ma’naviy poklik timsollarini o’zliklarida tirik tajassum etishlari bilan bog’liq bo’lgan. Shu bois ular - ma’no (ya’ni, Haq mohiyatidan ogohlikka intilish) va safo (poklikka, ma’naviy qusurlarni engib o’tishga jahd qilish) ahli sifatida ulug’langanlar. Alisher Navoiyning asl darveshlar - ma’no va safo, ziyo va ishq ahli - haqidagi mukammal kitobi “Nasoimul-muhabba min shamoimul-futuvva”dir. Dehqon va ziyolidan tashqari yana ikki asosiy ijtimoiy toifa mavjud bo’lib,
Darvesh – Navoiy nazdida ma’naviy kamolotga erishgan shaxs, haqiqiy ziyoli timsoli, “ichi tashi bilan muvofiq, balki arig’roq (pokroq), botini zohir bila musoviy (teng muvozanatda), balki yorug’roq” deb ta’riflaydi ularni shoir. Bu toifa ahli elga faqat ma’rifat, ilm nurini tarqatish bilan kifoyalanmaydi, ular insonlar diliga poklik, mehr-oqibat, ezgulikka intiqlik, o’z-o’zini anglash tuyg’ularini singdiradi.
ular ham jamiyat uchun zaruriydir. Biri - barcha ijtimoiy sohalardagi tashkil etuvchilar, ikkinchisi - kosib-hunarmandlar, ya’ni sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilardir. Tashkil etuvchilar
guruhi o’z tabiatiga ko’ra, to qadim dunyodagi qabila boshlig’idan tortib, o’rta asrlardagi shoh va sultonlar, yangi davrdagi burjua sinfigacha ko’pincha hukmronlik mavqeini egallab kelganlar. Navoiy bu tabaqa vakillarini birinchi bo’lib ta’riflaydi: sultonlar, beklar, noiblar, vazirlar, sadrlar, shayhul-islom va qozilar, lashkarboshi va yasovullar...
Bularning aksariyati mutafakkir shoirning achchiq ginalariga sazovor bo’ladi. Ularsiz jamiyat to’kis emas, ammo ularning “tashkil etish” usullari davr taqozosi va hukmronlikning murakkab botiniy qonuniyatlari ta’sirida o’ta johil va ayovsiz
shakllarda namoyon bo’lar va shu sababli Navoiy singari oriflar va mehr ahli dilida iztiroblar uyg’otar edi.
Adib asarida “bozor kosiblari” va o’zga hunar ahlini ham ayamaydi. “Bozorda savdogar kosib - tengriga xoin va va’daga kozib (yolg’onchi). Birga arzirni yuzga sotmoqdin alarg’a ming mubohot, mingga tegarni yuzga olmoqdin alarg’a yo’q zarra uyot. Rostliq bila savdo alarg’a ziyonkorliq va va’daga vafo alarg’a badkirdorliq...”103 Ko’rinib turibdiki, Navoiy kosibni bozorda, iqtisodiy muomalada tasvir etmoqda. Bu erda u xususiy mulkchi, ushbu holatda uning savdogardan, sarmoyasini ko’paytirish g’amida yurgan korchalon (biznesmen)dan farqi yo’qdir. Hunar ahlining dehqondan farqi - u yaratuvchi sifatida ona-tabiatdan uzilib qolganligidir. U tabiat bilan emas, bozor bilan bog’liq, bozorda hamma narsa nisbiy - yo sen aldaysan, yo seni aldaydilar. Dehqon esa tabiat bilan muloqotda, tabiatni aldab bo’lmaydi, oxir-oqibat o’zing aldanib qolasan. Bu bilimni dehqon va chorvador ming yillik amaliy tajribasi bilan chuqur o’zlashtirgan.
Yaratuvchi kosib, hunar ahli o’z puxta ma’naviy asosini ishlab chiqmagan, insonlik mohiyatini anglab etmagan bo’lsa, oddiy bozor tovlamachisi darajasiga tushib qolishi yoki xonavayron bo’lishi hech gap emas. Sababi - inson tabiati ham barcha voqelik hodisalari singari o’z ichki ziddiyatiga egadir. U bir tarafdan hayvonot olamiga, ikkinchi tomondan Haqqa, borliqning ma’naviy mohiyatiga tutashdir. “Lison ut-tayr”da ta’kidlanishicha, inson jismida to’rt bir-biriga zid moddiy unsur birlashgan, dili esa haqiqat asrorining ganjinasidir. Hayvonlarning har qanday toifasi, avvalo qorinning quli, qolaversa o’z naslidan avlod qoldirish vazifasini, tabiat buyurgan vazifani bajaradilar, yana bir-biriga emish bo’ladilar. Insonda ham hayvonlarda bo’lgan barcha tabiiy ehtiyojlar mavjud. Agar inson o’z aqlini ma’rifat ziyosi bilan yoritmasa, yaratuvchilik vazifasini ado etishga ongli munosabatda bo’lib, astoydil shug’ullanmasa, dilida o’zgalarga mehr-shafqat tuyg’usi yolqinlanmasa, u ham ikki oyoqli mahluq, qorinning quli bo’lib qolaberadi.
Insonga aql Haqni tanish uchun berilgan. Agar aql vazifasidan adashsa, dorilik uchun mo’ljallangan javhardan zahar sifatida foydalanish kabi holat vujudga keladi. Zahar vazifasini bajara boshlagan aql qudrati butun insoniyatni zaharlashga qodirdir. O’tmish “lison ul-g’ayb” egalarining asosiy faoliyat mazmuni ushbu falokatning oldini olishga qaratilgan edi.
103 Alisher Navoiy, Mukammal asarlar to’plami. 14-j., T., 1998, s.35
152
Sobiq sho’rolar davrida biz sof materializm va jangovar ateizm pozitsiyalarida sobitqadamlik ko’rsatib, ajdodlarimiz merosidan ham dahriylik unsurlarini qidirar edik. Mo’ljalimizga bir oz mos keladigan fikr yo jumla topsak, uni har tomonlama ko’z-ko’z qilardik. Bordi-yu, aksincha bo’lsa, ularni ommaviy nashrlardan tushirib qoldirar, murakkab o’rinlarni ko’rib-ko’rmaslikka olib o’tib ketar edik. Mustaqillik sharofati tufayli islomga umumiy qaytish jarayoni rivoj olib, biz ham buyuk ajdodlarimiz asarlaridagi dinga aloqador o’rinlarga ayricha ahamiyat bera boshladik. O’tmish allomalar uchun o’z-o’zidan tabiiy bo’lgan e’tiqodlilik ko’zimizga to’tiyo bo’lib, “Mana falonchi ham e’tiqodli musulmon bo’lgan, Allohga munojot etgan”, deb ta’kidlash bugun bizga faxr tuyg’usi baxsh
eta boshladi. Tasavvufni ulug’lash, barcha o’tmish allomalarimizning mutasavvif ekanligiga e’tibor qaratish ham ushbu jarayonning uzviy qismidir. Har ishda me’yor tuzuk. Inson tabiati faqat ruhiy dunyodan iborat bo’lmagani sababli, u agar to’liq moddiy dunyo ehtiyojlarini rad etsa, yo bu foniy dunyoni tark etmog’i, yo ikkiyuzlamachilikni, ya’ni riyokorlikni kasb etmog’i lozim. Ahli futuvva ushbu ziddiyatni engib o’ta olgan jamoadir. Futuvva ma’naviyatini o’zlashtirgan kishi amalda yaratuvchi va ruhiyatda darveshdir. Uning axloqiy jihatdan sifati - javonmardlik, ya’ni sahovatlilik, oliyhimmatlik, kamtarinlik, to’g’riso’zlik, mardlik kabi xislatlarning uzviy yaxlitlikda namoyon
bo’lishidir. “Bu guruh mehnat bilan topgan nonini boylik deb bilgay”, deb yozadi Unsuralmaoliy Kaykovus.
Darhaqiqat, Alisher Navoiyning “Nasoim ul-muhabbat min shamoim ul- futuvvat” asarida tilga olingan mashoyix va avliyoning hayot tarzidagi asosiy xususiyatlardan avvali ularning har biri bir kasb bilan mashg’ul bo’lib, halol mehnatlari hisobiga ro’zg’or tebratishlaridir: Abu Said Xarroz - etikdo’z, Muhammad Sakkok - pichoqchi, Abu Hafz Haddod - temirchi, Abulabbos Omiliy - qassob, Ibrohim Ojiriy - g’isht quyuvchi, yana birlari hammol, boshqalari najjor, hech bo’lmasa, o’tin tashuvchi va hokazo.104
Ma’naviyat - o’zlikni anglashdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, milliy ma’naviyat tarixi millatning o’zligini anglash yo’lidagi takomil bosqichlaridan iborat. Avvalo inson urug’ jamoasi, qabila darajasida, so’ng xalq, millat darajasida o’zligini anglab etdi. Insoniyat takomilidagi necha ming yillar davom etgan bu birinchi katta davr millatimiz uchun VI-VII asrlarda Buyuk turk xoqonligining tashkil topishi bilan yakunlandi.
Keyingi davr millatimizning islom mintaqa madaniyati doirasida bosib o’tgan takomil yo’li bo’lib, VIII asrdan XVI asr boshlarigacha davom etdi. Ilohiy kitoblarda avval boshdanoq butun insoniyat, tabiat va koinotning yaxlitligi, birligi haqida xabar berilgan bo’lsa ham, «er yuzidagi xalifalar» atalmish insonlar
104 Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to’plami.15-jild, s. 68
153
umumbashariy miqyosda o’zaro bir-biriga nisbatini mukammal anglab etishi uchun ne-ne zamonlar kerak bo’ldi.
XIV-XV asrlarga kelib tavhid ta’limotini tushunish eng yuksak bosqichga ko’tarildi. Shu asrda Evropa xristian dunyosi bilan bizning mintaqa orasida ham tarixiy-siyosiy, ham ruhiy-ma’naviy yaqinlashuv kuzatiladi. Siyosiy jihatdan bu hodisa Amir Temur davlatining xalqaro aloqalarida ko’zga tashlansa, ma’naviy jihatdan Sharqda Alisher Navoiy, G’arbda Piko della Mirandola (1463-1494) kabi buyuk siymolar ijodida yorqin namoyon bo’ldi.
Shu jihatdan Alisher Navoiy ijodiy kamolotining uchinchi, eng yuksak bosqichi haqida yana biroz to’xtashga to’g’ri keladi. 1497 yilda temuriyzoda o’smir, 14 yoshli Mo’’min Mirzo xoinona qatl etildi. Bu hodisa VIII-XV asrlarda mintaqa miqyosida erishilgan buyuk ma’naviy kamolot bilan siyosiy hayot sohasidagi hanuz saqlanib kelayotgan xurofiy an’analar orasida borgan sari chuqurlashib borayotgan ziddiyatning halokatli tus ola boshlaganiga yana bir jiddiy ishora bo’ldi.
Mastlik g’aflatida o’z sevimli nabirasi qatliga imzo chekkan Sulton Husayn dinu imon nimaligini bilmagan johil va mutakabbir, xudbin va mustabid shaxs emas, balki Forobiy va Yusuf Xos Hojib tavsif etgan ma’rifatli hukmdor, Navoiy orzusidagi darvesh-shoh timsoli edi.
Bu fojia ortidagi teran mohiyatni butun ko’lami bilan Alisher Navoiy tushunib etdi. Navoiyning vasiyatnomasi hisoblanuvchi so’nggi uch asari: «Lison ut tayr» (1498), «Muhokamat ul -lug’atayn» (1499) va «Mahbub ul-qulub»(1500) o’z mazmun-mohiyati bilan, bir jihatdan,VIII-XV asrlar islom mintaqa ma’naviyati takomiliga yakun yasasa, ikkinchi jihatdan, ham millatimiz, ham umumbashariyat ma’naviy takomilida uchinchi - Yangi davrni boshlab beradi. Alohida jiddiy tahlil talab qiluvchi bu masalani har tomonlama yoritishga intilmagan holda bir necha muhim nuqtalariga to’xtalib o’tamiz.
Alisher Navoiy butun ijodida salaflar an’anasiga tayandi. Ammo ushbu an’analar chegarasida turgan holda ularga o’z ijodida shunday nazmu tartib baxsh etdiki, buning natijasida mutlaqo yangi mohiyatlar kashf etildi. Birinchidan,
«Lison ut-tayr»da «majoz tariqi» vositasida insoniyatning yaxlitligi va buni anglab etish har bir insonning ma’naviy kamolot sari cheksiz intilishi orqali yuz berishi mumkin ekanligi yana bir karra ta’kidlandi. Shu bilan birga bashariyat miqyosidagi mukammal ijtimoiy tizim shakllanishi undagi har bir shaxsning ma’naviy barkamolligi bilan bog’liq ekanligi, bu barkamollik bashariyatning har bir a’zosiga (uzviga) nisbatan beg’araz va samimiy mehr mas’uliyati bilan o’lchanishi yorqin timsollarda ochildi. Ayniqsa, Shayx San’on qissasida bu g’oya muhim va muayyan bir muammoni - har ikkisi ham «ahli kitob» bo’lmish islom va xristian dunyosi kishilarining o’z ichki ruhiyatidagi turli xurofotlarni engib o’tib, beg’araz va fidoyi mehr asosida o’zaro yaqinlashuvlari mumkinligini ko’rsatish bilan ifodalandi. Endi insoniyatning yaxlit mohiyat sifatida birlashuvi zo’rlik va bosqin asosida emas, o’zaro mehr va bir-birini tushunishga intilish, har bir shaxsning ma’naviy kamoloti orqali erishiladigan voqelik ekani - Yangi davrning bu buyuk haqiqati - 500 yil ilgari shunday bashorat etildi.
154
Ikkinchidan, «Muhokamat ul- lug’atayn»da Alisher Navoiy davr taqozosi bilan mintaqa bo’ylab sochilib ketgan turkiy qavm vakillarining yaxlit ma’naviy qiyofasini tugal saqlab qolish yo’lidagi barakali faoliyatiga nazariy yakun yasadi. Amir Temur yaratgan siyosiy-hududiy yaxlitlik oxirgi urinish ekanligini dildan sezgan ulug’ shoir Yangi davr sharoitida ma’naviy umumiylikka intilish xayrli ekanligini anglab etdi va shuni aniq nazariy asosladi.
Uchinchidan, «Mahbub ul-qulub»da o’sha davr jamiyatidagi turli toifalar o’z salbiy va ijobiy xislatlari bilan to’liq ta’rif etilib, ularning har biri jamiyat taraqqiyoti va davlat tizimida qanday o’ziga xos vazifa egasi ekanliklari tushuntirildi. Bu jihatdan, Alisher Navoiy Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqalarning siyosiy-ijtimoiy qarashlarini ijodiy rivojlantirdi. Agar «Qutadg’u bilig» muallifi birinchi o’ringa «xos ahli»ning to’rt etakchi namoyandasi –elik, ya’ni hukmdor (Kuntug’di - adolat timsoli), vazir (Oyto’ldi - baxt, davlat timsoli), uning o’g’li va o’rinbosari (O’gdulmish - aql, bilim timsoli) va zohid (O’zg’urmish- qanoat timsoli)ni chiqarib, qolgan ijtimoiy toifalarni ularga tobe tarzda tasvirlagan bo’lsa, Alisher Navoiy 40 bobda barcha toifalarga teng o’rin ajratibgina qolmay, asosiy moddiy boylik yaratuvchi kuch - dehqonlar va ma’naviyat ahli - ziyolilar timsoli - darveshlarni alohida mehr bilan tasvirladi. Yana alohida qismlarda eng muhim ijtimoiy-axloqiy xislatlar mohiyati va shaxs tarbiyasiga oid ibratli tanbehlar joy oldi. «Mahbub ul-qulub» mundarijasi, «Lison ut-tayr» dostonidagi ijtimoiy-siyosiy talqin qatlami bilan birgalikda, yangicha ijtimoiy tizim - fuqarolik jamiyati ma’naviy talablariga ishora etuvchi ilk kurtaklardan bo’lib chiqdi.
Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiy «vasiyatnomasi» Yangi davr ma’naviyatining o’zak tomirlarni o’ziga xos badiiy va ilmiy shakllarda ilk bor izchil ifoda etish bilan islom mintaqa ma’naviyati va Yangi davr o’rtasida mustahkam ko’prik bo’lib xizmat qildi.
Alisher Navoiy ijodining bu «ko’prik»lik xususiyati yaxlit olganda shoir ilmiy izohlab bergan «majoz tariqi» tushunchasida mukammal ifodasini topdi. Birinchi navbatda badiiy ijod sifatida mujassamlashgan bu tushuncha mohiyat jihatidan badiiy tafakkur doirasi bilan cheklanmas, balki «Al-majozu qantarat ul- haqiqa» (Majoz haqiqatning ko’prigidir) hadisiga tayanuvchi alohida dunyoqarash tizimi sifatida inson hayotining barcha jabhalariga taalluqli edi. «Majoz tariqi» namoyandalari Haqiqat asrorini majozdan izladilar, «majoz»da Haqiqat izlarini ko’rdilar va fano orqali baqoga intildilar. «Majoz tariqi»da Tavhid mohiyati Yangi davr qadriyatlariga muvofiq keluvchi yangicha talqin oldi. Bu olamshumul kashfiyot edi.
Sunna ibrat orqali e’tiqod bo’lib, Borliqning yagona Oliy Haqiqati mavjudligini tan olish va unga chin dildan e’tiqod qilishni taqozo etgan, ma’rifatchilik - insoniyat anglab etgan barcha mavjud bilimlar mohiyatan Tavhid e’tiqodiga muvofiq ekanligini ilm va mantiqiy tahlil vositasida isbot qilishga qaratilgan, Irfon Haqiqat ishqi alangasiga tik kirib borib, nafsni xudbinlik zangidan poklash va shu orqali shaxsning Oliy Haqiqatga daxldorligini amalda ta’minlash yo’li sifatida o’zini ko’rsatgan bo’lsa, «Majoz tariqi» Haqiqat izlovchilarni yana baqodan fanoga yuzlantirdi. O’zligini anglab etganlar endi o’zgalarni anglashga
155
intilib, o’z qalbiga sayqal berib, unda Haqiqat nurining aks etishiga erishganlar. Endi o’zgalar qalbiga ziyo baxsh etishni hayot mazmuniga aylantirmoqlari asosiy maqsad yo’nalishi qilib belgilandi. Navoiy aqidasiga binoan etakchi qoida
Do'stlaringiz bilan baham: |