60
· pul mablag‗lari;
· boshqa turdagi aylanma mablag‗lar.
2. Joriy faoliyatda yoki ishlab chiqarish jarayonida qatnashuviga ko‗ra:
· ishlab chiqarish sikli jarayonida qatnashuvchi aylanma aktivlar (ishlab
chiqarish zaxiralari,
tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot zaxiralari va
boshqalar);
· korxonalarning moliyaviy siklida qatnashuvchi aylanma aktivlar (debitorlik
qarzlari, pul mablag‗lari va boshqalar).
3. Aylanma mablag‗larning tarkibida ishtirok etish (funksionirovaniya)
muddatiga ko‗ra:
· aylanma aktivlarning o‗zgaruvchan tarkibi, ya‘ni buning tarkibiga mavsumiy
xarakterga ega bo‗lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi
aktivlar
tushuniladi, ushbu turdagi aylanma aktivlar mahsulot ishlab chiqarish
hajmining o‗zgarishiga mos ravishda o‗zgarib boradi;
· aylanma aktivlarning doimiy tarkibi, ya‘ni ishlab chiqarish hajmining
o‗zgarishiga ta‘sir qiluvchi omillarga bog‗liq bo‗lmagan, aktivlarning bir qismi.
4. Aylanma aktivlarning shakllanish manbalariga ko‗ra:
·
yalpi aylanma aktivlar;
· sof aylanma aktivlar;
· o‗z aylanma aktivlari.
Aylanma aktivlarni boshqarishning e‘tiborli jihati shundaki, ushbu jarayonda
moliyaviy menejer kompaniyalarning
ishlab chiqarish, moliyaviy va operatsion sikl
xususiyatlari, ular o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqliklarni to‗g‗ri va mukammal mushohada
qilishidadir. Bozor qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda, firma va kompaniyalarning
aylanma aktivlarning doiraviy aylanishi yoki yuqoridagi turli bosqich sikllari,
kompaniyalarning dastlabki xomashyo mahsulotini sotib olgan davrdan to tayyor
mahsulotning realizatsiyasidan pul mablag‗larini kelib tushishigacha bo‗lgan
barcha
oraliq davriy jarayonlarni o‗z ichiga oladi.
Kompaniyalarda aylanma aktivlarni boshqarish deyilganda, aylanma aktivlarni
doiraviy aylanishining barcha bosqichlari yoki sikllaridagi jarayonlarni boshqarishni
61
tushunish mumkin. Aylanma aktivlarni boshqarish nuqtai nazaridan ishlab chiqarish,
moliyaviy va operatsion
sikllarning mohiyati, ularning aylanma aktivlarni doiraviy
aylanish jarayonida aynan qaysi bosqichida ishtirok etishi, ularning o‗zaro
bog‗liqliklari kabi savollarga oydinlik kiritib olish lozim.
Korxonalarning ishlab chiqarish sikli, mahsulot
ishlab chiqarishga xizmat
qiluvchi yoki bevosita ushbu jarayonda foydalaniladigan aylanma aktivlarning to‗liq
aylanishini, xomashyo, material va yarim tayyor mahsulotlarni korxonaga kelib
tushgan davrdan boshlab, ularni tayyor mahsulot holatiga keltirishgacha bo‗lgan
davrni ifodalaydi. Korxonada ishlab chiqarish siklining davomiyligi quyidagi formula
yordamida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: