R. S. Qosimov (rais), X. Sultonov, Q. Nazarov, M



Download 0,7 Mb.
bet42/137
Sana22.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#839960
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   137
Bog'liq
Milliy ma\'naviyat bosqichlari (M.Imomnazarov)

Taqlidiy imon – ilm dara-jasiga ko’tarilmagan, mohi-yatan anglab etilmagan, faqat ibrat asosidagi e’tiqod bo’lib, uning egalari turli botil yo’nalishlar va aqidaparastlik ta’siriga oson berilish xavfidan xoli emaslar.
Zamon o’zgaruvchan, inson tabiati esa bequsur emas. Payg’ambarimiz vafotidan so’ng uning eng yaqin sahobalari, ul zot ishongan, tayangan, ko’ngil bog’lagan insonlar orasida nafaqat ichki raqobat, bahs va kelishmovchiliklar, balki qonli to’qnashuvlar, rostmana janglar sodir bo’ldi. Birgina payg’ambarimiz risolatiga birinchilardan bo’lib imon keltirgan
hazrat Ali bilan boshqa bir guruh, ya’ni Talxa, Zubayr kabi sahobalar orasida yuz bergan jiddiy to’qnashuv, unda Talxa va Zubayrning halok bo’lishi bilan aloqador hodisalarni misol keltirsak, shuning o’ziyoq voqelikning naqadar murakkab ekanligiga guvohlik beradi. Buning ustiga
Payg’ambarimiz hayotlik davrlariga nisbatan keyingi asrlarda mintaqa xalqlari ijtimoiy takomilida katta o’zgarishlar yuz berdi, ularni inkor etish, Rasululloh davridagi muslimlar ummasining hayot tarziga to’liq qaytish, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar taqozosini tan olmaslik keyingi asrlar mintaqa ahli uchun imkondan tashqari edi. Bundan tashqari Sunna bosqichida Rasululloh ibrati ko’pgina savollarga bevosita javob topish
imkonini bergan bo’lsa, keyinroq borib, birmuncha murakkabroq, jiddiy fikr yuritishni talab qiladigan muammolar paydo bo’la boshladi. Natijada aql bilan, aniqrog’i mantiqiy tafakkur bilan ish olib borishga ehtiyoj kuchaydi. Masalaning yana boshqa jihati ham borki, Sunna bosqichi - ibrat yo’li. Agar ilm bo’lmasa, ibrat taqlidga aylanish xavfi bor. Taqlidchilik esa islomda doim qoralanadi. Shunday ekan, ma’rifatchilik davr taqozosi, hayotiy ehtiyojdir.

Tahliliy imon – chuqur bilim va tafakkur natijasida shakllangan, yuksak ma’naviyat egalari, orif insonlarga xos mohiyatan anglab etilgan e’tiqod.
Asli bu ehtiyoj payg’ambar hadislarini to’plash jarayonidan ularni
mavzular bo’yicha tasniflash jarayoniga o’tishdayoq, ya’ni Malik ibn Anas, Imom Muhammad ash-Shaybon, keyincha Imom al-
Buxoriy, Imom at-Termiziy kabi muhaddis ulamolar faoliyatida ayon bo’la boshlagan edi. Ammo muhaddislar faoliyati baribir ularning tafakkur qudrati natijalarini yordamchi mavqeda ushlab turar, mazmun jihati asosan hadislarning o’zida mujassam edi. Shu bilan birga islomda sof diniy maqsadlarda ham mantiqiy tafakkurga tayanish ehtiyoji avval boshdanoq mavjud bo’lgan. Buning sabablaridan yana biriga to’xtalib o’tsak.
60
Sodda bir mushrikni tavhid imoniga keltirmoq uchun, agar Alloh taolo uning dil ko’zini berkitmagan, ma’nan quloqlarini kar qilmagan bo’lsa, Qur’on oyatlarining Payg’ambarimiz va sahobalar tafsiri va talqinidagi bayoni, musulmon jamoasi qo’lga kiritgan siyosiy va ma’naviy yutuqlar ibrati balki kifoya qilar. Ammo islomdan ilgari shakllangan o’ziga xos mukammal tizimga ega bo’lgan diniy ta’limotlar, jumladan, Mazdayasna (zardushtiylik), Veda kitoblari asosidagi hindaviylik, buddaviylik, masihiylik va hokazolar har biri mintaqa xalqlarining azim bir guruhini o’ziga jazb etgan bo’lib, ushbu eski aqidalar etagini mahkam tutgan shaxslar VIII-IX asrlarda mintaqada ko’pchilikni tashkil etardi. Ularni majburlab, qilich bilan yangi e’tiqodga jalb etish oxir-natijada qoniqarli bo’lmasligi ayon edi. E’tiqod zo’rlik bilan bo’lmaydi. Xullas, Sunna axloqi muslimlar jamoasining ichki muvozanati va intizomi uchun zarur bo’lsa, mintaqa
va jahondagi o’zga ta’limotlar, o’zga aqida tizimlarini ma’nan engib o’tish uchun endi mantiqiy tafakkur qudrati lozim edi. Darhaqiqat, IX asrda Eronda, qisman, Movarounnahr va Xuroson da, Mazdayasna e’tiqodi hanuz keng urf bo’libgina qolmay, hatto bu ta’limot
xususida bugungi kungacha etib kelgan muhim asarlar yaratilgani bizga ma’lum. Xuddi shu davrda Sharqiy Turkistonda monaviylik bid’ati va


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish