2.3Musiqiy risolalar.
Mumtoz musiqa va uning tarqalishi bilan bogliq bolgan kasb-hunar azaldan amaliy va nazariy bilimlarni o’z ichiga oluvchi yagona ilm hisoblangan. Sharq klassik musiqasining nazariy masalalari Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin Urmaviy, Abdulqodir Marogiy, Abdurahmon Jomiy, Najmiddin Kavkabiy, Darvesh Ali kabi ulkan olimlar tomonidan atroflicha o’rganilgan. Ularning asarlari musiqa ilmining poydevorini tashkil qiladi. Risolalarda mumtoz musiqaning ijtimoiy hayotdagi o’rni, tarixiy shakllari, ijrochilik masalalari hamda ular negizidaqi kuy va usul tuzilmalarining tarkib topish qonun-qoidalari batafsil yoritilgan. Nomlari zikr etilgan musiqashunoslarda har birining o’ziga xos tomonlari bolishi bilan bir qatorda umumiy qarashlar, vorisiylik rishtalari, izchil an’analar ham yaqqol sezilib turadi. Ular ijodi tabiiy ravishda bir-birini toldirib, umuman, mumtoz musiqa asoslariga nisbatan yagona ilmiy an’ana bolib gavdalanadi.
Darvesh Ali ijodi ulug musiqashunoslar silsilasidagi songi halqa. Undan keyin yuzaga kelgan musiqiy risolalarda, ilmiy-nazariy salohiyat tobora pasayib borishi kuzatiladi. Darvesh Alidan song, ya’ni XVII asrning ikkinchi yarmi XX - asrning boshlarida yozilgan manbalarda yuzaki ma’lumotlar, o’tmish mualliflaridan oddiy kochirmalar, ilmiy-nazariy qarashlar o’rniga rivoyat va afsonalar ko’proq o’rin oladi. Tarixiy ma’lumotlarning dalolat berishicha, XVII asrning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan madaniy-ma’rifiy inqiroz tufayli ko’plab mohir sozanda va musiqashunoslar boshpana axtarib, Movarounnahrdan Hindistonga, Boburiylar saltanatiga safar qilganlar.
Sharq xalqlarida turli kasb-xunar an’analari, siru asrorlari ko’z qorachigiday asralib, avloddan-avlodga o’tib, e’zozlanib kelingan. Shu bois kasb-xunar risolalari mazkur an’analar, ijtimoiy qarashlar, mafkuraviy, axloqiy qoidalarning majmuidir. Ilmiy yonalishda risolalarning shakllari turlicha bo’lib, birgina musiqa soxasini oladigan bolsak, yozma risolalar nasr va nazm tarzida bitilganligini kuzatamiz. Abdurahmon Jomiy va Darvish Ali Changiyning musiqiy risolalari nasrda bitilgan bo’lsa, Kavkabiyning O’n ikki maqom xaqidagi risolasi nazmda yaratilgan. Bunday misollarni koplab keltirish mumkin. Yodoki ya’ni og’izdan-og’izga o’tib yuruvchi risolalar, muxtasar, ommabop tarzda bo’lib, ular xalq tilida «Mextarlik risolasi» deb ham yuritilgan. Masalan; Xorazm sozandalarning «Mextarlik risolasi» xaqidagi ma’lumotlarni mashxur Bola baxshi (qurbonnazar Abdullayev), mangitlik Tursun baxshi Jumaniyozov va boshqa keksa sozandalar xotirasida saqlagan risolalar quyidagicha. Ayniqsa, Tursun baxshi bayon etgan risola ta’rifi diqqatga sazovordir. Ustoz va xonandalarning ta’rifiga kora sozanda va xonanda uchun muximshart-xunarga xalol xizmat qilish, imonli, e’tikodli bolishdir. Zero so’z Allox tomonidan bandalariga karomat bilan inoyat qilingan. Ulug narsalardan biridir. Risolaning mazmuni quyidagicha: Allox taolo Odam Ato tanasini loydan yasagandan keyin elchi farishta xazrati Jabroil, olamni xarakatlantiruvchi farishta xazrati Mikoil, oxiratda karnay chaluvchi, boron farishtasi xazrati Isrofil, jon oluvchi farshita xazrati Azroilga vujudga jon kirgizishni topshirgan . Odam ichining qorongi-zimistonligidan jon u yerga kirishidan bosh tortadi. Farishtalar kop va xob oylashib, oxiri jonni antiqa yol bilan odam vujudiga kiritishga qaror qilibdilar. Ular jannatdan tut yoqochini g’olib chiqib, Jabroil tanbur, Mikoil dutar, Isrofil nay, Azroyil gijjak asboblarini yasabdilar, lekin qancha urinishmasin, cholgulardan tovush chiqara olishmabdi. Forishtalar charchab, uxlab qolibdilar. Ularning xatti-xarakatini naridan kuzatib turgan Shayton, bari bir men aralashmasdan xech ish chiqmas ekan deb, tanbur, dutor va gijjaklarning quloqlaridan pastiga bir donadan chop qistirib, nayning teshiklari yonidan yana bir teshik ochadi («shayton xarrak» va «shaytan teshik» iboralari ana shu kundan qolgan.) «Shayton xarrak» barcha torli sozlarda ularning quloqlaridan pastroqqa ornatiladigan, torlarni kotarib turuvchi chopdir. Mazkur chop torlarni dasta yuzasiga tegib, siqilib qolishdan asraydi va jaranglashini ta’minlaydi. Shuningdek, shayton surnay «bachka»sini ham yasab, o’rnatgan ekan.
Bachka- surnay yasalgan yog’ochga mos keladigan boshqa xil mevali daraxt yog’ochidan ishlangan ichi teshik, ostki va ustki yonlaridan bittadan teshik ochilgan naychadir. «Bachka» surnayga kiygizilganda uning yon teshiklari, surnayning bosh barmoq va ko’rsatkich barmoq bilan bosiladagan yuqori teshiklariga to’g’ri kelishi kerak, aks xolda oxang mutanosibligi va yuqori pardalardagi xushsadolikka putur yetadi. O’tmishdan rivoyat qilishlaricha surnay asbobiga shayton aralashgani uchun uni chalish va eshitish gunox hisoblangan. Lekin xazrati Dovud tomonidan surnayga temirdan milni yasab o’rnatilgandan keyin bu cholg’u xalol deb topilgan.Bir payt tortala farishta uyg’onib qarashsa, cholg’ular qol tekizishga maxtal bo’lib turgan emish. Shundan keyin xazrati Jabroil latif nag’ma o’ylab topadi va uni farishtalar bilan jorlikda chalib, joni Odam ato vujudiga kiritgan ekanlar. Ushbu voqeadan keyin nagmaning piri xazrati Jabroil xisoblangan. Undan tashqari temirchilar piri xazrati Dovud, uning xar bo’lga urishidan yangi nag’ma paydo bo’lar ekan va 360 ta nag’masi borligi ta’riflanadi. Nafasi o’liklarga jon bag’ishlovchi xazrati Iso, ezgu ishlarni amalga oshiruvchi va adolatparvar kishilar xomiysi Xojayi Xizr, yuqorida muborak nomlari keltirilgandan bulardan tashqari, musulmon paygambarimiz va pirlaridan Muhammad alayxissalom va uning choriyorlari - Abu Bakr, Usmon, Umar, Ali, afsonaviy qaxramonlar - Jamshid, Rustam, Suxrob, dostonlar qaxramonlari - Bobo qorqut (Dada qorqut), Oshiq Oydin pir, Gorogli, Oshiq Garib, Mulla Goyib va boshqa juda koplab motabar va tabarruk pirlar sozandalik va baxshilik xunari rivojini ta’minlar ekanlar. Shu sababdan ham ularga siginish va pir-ustod deb bilish sozandalik risolasida ogzaki muxrlangan qonun bolgan. Bu qonunga amal qilish esa ustozdan - shogirdga, avloddan-avlodga o’tib kelgan.
Turkman shoiri Mulla Goyib ozining quyidagi she’rida sozandalar risolasi mazmunini ixcham qilib mujassamlashtirgan: quyidagicha bayon qilgan.
Sozbilan suxbatni yolgon demanglar,
Odam Ato paydo bogonda bordur.
Xobil-qobil onasining qorninda
Alar ham dunyoga kelanda bordur.
Shaytonni quvdilar jannat uyinnan.
Xar kim topar oz fe’linnan xulqinnan,
Xudo, ozing saqla xazon suvinnan,
Novni gamasina dushganda bordur.
Mulalar jam bolib topmadi dalil,
Man sanga sigindim yo Rabbim Jalil,
Ismoil paygambar Ibroxim Xalil,
Makka Madinani qurganda bordur.
Mullolar jam bolib ketdilar xama,
Xazoron demakni ma’nosi nima,
Podsho bolib otdi, shoxu Jam Jama,
Dunyoning lazzatin totganda bordur.
Bu dunyoga keldi kimki sarishta,
Odam oqli xar qaysisi xar ishda,
Xorud, Morud odli ikki farishta,
Bobilning choxina tushganda bodur.
Muxammad paygambar din yolin ochdi,
Bilol azon aytdi. kofinlar qochdi,
Abu Bakru Umar, Usmon yetishdi,
Ali Zulfiqorin cholganda bordur.
Egam uchun Iso osmonda qoldi,
Iskandar Zulkarnayn dunyoni oldi,
Musoning xassasi ajdaxo boldi,
Nasimiyning postin soyganda bordur.
Xazrati Dovudning qirq ogli boldi,
Manmanlik ayladi barchasi oldi,
qirq ogil orniga bir ogil kordi,
Dovudning qirq ogli olganda bordur.
Doglarning boshinnan getmas dumoni,
Bir kun bolar yaratganning farmoni,
Ma’diy kelib olur yoxti jaxonni,
Ali yoqasinnan tutganda bordur.
Mullo goyib aytar Xizrdur pirim,
Pirim Shoximardon Ali dasturim,
Sulton Xusayn podsho mir Alisherim,
Dunyoning tozinin tutganda bordur.
Mullo Goyib xaqida turkman va o’zbek xalq og’zaki ijodida doston ham yaratilgan. Xodi Zarif 1934 yil uni Fozil Yoldosh o’g’lidan yozib olgan. Bundan tashqari, bu xaqda bir qancha rivoyatlar ham bo’lib, shulardan birida aytilishicha, Xusayn Boyqaro hamma sozanda va baxshilarni, ularga qarata: «Sizlarning el ichida qilib yurgan so’zu suxbatlaringiz bari yolg’on, ular foniy dunyoning aldamchi maxsullaridir, yolg’onni targibot qiluvchilar shuning uchun sizlar jazoga maxkumsizlar. Agar so’zu suxbat rost bo’lsa belgilangan muxlat ichida isbot qilasiz, bo’lmasa xammangiz qatl qilaman»-deb farmon beribdilar. Belgilangan muddat tugagach, Mulla goyib o’rtaga chiqib, oldin sozandalar risolasini bayon qilib, so’ngra yuqoridagi she’rni kuyga solib aytibdi. Shu yerda Xusayn Boyqaro, Mir Alisher Navoiy va boshqa a’yonlar ushbu isbotni eshitib qo’llarini duoga ochib: «Mana shu qo’shiq bilan toy boshlagan baxshi, sozanda va xonandaning topgani xalol bo’lsin» - deb fotixa beribdilar. Podsho o’z farmonini bekor qilibdi. «Sozandalar risolasi» va uning mazmuni aks etgan she’rning ijrosi butun san’at axlini xalovatdan saqlagan ekan. Buning qanchalik to’g’ri yoki noto’g’riligidan qat’iy nazar hofiz, baxshi va sozandalar uchun qonun vazifasini bajarganligi yuqoridagi rivoyatda ham o’z aksini topgan.
XULOSA
Sharq allomalari musiqasini o’rganish o’zining asrlar davomida shakllangan an’analari, maxalliy urf odatlari, dostonchilik san’ati bilan alohida ajralib turadi. Ularning mumtoz musiqa janri asosan dostonchilik bilan bog’liqdir. Ularga mehnat aytimlari mavsumiy va marosim qo’shiqlari va baxshilar san’ati kiradi. Musiqa tinglash I.S.Bax asarlaridan namunalar tinglash. Tinglash madanyatini o’rganish. O’zbek xalq kuylaridan “Samoi dugoh” o’quvchilar bilan kuyni tahlil qilish va harakteri haqida fikr yuritib unga baho berish.Jamoa bo’lib kuylash “Keng Turkiston” P. Mo’min she’ri, N. Norxo’jayev musiqasi. Faoliyatini bajarishdan oldin o’quvchilar bilan ovoz sozlash mashqlari o’tkaziladi. Bunda mashq qo’shiqning musiqiy matnlaridan olinishi yoki musiqiy iboralardan olingan bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |