, 1 soniyada 100 parchalanish, 1 daqiqada 10 parchalanish va shu kabilar. Aktivlikning tizimsiz birligi bo’lib kyuri(Ki) hisoblanadi. Kyuri - bu radioaktiv modda ning shunday miqdoriki, bunda atom yadrolarining 37 mlrd parchalanishi 1 sek da (1 kyuri-37,109 parch/sek) sodir bo’ladi. Bu birlikning hosilalari millikyuri-0,001 kyuri va mikrokyuri-0,000001 kyuri hisoblanadi. Radioaktivlikning tizimli birligi bekkereldir (Bk). Bir bekkerel 1 sek da 1 ta parchalanishga to’g’ri keladi. Tizimsiz birliklar sistemasi birliklarga ma’lum koeffitsient yordamida o’tkaziladi (1 kyuri-37 mlrd Bk). Yuzalarning radioaktiv moddalar bilan ifloslanish darajasining parch/min sm da ifodalanishi ifloslanishning zichligi deyiladi, mahsulot hajm birligidagi radioaktiv moddalar miqdori ularning kontsentratsiyasi deyiladi (Ki/kg, Ki/l). Radioaktiv ifloslanish darajasini gamma-nurlanish miqdor quvvati birliklarida (mR/s, mkR/s) o’lchanadi. Mana shu birliklarda yuzalar ifloslanishi mumkin bo’lgan darajalari, shuningdek, oziq-ovqat, yem-xashak va suvning ifloslanishi ifodalanadi. Ekspozitsion miqdorning tizimsiz birligi, rentgen hisoblanadi. Rentgen (R)-bu gammanurlanishning miqdori bo’lib, bunda 1 sm quruq havoda 0° temperaturada va 760 mm simob ustuni bosimda, ulardan har birining zaryadi elektron zaryadiga teng 2,083 mlrd juft ion hosil qiladi. 1 R miqdorga 1 g havodagi 83 erg energiya yutilishi to’g’ri keladi; 1 g biologik to’qima 93 erg 1R = 2,58 10-4 Kl/kg energiya yutadi. Rentgenning hosilalari - millirentgen (1 mR- 1,0-3R) va mikrorentgen (1 mkR-10-6 R) dir. Gamma va rentgen nurlarining biologik effekti-yutilgan miqdorning kattaligiga bog’liq bo’ladi. Nurlanishning yutilgan miqdor birligi 1 kg/ga djoul (Dj/kg) hisoblanadi. Standartga muvofiq, djoul kg ga -1 kg nurlangan moddaga uzatiladigan massa istalgan tur ionlovchi nurlanish bir djoul o’lchaydigan nurlanish energiyasidir. Yutilgan miqdorning birligi qilib, xalqaro birliklar tizimida grey (Gr) qabul qilingan. 1 Gr-1 Dj/kg. Yutilgan miqdorning tizimsiz birlngi bo’lib rad (1 rad-100 erg/g=10-2 Dj/kg) hisoblanadi. Ekspozitsion miqdorning quvvatini o’lchash birligi qilib 1 kg ga Amper qabul qilingai (A/kg). Tizimsiz birlik-1 sek da rentgen R/s; R/s = 2,58*10-4 A/kg. Zararlangan ob’ekt yuzasidan 1 m uzoqlikda o’lchangan miqdor quvvati radiatsiya darajsasi deb ataladi. Fuqaro muhofazasi tizimida dalada foydalaniladigan asboblar rentgen soatlarda (R/s) yoki millirentgen soatda (mR/s) berilgan. Agar radiatsiya darajasi o’z vaqtida o’zgarmasa, radiatsiya darajasi kattaligi nurlanish davom etish vaqtiga ko’paytirilsa nurlanish miqdorini beradi. Radiatsion sharoitga baho berishda radoaktiv bulut harakatining tezligi va yo’nalishlari; radoaktiv zaharlanish hudud- larining chegaralari; evakuatsiya marshrutlaridagi fuqaro muhofazasi kuchlari tez harakatlanadigan marshrutlardagi va qutqarish ishlari o’tkazilishi kerak bo’lgan xalq xo’jaligi ob’ektlaridagi radiatsiya darajasi; ishchilar, xizmatchilar fuqaro muhofazasi tuzilmalarining va boshqa aholining bo’lishi ko’zda tutaladi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. O’zbekiston Respublikasi «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli

favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida»gi Qonuni. Toshkent, 20 avgust 1999.

2. O’zbekiston Respublikasi «Fuqaro muhofazasi to’g’risida» ga Qonuni. 26 may 2002.

3. Akimov N.I., Ilin V.G. «Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish ob’ektlarida grajdan mudofaasi».



Toshkent «Mehnat» 1989
Download 70,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish