R tursunova, G. Tursunova jahon musiqa tarixi



Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/104
Sana11.01.2022
Hajmi6,12 Mb.
#345999
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   104
Bog'liq
Jahon musiqasi tarixi (R. Tursunova)

M essa  si-minor.
  Kompozitorning  hayotiylik  davrida  mazkur 
asaming  faqat  birinchi  ikkita  qismi  (ba’zida,  yakshanbalik  diniy 
xizmatida) ijro etilgan.
Tatqiqotchilar  si-minor  messani 
Baxning  falsafiy  ibodati,  deb  bejiz 
aytmaydilar.  Unda toialigicha  kompo­
zitorning  dunyo  va  borliqqa  boigan 
munosabati  aks  ettirilgan.  Passionlar 
kabi,  kompozitor  bu  asarida  ham 
hayotiy  maqsadni  ochishga,  axloqiy 
qahramonlikka  hamda  o‘z  jonini  fido 
qilishga  tayyor  turgan  yuksak  inson 
timsoli haqida so‘zlaydi.
Asaming  falsafiy  mavzusi  -  mes­
sani  monumentalligi,  yangi  shakllarni
87
www.ziyouz.com kutubxonasi


qoilanilishi  va  an’anavaiy  qoliplar  chegarasini  kengaytirilishida 
ko‘rinadi.
Ma’lumki,  messa  ibodati  -   katolik  xizmatini  asosiy  ko‘rinishi 
bo‘lib, ko‘plab asrlar davomida shakllanib kelgan; uni asosida yotgan 
duolar  ham  uzoq  muddat  davomida  shakllangan.  XI  asrda  messa 
matni rasmiylashtirilib, quyidagi ketma-ketlikda ijro etilgan:
• Kyrie eleison (“Tangrim, shavqat qil!”);
• Gloria (“Shon-sharaflar”);
• Credo (“Ishonaman”);
•  Sanstus (“Avliyo”);
• Agnus Dei (“Qurbonlik”).
Musiqiy  shakl  sifatida messa XIV  asrga kelib  shakllandi.  Agar 
avvallari  alohida  qismlar  ortida  Grigoryan  xorallaming  kuylari 
yotgan  bo‘lsa,  vaqt  o ‘tgan  sari  ular mustaqil  badiiy  ahamiyatga  ega 
boiadilar.
Asosiy  rasmiylashtirilgan  qismlami  saqlagan  holda,  Bax 
ularning hajmini kengaytirib, har bir b o iim  matnini alohida nomerga 
kiritadi.  Jami  -   yigirma  to ‘rtta  nomeming  har  biri  jiddiy  kompo- 
zitsiya sifatida namoyon etilgan. Muhim birlashtiruvchi omil -  messa 
dramaturgiyasidir.  Uning  tarkibida  doimiy  monumental  va  kamer 
planlami  solishtirilishi  kuzatiladi.  Monumental plan yoyilgan xorlar 
misolida  aks  etilgan.  Shu  tufayli  messa  bahaybat  ko‘rinishga  ega. 
Ikkinchi plan, kamer-lirik boiib, duetlar, uchta xor (№ 8,  15,  16) va 
oltita ariyalardan iborat.
Si-minor  messasida  Bax  musiqasining  ikki  asosiy  olami 
taqqoslanadi:  iztirob,  qayg‘u  olami  va  yorugiik,  quvonch  va 
tantanalik  olami,  aynan  bu  ikki  olamni  taqqoslanishi  asl  simfonik 
rivojlovning asosiy harakatlanuvchi kuchini tashkil qiladi.
Yalpi  iztirob  va  chekinishlar  chizgisi  birinchi  qismning  -  
“Kyrie”sidan  turtki  oladi.  U  an’anaviy  messalarga  xos  boig an   uch 
qismlikka  tayanadi:  bir  matnga  asoslangan  ikkita  qayg'uli  xorlar 
“Kyrie  eleison”  yorug“  duet  “Christe  eleison”ni  qamrab  oladi.  Ikki 
xor polifonik uslubda bajarilgan (biri -  besh ovozli,  ikkinchisi -  to‘rt 
ovozli  fuga).  Birinchi  xor  passionlar  kayfiyatiga  yaqin  boiib, 
iztirobdan  alam  chekkan  odamlarni  yurishini  gavdalaydi.  Fuga 
mavzusi  minor  rangi,  qayg‘uli  ohangi,  keskinli  interval  (triton, 
kamaytirilgan  septima)lari,  xromatizmlar  ko‘pligi,  “nafas  olish
www.ziyouz.com kutubxonasi


ohangi”,  lad  noturg‘unligi  (og‘ishma  e-moIl)ga,  vazmin  tempda  bir 
xil  ritm  harakatiga  asoslanishi  bilan  cfzini  kayfiyatini  namoyon 
qiladi.  Kuychan  ohanglar  deklamatsion  aylanmalar  bilan  alishib 
turadi.
Ikkinchi xor “Kyrie” ushbu matnni yangicha talqinini namoyon 
qiladi, uning musiqasiga iltijo emas,  balki asketik jiddiylik xos. Xor 
XVI asr qat’iy polifoniya uslubida yozilgan.
Ikkinchi olamning ekspozitsiyasi “Gloria” quvonch va ilhomga
to ia .
“Gloria”  (№4)  xorining  musiqasi  shon-sharafga  to‘la.  Uning 
mavzusi  dastlab  orkestrda  trubalarni  tantanali  ijrosida  gavdalanadi. 
So‘ng orkestrga xor qo‘shilib, tangriga hamdu sanolami bildiradi.
Xor  kuyi  tantanali  ohanglami  mohirona  passajlar  bilan  o‘zaro 
almashuvi  evaziga  bir  bo‘g‘inning  uzoq  kuylanishi  orqali  beriladi 
(Grigoryan an’analaridan olingan “yubilatsiya” aytirai). Yengil va aniq 
harakat 3/8 o‘lchovida Baxning raqs  syuitalarini eslatadi.  Mazkur xor 
o‘zini tantanavor kayfiyati bilan boshqa D-dur xorallari, messaning II 
va IV (Sanstus) qismlarga yaqinligi bilan ajralib turadi.
II  qism,  umuman  olganda,  quvonchga  to‘la  bo‘lsa-da,  ichida 
Kyrie  olgan  qayg‘u~alam  rivojini  davom  ettiradi.  Markaziy  xor  №8, 

Download 6,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish