Moddiy resurslar-
jamiyat mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish
uchun mo’ljallangan mehnat va xom-ashyolari majmuidir. Masalan,
xom-ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, yarim tayyor mahsulotlar,
detallar va hakozo
Mijoz (klient) –
vazifa, ishchi stantsiya yoki kompyuter tarmog’idan foydalanuvchi.
Moliyaviy resurslar
– davlat yoki tijorat tarkibi ixtiyoridagi pul manbalari.
Me’yorlashtirish -
berilgan sxema (yoki munosabatlar yig’indisi)ni munosabatlari
ko’proq oddiy va regulyar tuzilmaga ega bo’lgan boshqa sxema bilan
qadamma-qadam almashtirish jarayoni.
Predmet sohasining axborot ob’ekti -
bu muayyan mohiyat, ya’ni MBda ular
haqida axborot bo’lishi lozim bo’lgan real ob’ekt, hodisa, jarayon yoki
voqeaning axborot tarzida aks ettirilishi. Axborot ob’ekti axborotning
tarkibiy birligi sanaladi va me’yorlashtirish talablariga javob berishi
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |