R. X. Karlibayeva, A. A. Temirov korxonalarni


  O„zbekiston Respublikasi korxonalarida moliyaviy hisobotlarni



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/81
Sana25.10.2022
Hajmi1,35 Mb.
#856044
TuriУчебное пособие
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81
Bog'liq
Армат KB Kaf 12.KORXONALARNI RAQOBATINI BAHOLASH 10ta

1.3. 
O„zbekiston Respublikasi korxonalarida moliyaviy hisobotlarni 
tashkil qilish va yuritishning huquqiy-me‟yoriy asoslari. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning moliyaviy ahvoli to‗g‗risidagi 
axborotlar tashqi foydalanuvchilar uchun alohida ahamiyatga ega. Chunki ularni 
xo‗jalik yurituvchi subyektga o‗z mablag‗larini sarflash maqsadga muvofiqligini
aniqlash o‗ta ahamiyatli hisoblanadi. Korxonaning moliyaviy hisoboti uning 
moliyaviy holatini (xarajatini qoplay olishini) yaqqol ko‗rsatadi.
Xo‗jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobini yuritishdan
ko‗zlangan asosiy maqsad uning faoliyati to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni yig‗ish va 
umumlashtirish asosida uning rahbariyati hamda manfaatdor yuridik va jismoniy 
shaxslar uchun zarur ma‘lumotlar to‗plamini vujudga keltirishdan iboratdir.
Xo‗jalik yurituvchi subyekt rahbariyati uchun zarur ma‘lumotlar uning
hisob yuritish siyosatida belgilangan ichki hisobot shakllari, boshqaruv apparati 
talablaridan kelib chiqib o‗rnatilgan boshqa hisobot shakllari, shuningdek, tezkor va 
statistik hisobot shakllari orqali uzatiladi.
Moliyaviy hisobotda xo‗jalik yurituvchi subyekt faoliyatining asosiy 
ko‗rsatkichlari umumiy qabul qilingan va qat‘iy qabul qilingan qoidalar hamda 
tartiblar asosida tuziladi. Moliyaviy hisobot xalqaro talablar asosida tuzilganda 
umumiy qabul qilingan qoidalar va tartiblar qo‗llaniladi. Har bir mamlakatda 
moliyaviy hisobotni tuzish tartib va qoidalari belgilanadi. Agar mamlakatda 
moliyaviy hisobotni tuzish moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida amalga 
oshirilishi belgilansa, unda ushbu standartlar talablari va uning qoidalariga muvofiq 
tuziladi.
Turli xo‗jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining ko‗p qirraliligi hisobga olinadi, 
moliyaviy hisobotlar ulardan foydalanuvchilarni iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun 
zarur bo‗lgan barcha axborot bilan ta‘minlay olmaydi, shu sababli yillik moliyaviy 


22 
hisobotlarga qo‗shimcha ravishda ma‘muriyat tomonidan tuziladigan moliyaviy sharh 
kiritiladi, unda xo‗jalik yurituvchi subyekt moliyaviy faoliyati va moliyaviy 
holatining asosiy belgilari tushuntirib beriladi va ular duch kelayotgan asosiy 
noaniqliklar bayon qilinadi. 
Moliyaviy hisobotlar sharhida xo‗jalik yurituvchi subyektning faoliyati 
natijalariga, faoliyatini qo‗llab-quvvatlash va mustahkamlash uchun investitsiya 
siyosatiga, jumladan joriy davrda, xususan kelgusi davrlarda dividendlar siyosatiga 
ta‘sir qiluvchi asosiy omillar ochib beriladi, ya‘ni: 
1. Xo‗jalik yurituvchi subyektni moliyalash manbalari va xatarlarni boshqarish. 
2. Xo‗jalik yurituvchi subyekt ishlab turgan tashqi muhitdagi o‗zgarishlar va shu 
o‗zgarishlar munosabati bilan ko‗rilgan chora-tadbirlar hamda ularning subyekt 
faoliyatiga ta‘siri. 
3. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qaror qabul qilishi uchun boshqa 
muhim axborotlar. 
Mamlakatimiz korxonalarida moliyaviy hisobotlarni tashkil qilish "Buxgalteriya 
hisobi to‗g‗risida"gi O‗zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yillik moliyaviy 
hisobot quyidagi hisobotlarning umumiy shakllaridan iborat bo‗ladi: 
1. Buxgalteriya balansi - 1-shakl; 
2. Moliyaviy natijalar to‗g‗risidagi hisobot - 2-shakl; 
3. Pul oqimlari to‗g‗risidagi hisobot - 4-shakl; 
4. O‗z sarmoyasi to‗g‗risidagi hisobot - 5-shakl; 
5. Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. 
Davriy (uch oylik) hisobotlar tarkibi yillik hisobotdan hisobotlar shakli sonining 
kamligi bilan farq qilishi mumkin. 
Qo‗shimcha axborotni taqdim etish - tushuntirishlar, izohlar va hisob-kitoblar - 
xo‗jalik yurituvchi subyekt tomonidan maxsus shaklda yoki erkin shaklda taqdim 
etiladi. 

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish