vа biologik xususiyatlari
Qishloq xo‘jalik ekinlari, shu jumladan mevali va rezavor me-
vali ekinlarning asosiy xo‘jalik ahamiyatiga ega xususiyatlari –
bu ularning barvaqt hosilga kirishi, shox-shabbalarining pakana
bo‘lishi, mevalarining yuqori sifatga egaligi va uzoq muddat
saqlashga yaroqliligi hamda mevalarini ho‘l holatda va qayta ish-
langan holda foydalanishlariga qarab yovvoyi ajdodlaridan kes-
kin farq qiladi. Mevali daraxtlarning turi, oilaning botanik nomi
va turlarning botanik holati 3-jadvalda keltirilgan.
Meva va rezavorlar o‘zining o‘sishi, rivojlanishi, umr ko‘rishi,
hosilga kirishi, ildiz mevasi va yer ustki qismining o‘sishiga
qarab daraxt, buta, yarim buta hamda o‘tsimon o‘simliklarga
bo‘linadi.
Meva va rezavor meva o‘simliklarining 50 ga yaqin oila-
si, 200 avlodi, mingdan ortiq turi va ko‘pgina xillari mavjud.
O‘zbekistonda ayni vaqtda mevali va rezavor mevali ekinlarining
70 turi madaniylashtirilgan bo‘lib, ulardan 25 tasi keng tarqalgan.
Dunyo mevachiligida, shu jumladan O‘zbekistonda yetishtiri-
ladigan turlarini bir-biridan ajratish maqsadida meva va rezavor
meva ekinlarning morfologik tuzilishi va biologik xususiyatlarini
hisobga olib 6 guruhga bo‘lish mumkin. Bular: urug‘li (olma,
nok, behi), danakli (o‘rik, gilos, shaftoli, do‘lana), yong‘oqli (grek
yong‘og‘i, pista, bodom, pekan), subtropik (anor, anjir, xurmo, chi-
lonjiyda), sitrusli (limon, apelsin, mandarin, greypfrut), rezavor
mevalar (qulupnay, smorodina, malina, mandarin)ga bo‘linadi.
18
3-jadval
Guruhi
Turi
Oilaning botanik
nomi
Turning botanik nomi
Urug‘li
mevalar
Olma
Rosaceae
Malus Mill.
Nok
‘‘
Pyrus L.
Behi
‘‘
Cidonia Mill.
Do‘lana
‘‘
Crataegus L.
Irg‘ay
‘‘
Amelanch er Medik.
Chetin
‘‘
Sorbus L.
Mushmula
‘‘
Mespilus L.
O‘rik
‘‘
Armeniaca Mill.
Danakli
mevalar
Shaftoli
‘‘
Persica Mill.
Bodom
‘‘
Amygdalus L.
Olxo‘ri
‘‘
Prunus Mill.
Olcha
‘‘
Cerasi s Juss
Gilos
‘‘
Cerasusavium (L) Moench
jiyda
Eleagnaceae
Ehagnus L.
Qizil
Cornaceae
Cornus mas L.
Yon g‘oqli
mevalar
Yong‘oq
juglandaceae
juglans L.
Pekan
“
Carya Nutt.
Pista
Anacardiaceae
Pistacia L.
Yong‘oq daraxti
Butulaceae
Corulus L.
Sub tropik
mevalar
Apelsin
Кu‘асеае
Citrus sinensis Osb
Limon
C. limon B.
Mandarin
‘‘
C. reticulate Blanco
Greypfrut
“
C. paradisi M.
Bigaradiya
‘‘
C. aurantium L.
Trifoliata
‘‘
Poncirus trifoliata (L).
Rkaf
Anor
Punicaceae
Punica L.
Anjir
Moraceae
ficus L.
Tut
Moraceae
Morus L.
Xurmo
Ebenaceae
Diospyros L.
Unabi
Phamnaceae
Ziziphus jujuba Mill
Reza vor
mevalar
Zaytun
Oleaceae
Olea L.
Zemlyanika va
qulupnay
Rosaceae
fragaria
Malina va
maymunjon
‘‘
Rubus L.
Krijovnik
Saxifragaceae
Grossularia
Smorodina
‘‘
Ribes L.
Aktinidiya
Actinidiaceae
van. Tiegn.
Actinidia Linde
19
Mevali va rezavor mevali o‘simliklarning morfologik belgi-
lari, ya’ni yer ustki qismining tuzilishi, hosil berishi, yashash
muddatlari va boshqa xo‘jalikdagi ahamiyatli belgilarini inobat-
ga olgan holda ularni daraxt, buta, chala buta va ko‘p yillik o‘t
o‘simliklarga bo‘lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |