R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M


-fasl. Qadimgi bitiklar, xalq og’zaki ijodi va milliy bayramlar millat ma’naviyatini o’zida yorqin aks ettiruvchi noyob boyligimizdir



Download 0,7 Mb.
bet7/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

2-fasl. Qadimgi bitiklar, xalq og’zaki ijodi va milliy bayramlar millat ma’naviyatini o’zida yorqin aks ettiruvchi noyob boyligimizdir.


Kitobda birinchi navbatda mintaqa xalqlarining eng qadimgi yozma merosi “Avesto” tilga olinadi. Ushbu bebaho ma’naviy obidada “borliqning yaxlitligi va bir butunligi, inson hayotining tabiat bilan uyg’unligi masalasi odamning ruhiy olamiga chambarchas bog’liq holda ko’rsatilganligi” ta’kid etiladi. Ayniqsa, undagi ulug’ axloqiy tamoyil “ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal” birligi bugungi kunimizda ham ma’naviy ahamiyatini to’liq saqlab kelayotganligiga alohida e’tibor qaratiladi.







2 Islam Karimov. Istiqlol va ma’naviyat. T.-«O’zbekiston»- 1994, s. 65-66
8
Xalq og’zaki ijodi va uning noyob durdonalari ham millat ma’naviyatini o’zida yorqin aks ettiruvchi noyob boylik ekanligini Prezident kitobida
«Alpomish» dostoni misolida hayajonli satrlarda ochib berilgan. Bu dostonning “ko’p asrlik milliy davlatchiligimizning xalqona badiiy ifodasi” ekanligi haqidagi mulohazalar xalq ardoqlagan bahodir alplar timsoli naqadar ulug’vor ramzlarni o’zida yashirganiga bizning diqqatimizni tortadi. Muallif mustaqillik tufayli bor hashamati bilan qayta tiklangan Navro’z bayramining chuqur falsafiy mazmuniga ham alohida e’tibor qaratadi. Bu qadim bayramimiz “biz uchun hayot abadiyligi, tabiatning ustivor qudrati va cheksiz sahovatining, ko’p ming yillik milliy qiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasi” bo’lib kelayotganligi ta’kidlanadi. Shu o’rinda “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobining bir noyob xususiyatini alohida ajratib ko’rsatishni xohlar edik. Muallif nazariy teranlikni yorqin misollar, ehtirosli ifodalar bilan ajoyib uyg’unligiga erisha bilgan va bu bilan bizga o’xshagan ko’pgina darslik va qo’llanmalar yozishga bel bog’laganlarga ibratli namuna ko’rsatgan. U qadim bitiklar, xalq og’zaki ijodi, marosim va urf-odatlarimizni ma’naviyatni shakllantiruvchi muhim mezonlardan ekanligini oddiy sanab o’tish bilan cheklanmaydi, balki ularning har biriga bir yorqin misol keltirib, ushbu tasnifdagi har bir asarda alohida bir ma’naviy olam mavjudligini ko’z oldimizda yaqqol gavdalantirib beradi.
Ma’lumki, yurtimizdagi bizga ma’lum ilk shakllangan yaxlit ma’naviyat tizimi “Avesto” kitobida o’z aksini topgan. Bu kitob mustaqillik sharofati bilan hozirgi o’zbek tiliga to’liq tarjima qilinib nashr etildi. Bir paytlar bu kitob muqaddas “mazdayasna” diniga asos bo’lgan bo’lsa, bugun biz unga yirik adabiy yodgorlik sifatida qaraymiz. “Avesto” matnlari shakllangan, yig’ilgan va qayta yig’ilgan davrlar asotir tafakkur davri bo’lgani sababli bu kitobda bayon etilgan ma’naviy qadriyatlar tizimi keyinchalik boshqa yurtlarga tarqalib, turli siyosiy, g’oyaviy ta’sirlar ostida ko’p joylarida mushriklik aqidalari bilan chalkashib ketdi. Masalan, Zardusht gohlarida tilga olingan 7 amshosipandlar mohiyatiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, qadim avesto tilida Spinta Maynyu (Sipand Miynu) - “tafakkur olami”, Ashah Vahishta (Ardabehesht) – “go’zal haqiqat”, “mukammal nizom”, Vuhuvmana (Bahman)– “ezgu niyat”, Spinta Ormaitiy (Ispandormaz) - “komil aql”, Zashra Vayrayah (Shahriyor)– “umid dunyosi”, Amirmitota (Amurdod) – “umrboqiylik”, “abadiyat”, Xavravatot (Xo’rdod) – “komillik”, “to’g’rilik” ma’nolarini anglatib kelgan. Keyinchalik kohinlar talqinida bularning harbiri ilohiy xilqat sifatida tasavvur qilinib, ularga sig’inish qoidaga aylangan, ya’ni Zardusht da’vatidagi yagona Parvardigor - Axura Mazda(ilohiy bilim egasi, ma’nosida)ga e’tiqod qilish o’rniga yuqoridagi kabi ma’naviy qadriyatlarni ilohlar, ya’ni sig’inish ob’ektlariga aylantirish holati yuz bergan.
Islom dini bu sohada masalani oydinlashtirdi. Qur’oni karimning nozil bo’lishi bilan umumbashariy miqyosda uzil-kesil asotir tafakkurdan ilmiy tafakkurga o’tishning e’tiqodiy asoslari mukammal tus oldi. Keyinroq borib ma’naviyatga oid fanlarning umummetodologik asosi - naqliy va aqliy bilimlar uyg’unligi mustahkam poydevorga ega bo’ldi. Prezident asari diqqat bilan o’qilganda ayni shu jihatlar ham e’tibordan chetda qolmagani ma’lum bo’ladi.
9

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish