1-bob
“KORXONALARNI RAQOBATBARDOSHLIGINI
BAHOLASH” FANINING PREDMETI VA MAZMUNI
1.1.
Korxonalarni raqobatbardoshligini baholash mexanizmi
O‗zbekiston Respublikasida iqtisodiy rivojlanishining hozirgi sharoitida tayyor
mahsulotlar ishlab chiqarish, raqobatbardosh tarmoqlarni rivojlantirish maqsadida
xom ashyoni qayta ishlovchi tarmoqlar ulushini oshirishga qaratilgan tarkibiy
o‗zgarishlar katta o‗rin egallaydi. Bu esa, o‗z navbatida mahsulotlarning tashqi
bozorga chiqishi, binobarin, eksport qilish imkoniyatini kengaytiriga yordam beradi.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilmasdan turib, tashqi bozorlarga chiqish va
mahsulotlarimizni sotish borasidagi eksport dasturini amalga oshirish, valyuta
daromadlari tushumini ta‘minlash, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab
chiqarishni va ish o‗rinlarini tashkil etish, pirovard natijada qo‗yilgan maqsadlarga
erishib bo‗lmaydi..
Mamlaktimiz iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirmasdan, raqobatdosh
iqtisodiyot, pirovard natijada esa raqobatdosh mamlakatni barpo etmasdan turib, o‗rta
muddatli istiqbolda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlangan demokratik davlatlar
darajasiga olib chiqishdek strategik vazifani amalga oshirish mumkin emasligi ko‗p
ta‘kidlab o‗tildi. Shu sababli ham ishlab chiqarish korxonalarining raqobatbardoshligi
masalasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma‘lumki, raqobat - bu tadbirkorlikning ajralmas bir bo‗lagidir. Raqobat
umumijtimoiy kategoriya bo‗lib, ijtimoiy jarayon qatnashchilari o‗rtasida yaxshiroq
yashash uchun bo‗ladigan kurashni anglatadi.
Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o‗z manfatlarini tularoq yuzaga
chiqarish, ya‘ni yaxshi daromad topish, o‗z mavqeini mustahkamlash, o‗z qobiliyatini
namoyon etish va imij (obro‗-e‘tibor)ga ega bo‗lish uchun boshqalar bilan
kurashadilar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlarning raqobatbardoshliligi
aniqlanayotganda, uning boshqa raqobatchi tovarlardan yuksak taraflarining
13
mavjudligi, umume‘tirof etilgan talablarga javob berishi hamda ketgan xarajatlar
miqdori bilan baholanadi. Maxsulotning raqobatbardoshliligini baholashda
xaridorlar ehtiyoji va bozor talabiga asoslanadi. Chunki tovar xaridor talabiga javob
berishi uchun quyidagi parametrlarga mos kelishi kerak:
• texnik parametrlarga (tovar belgisi, uni qo‗llash va tavsiya etish
markazlari);
• ergonomik parametrlarga (tovarning inson organizmiga mos kelishi);
• estetik parametrlarga (tovarning tashqi ko‗rinishi);
• me‘yoriy parametrlarga (tovarning amaldagi me‘yorlarga va standartlarga
mos kelishi);
• iqtisodiy parametrlarga (tovarning baho darajasi, unga ko‗rsatiladigan
servis xizmati, vositalar o‗lchami, xaridorlarning ayni vaqtdagi ehtiyojlarini
qondira olishi).
Har bir istemolchi uz ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tovarlarni
sotib oladilar. Bu esa o‗z navbatida raqobatni keltirib chiqaradi.
Xaridorlarning xatti-harakatlaridan shuni ko‗rish mumkinki, tovarlarni
taqqoslashda, uning ishlatish samaradorligi (s), sotib olish xarajatlariga (x)
nisbatan yuqori bo‗lsa o‗sha mahsulotni ko‗proq tanlashadi. U holda tovarning
raqobatbardoshligi (r) quyidagi,
R = S/X;
ko‗rinishni oladi.
Tovarning raqobatbardoshligini baholash quyidagi bosqichlarda bo‗ladi:
1. O‗rinbosar tovarlarni topish va uni tahlil qilish;
2. O‗xshash mahsulotlarning solishtirilishi orqali asosiy ko‗rsatkichlarini
belgilash;
3. O‗z mahsulotimizdagi integral (umumiy) raqobotbardoshlik
ko‗rsatkichlarini aniqlash.
Raqobat kurash vositalari va usullari jihatidan halol raqobat va g‗irrom
raqobatga bo‗linadi. Halol raqobat qonuniy, yo‗l berilgan va hamma tan olgan,
insoniy usullar bilan o‗zaro bellashuvdir.G‗irrom raqobat man etilgan vositalar
14
yordamida va g‗ayriinsoniy usullar bilan olib borilgan kurashdir. G‗irrom raqobat
yovvoyi bozor iqtisodiyotining, halol raqobat madaniy(sivilizatsiyalashgan) bozor
iqtisodiyotining belgisi hisoblanadi. G‗irrom raqobat yuz berganda josuslik,
qo‗poruvchilik, reket, tuxmat, tovar belgisini o‗g‗irlash va hatto qotillik kabi usullar
qo‗llaniladi, raqibni turli yo‗llar bilan obro‗sizlantirish choralari ko‗riladi
2
.
Halol raqobatda madaniy usullar qo‗llaniladi. Bu usullardan narx vositasida
raqobatlashuv, tovar sifatini oshirish orqali kurashish, servis (xizmat ko‗rsatish)
orqali bellashuv keng tarqalgan. Bu usullardan alohida emas, balki birgalikda
foydalanish qo‗llaniladi.
Hozirgi raqobat kurashida tovar reklamasiga alohida e‘tibor beriladi. Reklama
qilishda biznesmenlar o‗rtasida o‗z tovarlarini va ko‗rsatayotgan qo‗shimcha
xizmatlari hamda boshqa faoliyatlari bilan keng bozorga ta‘sir etib keladilar.
Raqobat kurashida samarali faoliyat yurg‗izish, unda muvaffaqiyat qozonish
raqobat strategiyasining qanchalik puxta, izchil, o‗zoqni ko‗ra oladigan rejasini ishlab
chiqishga uzviy bog‗liqdir.
Raqobat strategiyasi-raqobat kurashining o‗zoq davrga muljallangan bosh yo‗li
va yo‗l-yo‗riqlarini ifoda etadi. Strategiyaning maqsadi tez kunda foydani
maksimallashtirish, oz foyda bilan qanoat qilgan holda o‗z bozorini kengaytirish yoki
raqibni bozordan siqib chiqarish, yangi bozorga asta-sekin kirib borish kabi
masalalarda harakat yo‗llarini belgilashdan iborat. Strategiyaga qarab kurash taktikasi
(usuli va shakllari) tanlanadi.
Raqobatbardoshlik tushunchasiga iqtisodiy adabiyotda firmalarning mavjud
sharoitda raqobatchilariga nisbatan baho va bahosiz tavsifiga ko‗ra tovarlarni
loyihalashtirish, tayyorlash va sotish borasidagi real va potensial imkoniyatlaridir
deya ta‘rif beriladi.
Mamlakatning raqobatbardoshligi darajasini uning milliy kompaniyalari ishlab
chiqarayotgan mahsulotlar, firmalar, tarmoqlar raqobatbardoshligi ta‘minlab beradi.
Shuning uchun dastlab mamlakat raqobatbardoshligini emas, balki milliy
2
Котлер Ф. Маркетинг и менеджмент – СПб: Питер Ком, 2010, -96с.
15
kompaniyalar raqobatbardoshligini tahlil etish lozim. U mamlakat kompaniyalarining
muvaffaqiyatini ta‘minlab beradigan qulay muhitni yaratish quyidagi to‗rtta muhim
ko‗rsatkichga bog‗liqligini ta‘kidlaydi
3
:
-ishlab chiqarish omillari bilan ta‘minlanganlik;
-talab ko‗rsatkichlari;
-yaqin va xizmat ko‗rsatuvchi tarmoqlar;
-raqobat muhiti va firma strategiyasi.
Ushbu muhit doirasidagi milliy kompaniyalarning samarali faoliyati
mamlakatning
raqobatbardoshlik
reytingini belgilab beradi.
Mamlakatning
raqobatbardoshligini aniqlashda quyidagilar asosiy omillar sifatida xizmat qiladi:
-iqtisodiy salohiyat va iqtisodiyotning o‗sish sur‘atlari; sanoat ishlab
chiqarishning samaradorligi;
-ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlanish darajasi va uni o‗zlashtirish sur‘atlari;
xalqaro mehnat taqsimotida qatnashish;
-ichki bozor hajmi va dinamikasi;
-iqtisodiyotda davlatning roli;
-moliya tizimining egiluvchanligi; mehnat resurslari bilan ta‘minlanganlik va
malaka darajasi;
-ichki siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy holat;
-iqtisodiyotning jahon bozori kon‘yunkturasi talabiga moslashish darajasi va
qobiliyati.
Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‗llab-quvvatlash dolzarb ahamiyat
kasb etib, respublikamizda ushbu jarayon bir qator asosiy yo‗nalishlar bo‗yicha
amalga oshirildi.
Quyidagi rasmda ushbu yo‗nalishlar keltirib o‗tilgan.
3
Портер М. Конкуренция. /Пер. с англ. - М.: Издательский дом "Вильямс", 2010. С. 176.
16
Do'stlaringiz bilan baham: |