Radiatsion himoya, radiatsion xavfsizlik — radioaktiv moddalar va boshqa ionlovchi nurlanish manbalari bilan ishlaganda xavfsizlikni taʼminlovchi tadbirlar majmui. Radiobiologiya, yadro fizikasi, kosmik biologiya, kosmik tibbiyot va boshqa fanlar yutuqlariga asoslanadi. Radiatsion himoyaning asosiy maqsadi — biosferaning radioaktiv moddalar bilan ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik, odam va hayvonlar organizmini (Mas, kosmos sharoitida) zararli nurlanishlardan asrash va h.k. Zararli nurlanishlarning organizmga biologik taʼsiri haqidagi maʼlumotlar Radiatsion himoya yoki radiatsion xavfsizlik meʼyorlarini ishlab chiqish uchun asos boʻladi (qarang Dozimetriya). Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda yoki ulardan foydalanishda xavfsiz sharoitlarni taʼminlash, avvalo, xodimlarni xavfli nurlanishlar manbai (yadro reaktorlari, gammadefektoskoplar, radioizotop termoelektr generator va boshqalar) taʼsiridan ishonchli himoya qilishdan iborat. Bunga qurilmalarni ekranlash (toʻsish), ish xonasiga kirish uchun labirint (aylanma) yoʻllar hosil qilish, bu manbalar bilan ishlash vaqtini cheklab qoʻyish, radioaktiv chiqindilarni oʻz vaqtida olib ketish va ularga tegishli ishlov berish, yakka (individual) himoya vositalaridan foydalanish va boshqa tadbirlar orqali erishiladi.
Radiatsion himoyani meʼyoriy jihatdan taʼminlash uchun Radiatsion himoya boʻyicha xalqaro komissiya materiallari asosida radiatsion xavfsizlik meʼyorlari ishlab chiqilgan (1976). Bu hujjatda R.Hning asosiy tamoyillari belgilab qoʻyilgan. Bu meʼyorlarda radioktiv nurlar bilan nurlanishning chegarasi yoʻl qoʻyiladigan qiymatlari va nazorat darajalari, nurlanish dozalari chegaralari, turli nurlanishlarning sifat koeffitsiyentlari belgilab qoʻyilgan. Bu meʼyorlar radioaktiv moddalar bilan ishlovchi barcha shaxslar uchun majburiy hisoblanadi. Agar R.hga doir chegaraviy meʼyorlar buzilganligi aniqlansa, "Radioaktiv moddalar va boshqa ionlovchi nurlanishlar bilan ishlashdagi asosiy sanitariya Radiatsiya (lot. radiatio — nurlanish) — yadroviy oʻzgarishlar oqibatida vujudga keladigan elektromagnit va korpuskulyar nurlanishlar, Quyosh nurlanishi, kosmik nurlar oqimlari. R.ning tirik organizmga taʼsiri R. dozasi bilan belgilanadi. Rentgen (r) bilan oʻlchanadi. R. miqdori singuvchi radiatsiya va boshqa radioaktiv nurlanishlarning shikastlovchi taʼsiriga bogʻliq. Bir kunda 20 r gacha R. kishi organizmi uchun xavfsiz doza hisoblanadi. Bundan ortiq miqdordagi R. organizmdagi toʻqimalarni shikastlab, kishini nurlanish kasalligiga mubtalo qiladi. R. dozasi dozimetrik asboblar yordamida oʻlchanadi. Radioaktiv modda (a, r~, u nurlar, neytronlar va boshqalar) va boshqa ionlovchi nurlanish manba (rentgen qurilma)lari bilan ishlaganda ularning zararli dozasini xavfsiz nurlanish dozasigacha kamaytirish uchun tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan.
Berk nurlanish manbalari (germetik nurlanish manbalari, rentgen qurilmalari, tezlatkichlar va boshqalar) dan atrof muhitga radioaktiv moddalar tarqalmaydi. Bunday manbalar bilan ishlaganda organizmga faqat tashqi nurlanish taʼsir qiladi. Tashqi nurlanish dozasini kamaytirish uchun nurlanish maydonida ishlash vaqtini minimal holatga keltirish, uzok, masofada turish va manba yoki obʼyektni ekranlash kerak.
Ochiq nurlanish manbalari bilan ishlaganda radiaktiv moddalar nafas yoʻli, oshqozon, ichak yoki teri orqali organizmga kirishi va organizm ichdan nurlanishi mumkin (qarang Radioaktivlik). Ichki nurlanish dozasini kamaytirish uchun texnologik uskuna va ish joyini germetiklash, ventilyasiya tizimlariga filtr qoʻyish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish va radiatsion gigiyena qoidalariga amal qilish zarur.
Radioaktiv modda va boshqa ionlovchi nurlanish manbalari bilan ishlaydigan hamma korxonalarda radiatsiya xavfsizligi xizmati (RXX) radiatsion nazorat olib boradi (yana q. Radiatyi.[1]
12-modda. Radiatsiya xavfsizligini ta’minlash sohasidagi talablar
Davlat boshqaruvi idoralari, mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, mehnat jamoalari va ayrim shaxslar radioaktiv moddalar va boshqa ion hosil qiluvchi nurlanish manbalari bilan ishlaganda radiatsiya xavfsizligi normalari va sanitariya qoidalariga, shuningdek radioaktiv moddalar va boshqa ion hosil qiluvchi nurlanish manbalarini qazib olish, tayyorlash, ulardan foydalanish, ularni tashish, saqlash, qayta ishlash va ko‘mib tashlash chog‘ida standartlarga, texnika shartlariga va boshqa normativ hujjatlarning talablariga rioya qilishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |