7Opera Angliyada 4-5-noyabrda o'tkaztladigan an’anaviy N. Rouening “Tamerlan” teatr kecha- landan bir necha yil oldin sahnalashtirildi.
‘Nikola Franchesko Xayme (6.08.1678. Rim-31.07.1729) - italyan kompozitori, shoir, lib- rettochi, teatr menedjeri. Kardinal Petro Ottoboni tomonidan Rimdagi “Romana” seminariyasida violonchel o‘qituvchisi qilib taklif etilgan (1964-1700). 1701-yili Londonga ko‘chib kelgan va asosan mohir ijrochi sifatida musiqa ixlosmandlariga tanilgan. MaTumki, N. F. Xayme o‘sha vaqtda Londonda ijro etilgan ko‘plab italyancha operalami qayta ishlab, pastichchiolarga moslab bergan. 1722-1728-yilga qadar, olti mavsum davomida Londonda Qirol Konservatoriyasining bosh kotibibo'lgan. U Gendel Bononchini, Ariosti kabi kompozitorlar uchun qator opera asarlarini qayta moslab bergan. 116
www.ziyouz.com kutubxonasi
“ishq-muhabbat” rishtasi, o‘z navbatida, ulami turli qarama-qarshi
turgan toifalarga, ijobiy va salbiy qahramonlarga ajratib qo‘yadi.
Shu bilan birga, aynan “ishq-muhabbat” rishtasi musiqiy drama-
turgiyasini ilg‘or rivojlantiruvchi omiliga aylanadi: Boyazid Asteriya
qizini - otash, otalik mehri bilan sevadi; Andronikos va Asteriya bir-
biriga ko‘ngil qo‘ygan; Turkiya knyaginyasi Iren Amir Temumi sevadi,
u esa, o‘z navbatida, Asteriyaga ko‘ngil qo‘ygan.
Operaning dramaturgik rivoji, o‘z navbatida, musiqiy drama-
turgik tuzilish tartibini belgilab berdi. “Temur” operasida opera-seria
an’anasining shartlari deyarli saqlanib qolgan. Xususan, rechi-
tativlarga (“secco”, “accompagitato”) operaning harakat va voqelikni
ko'rsatish yuklangan bo£lsa-da, ari-
yalarga - emotsional hissiyot doira-
sini aks etishi mo‘ljallangan.
Yagona xor sahnasi operani
yakunida kelib, shunchaki, qahramon-
lami umumiy an’anaviy sahnasiga
aylanib qolmay, balki butun drama-
ning bosh va yakuniy xulosasini chi-
qarishga qaratilgan: “Yangi kun keldi.
U g‘olib!”.
Kompozitor opera-seria an’ana-
sidan kelgan xilma-xil nomerlarning
tartibini buzmay, saqlagan holda,
ularga yangicha yondashib, dramatizatsiya borasida (rechitativlar va
ariya tartibida) yangi rivojlov yo‘lini qo'llaydi (III akt).
Ma’lumki, opera G.F. Gendel tomonidan italyan tilida yozilgan bo'lib, 1925-yili Xerman Rott tomonidan nemis tiliga tarjima qilinib, umumiy musiqiy dramaturgiya tizimini saqlagan holda, birmuncha qisqartirilgan shaklda qayta nashr etilgan.9 Mazkur operaning klavir nashri, isbimizning tahlil asariga asos bo‘ldi.
G.F. Gendelning asari 1985-yili Berlinda, so‘ng Gendel ta- valludining 300 yilligida (2001) Germaniyaning Xalle shahrida bo‘lib o‘tgan an’anaviy Gendel festivalida sahnalashtirilgan. Demak,
4 Operani zamonamizdagi ilk tiklanishi A. Radolf va X. Rott tomonidan 1924-yil 7-scntabrda Karlsrue shahrida sahnalashtirilgan bo lsa, Bntamyada 13. Lyuis tomonidan 1962-yil 21-martda Birmingemda taqdim etilgan. 117
www.ziyouz.com kutubxonasi
bizning tariximiz bilan bevosita bog‘liq buyuk kompozitorlarning opera-seria andozasidagi jozibali asarlarini 0‘zbekistonda ham baholi-qudrat o'rganib, teran tahlil etish nihoyatda muhimdir.
Tayanch so‘zlar: G.F.Gendel, opera-seria, partitura, libretto, balet, rechitativ, orkestr, oratoriya, “katta musiqiy drama ”, klavir syuitalari, Sharq qahramoni. Nazorat savollari 1 .G.F. Gendel ijodi va hayotiy yo‘lining tavsifmi bering (yasha- gan shaharlar va mamlakatlar bo‘yicha).
Oratoriya janrining o'ziga xosligini, G.F. Gendel ijodida tutgan o‘mi va mavqeyini ochib bering.
“Samson” oratoriyasini tavsiflang.
G.F. Gendel cholg'u janrlari va uslubining o‘ziga xos tomon- larini ochib bering.
Kompozitor syuitalarining shakl-shamoyili va mazmuniy doirasi.
G.F. Gendelning London “Qirol teatri”dagi faoliyati va opera ijodining tavsifi.
Kompozitorning qaysi operalari Sharq olami qahramonlariga bag‘ishtangan?
Adabiyotlar Музыкальный словарь Гроува. Пер. с англ., ред. и доп. докт. иск. Л. Акопяна - М., 2001.
Сапонов М.А. Менестрели. Книга о музыке средневековой Европы. -М., 2004.
Trigulova A. Xorijiy musiqa adabiyoti (o‘quv qo‘llanma). - T., 2009.
Кириллина Л. Гендель. Жизнь замечательных людей. - М.: Молодая гвардия, 2017.