R tursunova, G. Tursunova jahon musiqa tarixi


syuitalik   tafakkur turi



Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/104
Sana11.01.2022
Hajmi6,12 Mb.
#345999
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   104
Bog'liq
Jahon musiqasi tarixi (R. Tursunova)

syuitalik
 
tafakkur turi
 xos boig an  deb qayd etish mumkin. Gendelning cholg‘u 
musiqasining bosh kompozitsion tamoyili, jumladan, Concerto grosso 
kontrasti asosida tuzilgan: kirish qismining tantanali kayfiyati undagi 
polifonik  rivojlov  shiddati  va  kuychan  lirika  bilan  uyg‘unlashadi. 
M aium ki, Gendelning concerto grossolari XVIII asrning 30-yillarida 
mashhur b o iib  ketadi. Biroq concerti grossi so‘zi undan oldin italyan 
davr musiqa amaliyotida q o ila b  kelingan.  Yangilikka hamisha shay 
boigan kompozitor u yashagan mamlakat, davr talabi qilgan musiqa 
ehtiyojlariga tezkorlik  bilan javob  izlashga  harakat qiladi.  Italiyada 
Korelli asarlari, jumladan, konsertlari uning e ’tiborini jalb qiladi.
Gendelning  concerto  grosso  op.3  asari  torli  tarkib  uchun 
moijallangan.  Uni  ikki  goboy  (yoki  ikki  fleyta)  va  basso  continuo 
ijro  etadi.  Konsertlar or.6 -  faqat torli  va basso  continuo,  yakkaxon 
sifatida  ikki  skripka  bosh  o‘rinni  egallaydi.  Ko'plab  konsertlar 
fransuz va italyan turdagi  uvertyuralar bilan ochiladi.  Ularda albatta 
bir  fugalashgan  qism  boiib,  aksariyat  hollarda  tez  sur’atda  keladi. 
Fugalashgan boiim lar uvertyuralarda ham uchraydi.
Gendelning  klavir  musiqasining  asosiy  janri  sifatida  syuita 
alohida qayd etiladi. Uning har bir o‘n to‘qqizta klavir uchun syuitalari 
o'ziga  xos  olami  va  ko‘rinishi  bilan  ajralib  turadi.  Ayrim  syuitalar 
tantanali organ hajmdagi  prelyudiyalar bilan ochilib,  o‘z ichiga jiddiy 
yoyilgan fugalami kiritsa, boshqalari qadimgi sonatalarga yaqin turadi, 
qolganlari sof raqs suyitalar sifatida keladi. Biroq ularda ramziy holdagi 
klassik  raqslar  ketma-ketligi  saqlanib  qolinmaydi.  Ko‘pincha  Gendel 
asosan,  ikki-uchta  raqslar  bilan  cheklanib,  turkumni  boshqa  asarlar 
bilan  toidirgan.  Shuningdek,  syuitalarda  fugalashgan  boiimlar,
113
www.ziyouz.com kutubxonasi


variatsiyalar  va  badihago‘ylikka  asoslangan  asarlar  (fantaziyalar, 
prelyudiyalar)  o‘rin  oladi.  Asarlaming  qismi  uchtadan  yettiga  qadar 
asosan bir tonallikda kelishi bilan tavsiflanadi.
Kompozitoming  syuitalari  qatorida 
M 7,  g-m oll
  musiqa 
ixlosmandlari e’tiborini qozongan. Bu katta turkum bo‘lib, oltita turli 
xarakterdagi raqslardan tashkil topgan. Faqat uchtasiga nom berilgan. 
Bu:  IV  qism  -   sarabanda,  V  qism  -  jiga,  VI  qism  -   passakaliya. 
Birinchi  uchtasi  syuita  turkumi  uchun  xos  bo‘lmagan  asarlardir 
(uvertyura,  andante va allegro).  Shu bilan birga, kompozitor mazkur 
asarlami raqslar tabiyatiga yaqinlashtirishga harakat qiladi. Xususan, 
andante  musiqasi  4/4  o‘lchovida,  allemanda  xarakteriga  xos  ko‘ri- 
nishda,  raqs  kabi  shoshmay  ijro  etiladi.  Allegroda  Gendel  kuranta 
uchun  an’anaviy  bo‘lgan  3/8  o‘lchovni  saqlab,  unga  xos  jonli 
harakatni  ifoda  etadi.  Faqat  uvertyura  raqs  tabiatidan  yiroq  bo‘lib, 
uning  joylashuvi,  ya’ni  turkumni  ochib  bergani  tufayli  kirish 
vazifasini  bajaradi.  Jiddiy va yuksak bu uvertyura 

Download 6,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish