Dasturiy mahsulotlar – tijorat sotuvi, prokat, ijaraga berish, yoki dasturlar paketi
lizingi uchun maxsus yig’ilgan va tizimli yoki mustaqil etkazib
beruvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlashtirilgan mahsulotlar.
YOzuv - mantiqan bog’langan rekvizitlarga mos keluvchi maydonlar yig’indisidir.
YOzuvning tuzilishi o’z tarkibiga kiruvchi har bir oddiy ma’lumotga ega
maydonlar tarkibi va ketma-ketligi bilan belgilanadi
. Jadval - real olam axborotini – mohiyatini aks ettiradi, uning har bir satri (yozuvi)
esa ob’ektning aniq bir nusxasini – nusxa mohiyatini aks ettiradi.
Jadvalning har bir ustuni ushbu jadvalda unikal nomga ega. Jadval
kamida bir ustunga ega bo’lishi kerak.
Informatika – kompyuterlar yordami va ularni qo’llash muhiti vositasida axborotni
yangilash jarayonlari bilan bog’liq inson faoliyati sohasi.