R. S. Amriddinova mehmonxona servis xizmati



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/86
Sana21.06.2022
Hajmi0,84 Mb.
#689431
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86
Turistik bazalar
, dam oluvchilarning muayyan tarzda tartibga 
solingan kontingentiga, yuklash, foydalanish va ish tartibiga ega bo‘lgan 
turistik muassasalarning an’anaviy turi sifatida, asosan maxsus ishlab 
chiqilgan va jihozlangan piyoda, chang‘i, suv, tog‘, ot, chana, velosiped, 
avtobus trassalari yoki aralash turistik trassalardan o‘tkazilgan marshrutlar 
bo‘ylab sayohat qiluvchi rejali (qisman – mustaqil) turistik guruhlarni dam 
olishga qabul qilish va xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallanadi. 
Turistik bazalar odatda shahar yaqinidagi dam olish zonalarida, 
turistik-sog‘lomlashtirish hududlari yoki komplekslari tarkibida joylashadi. 
Ammo tegishli tarzda iqtisodiy asoslantirilgan hollarda turistik bazalarni 
o‘ziga xos ekskursiya ob’ektlariga va faol dam olish uchun tabiiy-iqlimiy 
shart-sharoitlarga ega bhlgan aholi kam yashaydigan joylarda (yaxshi 
transport qatnovini ta’minlagan holda) ham qurish mumkin. 
Qoida tariqasida, turistik bazalardan radial, to‘g‘ri va halqali 
marshrutlar bo‘ylab sayohatlar tashkil etishda asosiy turistik muassasalar 
sifatida foydalaniladi. Bunda asosiy kontingent bazaning o‘zida uzoq vaqt 
(4-10 kun) yashaydi. Shu bois turistik bazalar turistik marshrutlarning 
boshlang‘ich yoki oxirgi punktlarida sport turizmi yoki ma’rifiy turizm 
uchun yoki bhlmasa aralash turistik sayohatlar uchun quriladi. 
Chet elda turistik bazalardan foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, 
ular turistik pansionat prinsipiga khra faoliyat ko‘rsatishi, ya’ni «qizg‘in» 
mavsumlarda mustaqil tarzda kelgan turistlarni yo‘llanma bilan 
cheklanmagan muddatga qabul qilishi va ularni barcha zarur turistik 
xizmatlar bilan ta’minlashlari mumkin. Bunday turistik bazalar 
mamlakatimizda hozircha tarqalmagan, ammo kelajakda ular mustaqil 
34


tarzda sayohat qiluvchi turistlarning dam olishini tashkil etish 
muammosini hal qilishga ko‘maklashishi mumkin. 
Joyning tabiiy-iqlimiy va jug‘rofiy omillari ta’siri, shuningdek bunga 
bog‘liq tarzda turizmning muayyan turiga ixtisoslashish turistik 
bazalarning memorlik-tarx yechimlarini tanlashda individual yondashuvni 
taqozo etadi. Bunda quyidagi tabaqalanishga amal qilish maqsadga 
muvofiq bo‘ladi:
tog‘
hamda
tog‘ chang‘i sporti
turistik bazalari, 
tekislikdagi
hamda
dengiz, daryo yoki khl bo‘yidagi
turistik bazalar, 
shuningdek bevosita akvatoriyalarda joylashgan 
suv sporti
turistik bazalari 
(akvatellar, flotellar, marinalar va sh.k.).
Joylashtirish ob’ektlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish 
amaliyotining tahlili shuni ko‘rsatadiki, yil bo‘yi ishlaydigan turistik 
bazalar hududida asosan yozda foydalanishga mo‘ljallangan yozgi 
pavilonlar, kottejlar, shalelar qurish, palatkalar va boshqa statsionar yoki 
yig‘ma joylashtirish vositalarini o‘rnatish maqsadga muvofiqdir. Turistik 
bazaning sig‘imini mavsumiy kengashtirish imkoniyati loyihalash 
bosqichidayoq qo‘shimcha maydonlar ajratish orqali nazarda tutilishi 
lozim. 
So‘nggi yillarda turistik bazalar (turistik mehmonxonalar)ni bevosita 
memorlik yodgorliklari – binolarda hamda tarixiy diqqatga sazovor 
joylarda tashkil etish va turistlarni qabul qilish keng tarqalmoqda. Bu 
maqsadda eski binolar, memorlik ansambllari restavratsiya qilinmoqda, 
yangi funksional vazifasiga qarab ularning tarxini qisman o‘zgartirish 
amalga oshirilmoqda. Bunday hollarda turistik bazalar joylashtirish 
vositalari, hziga xos turistik xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek namoyish 
etish ob’ektlari funksiyalarini o‘zida mujassamlashtiradi va ekzotik 
yo‘sindagi turistik ehtiyojlar qondirilishini ta’minlaydi. Turistik 
faoliyatning mazkur turi muhim tarixiy va madaniy merosni saqlab qolish 
imkonini beradi. 

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish