Yerni ko‘chat ekishdan oldin ishlash. Tokning tutib ketishi,
yosh tok ko‘chatlarining o‘sishi, hosilga kirish vaqti, hosildor-
ligi, uzoq yashashi va muhit sharoitiga chidamliligi yerni ekin
ekishdan oldin tayyorlashning sifatiga bog‘liq. Yerni tayyorlash
quyidagilardan: tekislash, undan oldingi ekinni ekish, yerni
o‘g‘itlash, tog‘ yon bag‘irlarini terrasalash, sug‘orish va drenaj
tizimlarini tekshirish, kartalarni mustahkamlash, yerni ag‘darib
haydash va daraxt hamda butalar bo‘lsa, ularni kovlab tashlash va
boshqalardan iborat.
137
Do'stlaringiz bilan baham: |