2. Ommaviy qirg’in qurollarining turlari va ularning ta’siri
Kuchli ta’sir qiluvchi zaharli moddalar, jangovor zaharli moddalar.
Xalq xo’jaligi zarurati uchun ishlaydigan kimiyo zavodlarining halokatidan tashqari harbiy holatlar uchun kimyoviy zaharli moddalar bilan jihozlangan snaryadlar, bombalar, raketalar mavjudki, ular insoniyat, atrof muhit va hayvonot hamda o’simliklarga juda katta xavf tug’diradi. Zaharlovchi gazlar kontsentratsiyasi, ya’ni zaharlovchi moddalarning havo va suyuqlik hajmi birligidagi miqdori bilan xarakterlanib, mg/l va zaharlilik zichligi deb zaharli moddaning maydon nisbati miqdoriga aytiladi va g/m da o’lchanadi. Zaharlanganlik miqdori deb zaharli moddalar miqdorini oziq ovqat, kishilar va hayvonlar og’irligiga nisbatiga aytiladi va mg/kg da o’lchanadi. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarning atrof muhit va kishilarga ta’siri jihatdan quyidagi ta’sir doiralarga ajratish mumkin:
1.Xavfli
2.O’ta xavfli.
3. O’limga olib keluvchi.
Zaharlovchi moddalarni gaz, suyuq va kristall (qattiq) holatlarda uchratish mumkin. Zaharlovchi moddalar saqlanuvchilik xossalarga ko’ra ikki turga, uzoq muddat saqlanadigan va tez parchalanadigan kimyoviy zaharli moddalarga bo’lish mumkin. Odam va hayvonlarni zaharlanishga olib keluvchi zaharli moddalarni toksik ta’siri jihatdan quyidagi guro’hlarga bo’lish mumkin:
1.Asab-paralitik tizimini zaharlovchi gazlarga zarrin va zamon gazlari kiradi. Bu gazlarning 1l havodagi 0,02…0,05mg miqdori kishilarni 2-5daqiqa ichida o’limga olib keladi.
2.Teridan uzoq vaqt ketmaydigan yaralarning bo’lishiga olib keluvchi gaz bu iprit bo’lib, bu gazlarning 1l havodagi 0,3mg miqdori kishilarni 2-5daqiqa ichida o’limga olib keladi.
3.Umum zaharlovchi gazlar turiga sinil kislotasi va xlorisian gazni ko’rsatib o’tish mumkin. Sinil kislotasini 1l havodagi 0,4…0,8mg miqdori kishilarni 2-5daqiqa ichida o’limga olib keladi.
4.Bo’g’ish, asosan nafas organlarini zaharlaydigan zaharli moddalar fosgen va difosgen kislotalari bo’lib har ikkalasi ham bir xil kuchga ega bo’lib 1l havodagi 1,5…3mg miqdori kishilarni 2-5daqiqa ichida o’limga olib keladi.
5.Ruhiy ta’sir etuvchi BZ (bi-zet)gazlar psixotomimetik moddalar deb atalib, kishilarni o’lim darajasiga olib kelmay, balkim sezgi a’zolar, asab va ruhiy holat faoliyatini zaiflashtirishga olib keladi. Ularni ta’siri 30daqiqadan 1-3kungacha davom etishi mumkin.
Kimyoviy zaharlanish bo’lganda odam organizmi uchun umumiy belgilar ko’z qorachig’i torayadi, yurak ayniydi, qusish va qon bosimi ko’tariladi. Zaharli moddalarni qo’llash belgilari. Zaharli moddalar tashlangan snaryad, raketalardan yadro qurolidagidek tovush eshitilmaydi. Portlagan joyda tuman singari, tutun yoki bug’ hosil bo’ladi. Samolyotdan tashlanganda chiziq hosil bo’ladi. Sekinlik bilan yerga tushib yer yuza qismini, inshootlarni, o’simliklarni yog’simon, tomchi shaklida qoplaydi. Yashillikni rangini o’zgartirib yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |