6-modda. Ayrim toifadagi fuqarolarning ijtimoiy himoyasi
Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli bo‘lgan hududlarda yashovchi fuqarolar ijtimoiy himoyalanish huquqiga ega. Ijtimoiy himoyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 153-moddasiga muvofiq, tabiiy-iqlim va turmush sharoitlari noqulay bo‘lgan joylarda mehnat haqiga rayon koeffitsiyentlari va ustamalar belgilanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 33-moddasiga ko‘ra, ishlovchilarning ish haqiga mintaqaviy koeffitsiyent belgilangan hududlarda yashovchi shaxslar va oilalarga pensiya tayinlashda mintaqaviy koeffitsiyent e’tiborga olingan holda hisoblab chiqilgan amaldagi ish haqi hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |