1.2. Kichik guruhlarda ishlash bosqichlarini tayyorlash bosqichlari ketma-ketligi
Talabalarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o’quv materiallarini o’rganish yoki topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish.
“
Klaster” metodi Talabalarga ixtiyoriy muammo xususida erkin, ochiq o’ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar o’rtasidagi aloqalar to’g’risida firklash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi.
Dars o'tish metodlari «Kichik guruhlarda ishlash» metodini qo’llash bosqichlari
1. Faoliyat uo’nalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bog’liq bo’lgan masalalar belgilanadi.
2. Kichik guruhlar belgilanadi. O’quvchilar guruhlarga 3-5 kishidan bo’linishlari mumkin.
3. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.
4. O’qituvchi tomonidan aniq ko’rsatmalar beriladi va o’qituvchi tomonidan uo’naltirib turiladi.
5. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.
6. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.
7. Kichik guruhlar baholanadi. «Kichik guruhlarda ishlash» metodining tuzilmasi.
«Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi:
o’qitish mazmunini yaxshi o’zlashtirishga olib keladi;
muloqotga kirishish ko’nikmasining takomillashishiga olib keladi;
vaqtni tejash imkoniyati mavjud;
barcha o’quvchilar jalb etiladi;
o’z-o’zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo’ladi. «Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari:
kuchsiz o’quvchilar bo’lganligi sababli kuchli o’quvchilarning ham past baho olish ehtimoli bor;
barcha o’quvchilarni nazorat qilish imkoniyati past bo’ladi;
guruhlararo o’zaro salbiu raqobatlar paudo bo’lib qo’lishi mumkin.
Guruh ichida o’zaro nizo paudo bo’lishi mumkin.
Guruh rahbaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilish, har bir talaba shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo’lish, o’z malakasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy yondoshish talab qilinadi. Muhimi shundaki, guruh rahbarining o’zi bolalarda tarbiyalamoqchi bo’lgan g’oyaviy-axloqiy g’oyaga mos bo’lishi kerak. Tarbiyadagi xatolarning ko’pligiga asosiy sabab talabalarning oldiga qo’yilayotgan talablar tarbiyachi xarakterda hamisha ham namoyon bo’lavermasligidadir. Guruh rahbarining maxsus kasbiy va ijtimoiy vazifalariga odilona baho beruvchi xolis hakam – tarbiyalanuvchilar. Avvalo, guruh rahbarining amaliy faoliyati faqat yarimi tarbiya texnologiyaga asoslanganligini nazarda tutish kerak. Uning ikkinchi yarimi bu san’at. Shu tufayli guruh rahbariga qo’yiladigan dastlabki talab – unda pedagogik qobiliyat mavjud bo’lishi kerak. Guruh rahbarining qobiliyati – bu o’quvchilar bilan ishlashga ishtiyoq, bolalarga nisbatan muhabbat, ular bilan bo’lgan munosabatdan mamnun bo’lish bilan ifoda bo’ladigan shaxsning sifatlari. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi.
Qobiliyat uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o’qish natijasi hisoblansa. Qobiliyatning rivojlanishi uchun esa yana iste’dod, layoqat va zehn, ya’ni inson asab tizimida anatomo-fiziologik xususiyat bo’lishi ham zarur. Tarbiyaviy faoliyatning samarali bo’lishi uchun guruh rahbarida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo’lmog’i va tarbiyalab yetishtirilmog’i lozim: tashkiliy – guruh rahbarining o’quvchilarni jipslashtirish, ularni band qilish, vazifalar bo’lib berish, ishni rejalashtirish, qilingan ishlarni jamlash mahoratiga namoyon bo’ladi; didaktiga oid – o’rganishga bo’lgan qiziqish hamda ma’naviy, hissiy istaklarni rag’batlantirish, o’quv bilimini orttirish, faollashtirish mahoratida namoyon bo’ladi; pertseptiv – tarbiyalanuvchilarning ma’naviy dunyosiga singib, ularning emotsional holatini baholash, ruhiy xususiyatlarini aniqlash mahoratida namoyon bo’ladi; suggestiv – o’quvchilarga emotsional ta’sir ko’rsatishda namoyon bo’ladi; kelajakni ko’ra bilish - o’z harakatlarning oqibatini ko’ra bilishda, o’quvchilarda qanday fazilatlarni ro’yobga chiqarish lozimligini oldindan ayta olish mahoratida namoyon bo’ladi; tadqiqiy - pedagogik vaziyatlar va jarayonlarni o’rganish va ob’ektiv baholash mahoratida namoyon bo’ladi.
Guruh rahbarining faol jamoatchi sifatida hamisha namuna ko’rsatishi muhim ahamiyatga ega. Ayni vaqtda u kommunikativ (kattalar bilan ham, kichiklar bilan ham tez aloqa o’rnata olish) qobiliyatga ega bo’lishi, ro’y berayotgan fakt va hodisalarni faqat pedagogik qoidalarga bog’lab baholashgina emas, balki ro’y berish sababiga qarab hukm ham chiqarishi pedagogik optimizmga, ijod qilish qobiliyatiga ega bo’lish kerak. Guruh rahbarining eng muhim fazilati – odamlar bilan tezda til topa olishi, ko’pchilikka o’shila bilish, ulfatjonlik, dilkashlik bo’lib, bu undagi muomala madaniyatining yuksakligini ifodalaydi. Chunki unga hamisha odamlar bilan aloqa qilishga, ular bilan ishlashga to’g’ri keladi. Hozirgi sharoitdan kelib chiqqan holda o’quv-tarbiya jarayonida qulay munosabatlar yaratish uchun kasbiy jihatdan ahamiyatli asoslar bo’luvchi guruh rahbarining insoniy xislatlari muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. Guruh rahbari uchun juda muhim xislat – insonparvarlik, ya’ni o’sayotgan insonga oliy qadriyat kabi munosabat qilish lozim. Insoniy munosabatlar o’quvchiga nisbatan xayrixohlik, unga yordam berish, ularning fikriga quloq solmoq, uning o’quvchilik faoliyatiga yuksak talabchanlikdan iborat. Guruh rahbari doimo faol, ijodkor shaxsdir.
U o’quvchilarning kundalik hayotini uyushtiruvchi hamdir. O’quvchilarda qiziqish uyg’otish, ularni o’zi bilan yetaklash faqat yuksak irodali insonning qo’lidan keladi. Auditoriya, o’quvchilar jamoasi kabi murakkab organizmlarga pedagogik rahbarlik qilishi guruh rahbaridan topqir, zehni o’tkir, har qanday vaziyatni mustaqil yechishga doim tayyor bo’lishligini talab qiladi. Unga kasbiy jihatdan kerakli xislatlardan biri – sabr-toqat va dadillikdir. O’qituvchining birdan sarosimaga tushgani, o’z nochorligini o’quvchilar sezmasligi lozim. Shuni hamisha esda tutish kerakki, guruh rahbari o’z harakati va axloqini nazorat qilish, hech qachon arzimagan narsalarga asabiylashmasligi kerak. Muvaffaqiyatli faoliyat yuritishning birinchi sharti - bu guruh rahbarining talabchanligi.
Dastlab talabni u o’ziga qo’yishi kerak, chunki o’zingda bo’lmaganni o’zgadan talab qila olmaysan. Talabchanligi bilan birga oqilona tarbiyachi ham bo’lishi lozim. Pedagogik jarayonlarda yuz berib turadigan keskinliklarni bartaraf etish uchun tarbiyachiga hazil-mutoyiba tuyg’usi yordam beradi. Uning ko’lamida tayyor hazil, maqol, yaxshi, do’stona piching – ijobiy emotsional holat yaratishga imkon berib, o’quvchilarni o’ziga jalb qildiradi. Shaxs axloqini xarakterlaydigan belgilardan biri – ma’suliyatdir. Guruh rahbarining ma’suliyati - tarbiyachining faoliyati va ta’lim-tarbiya jarayonining aniq vazifalarini ham o’z ichiga oladi. Tarbiyachi zimmasiga bolaning shaxs sifatida har tomonlama kamol toptirish ma’suliyati yuklanadi. U o’quvchiga chuqur nazariy bilim berishi, uni hayotga, mehnatga tayyorlashi lozim. Shu bilan birga u o’quvchidagi mavjud layoqat va qobiliyatni o’z vaqtida payqab, individual munosabatda bo’lishi, unda mavjud bo’lgan ijobiy axloqiy sifatlarni avaylab o’stirishi darkor. Guruh rahbari o’quv yurtidagi eng universal pedagogik hisoblanib u bajaradigan mehnatning o’lchovi, chegarasi yo’q. Uning bilmagan ishi uddasidan chiqa olmaydigan sohasi bo’lmaydi. Shu bilan bir qatorda, u beg’araz, xolis va ta’masiz shaxs bo’lib, jamoachilik asosida ishlaydi. Guruh rahbari pedagoglar, otaonalar va o’quvchilarni o’zaro bog’lovchi shaxs sifatida barcha tomonlarning nuqtai nazarini hisobga olishi, harakatlarni bir markazga birlashtirishi, o’zaro aloqalarning to’g’ri bo’lishiga ta’sir o’tkazishi va ayni vaqtda o’zining pozitsiyasini aniq ta’minlay olishi kerak. Bu esa donolikdir.
Shunday qilib, pedagogik odobga ega bo’lgan guruh rahbari o’quvchilar orasida obro’ qozonadi. Ustoz qanchalik obro’ qozonsa, ta’lim va tarbiya mohiyatan shunchalik muvaffaqiyatli bo’ladi va aksincha, tarbiyachining sha’ni qanchalik past bo’lsa, uning ta’siri shuncha bo’sh va o’quvchilarni voyaga yetkazish jarayoni ham shuncha zaif bo’ladi. Yuqori aytib utilgan fazilatlar guruh rahbarining tarbiyaviy ishlari samarasini oshirishda va uning muvaffaqiyatini ta’minlashga garov bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |