Anbar bibi maqbarasi XIV-XV asrlar ziyoratgohi. Anbar bibi (Anbar ona) maqbarasi Zangi ota umumiy majmua tarkibiga kirgan tarixiy arxitektura yodgorligidir. Maqbara aslida ulug’ ayolning nomi uchun bunyod etilgan bo’lib, Anbar bibi nomi tarixda «Mehribon va saxovatli ulug’ ona» timsolida muqaddas sanalgan. Sulaymon Hakim ota Boqirg’oniy asli Xorazmdan bo’lib, tariqat ilmining namoyandalaridan Xo’ja Axmad Yassaviyning muridi hamda Zangi otaning ustozi hisoblangan. Maqbarani Amir Temur o’z davrida uning ulug’ligini hisobga olib, Zangi ota maqbarasi kabi mahobat bilan bunyod etishga buyurgan. .
Do'stlaringiz bilan baham: |