Xarobat aro kirdim oshuftahol, May istarga ilgimda sing’on safol.
Xarobot - ham vayrona, ham mayxona, ham mug’ dayri, ya’ni otashparastlar ibodatxonasi, ham bu foniy dunyo - asli barchasi bir narsa - xarobot.
Shoir may istaydi, ammo may to’la ko’za chil-chil bo’lgan, uning qo’lida faqat singan sopol parchalari qolgan. Ushbu sopol bo’laklarini ehtiyot bilan
yig’moq kerak. Qadimgi obidalarni tuproq ostidan parcha-parcha holda topib,
Xarobot – vayrona, unda “mug’ dayri”, ya’ni otashparastlar ibodatxonasi joylashgan, ko’chma ma’noda bu foniy dunyo
to’plab, har birini chang-g’ubordan, chirkdan tozalab, ularni koshinkor ustalar kabi bir-biriga mosini aniqlab, to’g’ri joylashtirib, naqshlar yaxlitligini tiklab, keyin bir asosga tarxini chizib, o’sha asosda bir-biriga yopishtirib, etmagan, topilmagan joyini o’rniga qarab
tasavvurda tiklab, yaxlit idish holiga keltiradigan zukko atiqashunos vazifasini ado etmoq kerak.
Ana shundan so’ng bu idish nima vazifa bajargan, uning mazmuni, shakli, undan foydalanish qonun-qoidalarini aniqlash mumkin. Biz ham ustoz adib ijodiga shunday munosabatda bo’lsakkina, u yaratgan yoki ishlatgan har bir timsol, tashbih, atamalarga g’oyati e’tibor bilan yondoshib, ularni bir-biriga qiyosan o’rganib, mag’zini chaqishga urinsakkina bir natija chiqishi mumkin. She’rga qaytamiz. Uning bir bandi tugab, yangisi boshlanadi:
Safol ichra bir jur’a loye manga, Erur jomi getinamoye manga, Ketarmakka xudbinligim ranjini, Qani boda yanglig’ davoye manga.80
Ko’ngil ko’zgusi – milliy ma’na-viyatimiz an’analariga ko’ra Inson ko’ngli ma’rifat xazinasi bo’lib, bu sehrli tilsim ichiga Alloh haqiqati o’z sirrini pinhon etgandir. Ma’naviyat ana shu ko’ngil tilsimiga yashiringan Alloh haqiqatining zuhuridir. Inson ruhi Borliq haqiqati bilan doimiy uyg’unligini saqlashi uchun ibrat va ilm, riyozat va mehr ma’rifati uni bir zum tark etmasligi talab etiladi, ayni shular ko’ngil ko’zgusini pok tutib turadi.
Haqiqiy oshiq uchun may ko’zasining sinig’i - sopol parcha yuzida saqlangan bir qultum may quyqasi (loyi) ham butun jahonni (balki koinotni) o’zida aks ettira oluvchi vahdat mayi to’la qadah (jom) o’rniga o’taveradi, o’sha vazifani ijro qilaveradi.
Bu nima degani? Borliq mohiyati vohid va yagona. Ammo inson ushbu yagona mohiyatni ko’z bilan ko’ra olmaydi, inson faqat uning majozini - ko’zgudagi aksini ko’rishga qodir. Majozda, ya’ni tabiat, voqelik ko’zgusida tasvir parchalanib ketgan, vahdat (yagonalik) zohiran kasrat (ko’plik)ga aylangan, shu sababli bu voqeiy dunyo xarobotdir, vayronadir, butparastlar
ibodatxonasidir, uni oshiq mayxona sifatida ko’radi, har sanamda yagona bir sanamni ko’rib unga oshiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |