R tursunova, G. Tursunova jahon musiqa tarixi


Georg Fridrix Gendel ijodiy yo‘li



Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/104
Sana11.01.2022
Hajmi6,12 Mb.
#345999
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   104
Bog'liq
Jahon musiqasi tarixi (R. Tursunova)

Georg Fridrix Gendel ijodiy yo‘li
Georg  Fridrix  Gendel  (1685-1759)  ijodi 
bilan opera va oratoriya janrlarining rivoji uzviy 
bog‘liq.  19  yoshidan  boshlab  u  cherkov  uchun 
kantata  va  organ  asarlarini  yaratadi.  1702-yili 
Xalle  shahrining  protestant  ibodatxonasida  organchi  lavozimiga 
tayinlanadi,  biroq tez orada cherkov musiqasi  uning qarashlariga va 
intilishlariga  javob  bermasligini  tushunib  yetadi.  Gendel  boshqa 
jamlarga  nisbatan  operaga  qiziqdi  va  shu  bois  Hamburg  shahrida 
faoliyat olib borgan yagona nemis musiqiy teatrida ishlash maqsadida 
u yerga ko‘chishga qaror qiladi.
Hamburg  truppasi  faoliyatini  to‘xtatganidan  so‘ng,  Gendel 
opera  vatani  Italiyaga  y o i  oladi.  Bu  yerda  u  1706-1710-yillarga 
qadar istiqomat qiladi (Florensiya, Rim, Venetsiya va Neapol), so‘ng 
Londonga ko‘chib,  u yerda  Qirol  musiqa akademiyasini boshqaradi. 
1727-yilida  kompozitor  ingliz  fuqaroligini  qabul  qildi.  Italiyada 
Gendel  opera janri  muallifi  sifatida  shuhrat  qozondi.  Venetsiyada 
“Agrippina”  (1709),  Londonda  “Rinaldo”  (1711)  operalarini
105 
.  ■
  ,
www.ziyouz.com kutubxonasi


muvaffaqiyatli  sahnalashtirilishi  uning  nomini  Yevropaning  yirik 
opera kompozitorlari toifasida mustahkamladi. Gendel asosan italyan 
opera-seria  janrida  ishlagan.  Uning  asarlarida  yangragan  betakror 
jozibali  kuylar  tinglovchilami  mafitun  etib  befarq  qoldirmagan. 
Mazkur janrda muallif qirqdan ortiq asarlar yozib qoldirgan.
Biroq  opera-seria  janri  Angliyada  bir  xil  qabul  qilinmagan. 
Italyan  operalari  milliy  ingliz  opera  maktabini  shakllanishiga 
to ‘sqinlik  qilayotgani  va  ayrim  holatlarda  italyan  operalari  ustidan 
askiya  qiluvchi  sahnaviy  asarlami  shuhrat  qozonishi  (“Qashshoqlar 
operasi”,  1728),  opera-seriaga  nisbatan  ziddiyatli  munosabatlar 
shakllanishiga  turtki  bo‘ldi.  Mazkur  spektaklda  hatto,  Gendelning 
asaridan  ikki  lavha  namoyish  etilgan.  Mazkur  tanqidni  kompozitor 
og‘ir qabul qildi.
1740-yillarda “Deidamiya” operasi muvaffaqiyatsiz chiqqandan 
so‘ng,  Gendel  operaga boshqa  qo‘l  urmaydi  va bor  ijodiy  e’tiborini 
oratoriyaga  qaratadi.  Kompozitoming  keying  yangi  asarlari 
tomoshabinlar  orasida juda  yaxshi  kutib  olinib,  hayotining  so‘nggi 
davrlarigacha kompozitorga hurmat va ehtirom ko‘rsatiladi.
Gendel  asarlarida  ingliz  va  italyan  musiqaning  ta’siri  ko‘zga 
tashlanadi.  Biroq  kompozitoming  tafakkuri  va  uning  tabiyati  sof 
nemischa  bo‘lgan.  Kompozitor  asarlari  so‘nggi  avlod  ijodkorlariga 
katta ta’sir ko‘rsatib, yorqin ifodasini Vena klassiklari ijodida topadi.

Download 6,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish