Soliq maslahatiga oid faoliyatning asosiy prinsiplari
▸
Soliq maslahatiga oid faoliyatning asosiy prinsiplari
qonuniylik, mustaqillik, kasbiy bilimga egalik va maxfiylikdan
iboratdir.
▸
Qonuniylik prinsipi
▸
Soliq maslahatiga oid faoliyat O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga
, ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik
hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
▸
Mustaqillik prinsipi
▸
Soliq maslahatiga oid faoliyat davlat organlari, boshqa
tashkilotlar va mansabdor shaxslar ta’siridan mustaqil
bo‘lishi kerak.
Soliq maslahatchilari
o‘z faoliyatining mustaqilligiga monelik
qiladigan holatlar mavjud
bo‘lgan taqdirda, soliq maslahati bo‘yicha
xizmatlar
ko‘rsatishni rad etishi mumkin.
Kasbiy bilimga egalik prinsipi
Soliq maslahatchilari kasbiy bilimlar va
ko‘nikmalarga ega bo‘lishi
hamda ularni soliq maslahatchilari tashkiloti tarkibida soliq
maslahati
bo‘yicha sifatli xizmatlar ko‘rsatish uchun yetarli bo‘lgan
darajada saqlab turishi kerak.
Maxfiylik prinsipi
Soliq maslahatchilari soliq maslahati
bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish
jarayonida
o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni soliq maslahati
bo‘yicha o‘ziga xizmatlar ko‘rsatilgan shaxslarning yozma roziligisiz
oshkor qilishga hamda
o‘zgalarga berishga haqli emas.
6
Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar
▸
Soliq maslahati bo‘yicha xizmatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
▸
mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash,
soliq hisobotini tayyorlash va taqdim etish masalalari bo‘yicha maslahat berishni;
▸
soliq hisobotini (deklaratsiyasini) tayyorlashni, shu jumladan soliq hisobotini
(deklaratsiyasini) mijoz (ishonch bildiruvchi) nomidan uning shaxsiy kabineti orqali
taqdim etishni;
▸
ortiqcha undirilgan yoki ortiqcha to‘langan soliqlar hisobidan soliq qarzini qaytarish va
(yoki) to‘lash, soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish
uchun soliq organlariga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlarni qonunchilikda
belgilangan hollarda tayyorlashni;
7
▸
soliq hisobini yuritishni;
▸
soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlarni aniqlashni;
▸
soliqqa oid va moliyaviy tavakkalchiliklarni tahlil qilishni hamda baholashni, mijozga (ishonch
bildiruvchiga) soliq imtiyozlarini qo‘llashga doir tavsiyalar taqdim etishni;
▸
sudlarda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarda soliqqa oid huquqiy
munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy, fuqarolik, jinoyat ishlarini hamda ma’muriy
ishlarni ko‘rib chiqishda vakillik qilishni;
▸
mijoz (ishonch bildiruvchi) tomonidan o‘z soliq majburiyatlari muayyan davr uchun, shu
jumladan ixtiyoriy ravishda tugatilayotganda to‘g‘ri bajarilishini tekshirishni;
▸
soliqqa oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xizmatlarni.
Do'stlaringiz bilan baham: |