R. O. Ismatov Nammqi, "Menejment" kafedrasidotsenti, iqtisod fanlari



Download 5,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/325
Sana05.12.2022
Hajmi5,94 Mb.
#879482
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   325
Bog'liq
Стратегик менежмент

1. Davlat budjeti:
- Budjetdan moliyalashtirish tibbiyot muassasalarining ishlab chiqarish 
quvvatlari asosida amalga oshiriladi;
- Ijtimoiy adolat ta ’minlanadi;
- Barcha aholi uchun bir xil hajmdagi xizmatlar kafolatlanadi;
- Boshqarish va nazorat qilish uchun nisbatan oddiy va arzon;
- Moliyalashtirish tizimi maqbul va qulay.
2. Majburiy ijtimoiy (tibbiy) s u g ’urta:
- Ijtimoiy adolatning ta’minlanishi;
- Barcha aholi uchun bir xil hajmdagi xizmatlarning kafolatlanishi;
- M ablag’larni to ’plash va mijozlarni himoya qilish uchun xarajatlarning ortib 
borishi;
- Ish beruvchilar tomonidan norozilik kelib chiqishining mumkinligi.
3. Xususiy tibbiy sug ’urta:
- ajratmalarning aksariyat hollarda iste’molchilarning to ’lash qobiliyatiga 
emas, ularning ehtiyojiga bog’liqligi;
- tabaqalashgan tibbiy yordam dasturlarining amal qilishi;
- xarajatlar hajmining oshib borishi;
- butun sog’liqni saqlash tizimini qo’llab-quvvatlash uchun mablag’larning 
etarli emasligi;
144


4. To 'g 'ridan-to 'g 'ri to 'lovlar:
- adolatli emasligi;
- risklarni umumlashtirmasligi va keng taqsimlash imkoniyatiga ega emasligi;
- butun tizimni etarli resurslar bilan ta’minlay olmasligi.
O ’zbekistonda sog’liqni saqlash xarajatlari hozirgi kunga qadar asosan davlat 
budjeti hisobidan moliyalashtirilib kelinmoqda. Bu mablag’larning ham qariyb 65-70 
foizi xodimlarning ish haqiga sarf etilmoqda. Shunga qaramasdan, soha xodimlarini 
moddiy rag’batlantirish, sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi 
texnika va texnologiyalarni joriy qilish uchun asosan budjet mablag’larining o ’zi, 
davlat resurslarining chegaralanganligi bois, etarli emasligini amaliyot isbotlab 
turibdi. 
Shuning uchun ham sog’liqni saqlashni isloh qilishning dolzarb 
yo’nalishlaridan biri - tarmoqni moliyalashning ko’p kanalli tizimini joriy etish 
ekanligi e ’tirof etildi.
O ‘zbekistonda tibbiyot tashkilotlari tuzilmasi optimallashtirilib, tibbiy xizmatlar 
tariflarini 
shakllantirish 
tartibi 
qayta 
ko‘rib 
chiqilmoqda. 
O ‘zbekiston hukumati 10 sentyabr kuni 2016-2020 yillarda tibbiyot tashkilotlari 
tuzilmasini yanada optimallashtirish va sog‘liqni saqlash tizimi tibbiyot xodimlari 
mehnatiga haq to ‘lash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to ‘g ‘risidagi qarorni 
e ’lon qildi.Hujjatda ayrim tibbiyot tashkilotlarini tuman (shahar) tibbiyot 
birlashmalariga va mintaqaviy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlariga qo‘shish (30 ta 
muassasaga taalluqli), ularga tegishli funksiyalarni va shtatdagi xodimlar sonini 
berish, qayta tashkil etish va tugatish yo‘li bilan ayrim tibbiyot tashkilotlarini 
optimallashtirish, sil kasalliklariga qarshi muassasalar binolarini rekonstruksiya qilish 
tugallanishiga ko‘ra ularning koykalar fondini qisqartirish (6592 tadan 1450 taga), 
ayrim tibbiyot tashkilotlarida to ‘lov asosida tibbiy xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan 
byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga ta’minlanadigan koykalar fondi ulushini va 
bemorlarni qabul qilish quvvatlarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish ko‘zda 
tutilgan.Yaqin muddatlarda tibbiyot tashkilotlarining yangilangan shtat normativlari 
tasdiqlanadi. Ularda markaziy tuman (shahar) ko‘p tarmoqli poliklinikalari, «tez 
tibbiy yordam» xizmatlari, qon quyish bo‘limlari, shuningdek davlat sanitariya- 
epidemiologiya 
nazorati 
markazlari 
tibbiyot 
xodimlarining 
ish 
yuklamasi 
normalarini, ularning zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlanganligi darajasi 
bilan bog‘lab, diagnostika, davolash va laboratoriya tadqiqotlarining ilg‘or 
texnologiyalari va metodlari joriy etilishini hisobga olgan holda qayta ko‘rib 
chiqiladi.Shuningdek, shifokor nazoratini kecha-kunduz davomida tashkil etish 
hisobiga, xizmat ko‘rsatiladigan kontingent xususiyatidan kelib chiqqan holda, 
mazkur tashkilotlar uchun qo‘shimcha ravishda 246 nafar vrach hamda 149 nafar 
o ‘rta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari ajratib, tibbiy-ijtimoiy muassasalar 
tomonidan 
ko‘rsatiladigan 
tibbiy 
yordam 
kuchaytiriladi.
145


1 dekabrga qadar 2000 aholi hisobiga 1,5 lavozim birligi shtat normatividan kelib 
chiqqan holda qishloq vrachlik punktlarini va oilaviy poliklinikalarni patronaj 
hamshiralar bilan qo‘shimcha ravishda to ‘ldiriladi.Tibbiyot tashkilotlari tuzilmasini 
optimallashtirish natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar tibbiy-ijtimoiy muassasalarda 
qo‘shimcha xodimlar sonini joriy etish bo‘yicha xarajatlarni qoplash, tibbiyot 
tashkilotlarining dori-darmon preparatlari va reaktivlar, inventarlar, sarflash 
materiallari va uskunalarga ehtiyot qismlar bilan ta ’minlanganligini yaxshilash, 
takomillashtirilgan tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to ‘lash razryadlarini, 
shuningdek alohida mehnat sharoitlari uchun qo‘shimcha haq va tarif stavkalariga 
(lavozim maoshlariga) har oylik maxsus ustamalar miqdorlarini oshirish hisobiga 
tibbiyot 
tashkilotlari 
xodimlarining 
ayrim toifalari 
ish haqini 
oshirishga 
yo‘naltiriladi.Qo‘shimcha ravishda hozirda amalda bo‘lgan Sog‘liqni saqlash 
vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat 
tariflarini shakllantirish tartiblarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.
Respublika akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 
Nukus, Jizzax, Qarshi, Namangan shaharlaridagi filiallari hamda hududiy perinatal 
markazlarini qayta tashkil etish yo‘li bilan onalar va yangi tug‘ilgan go‘daklarga 
ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat samaradorligi va sifatini oshirish belgilangan. 
O ‘zbekistonning barcha hududlaridagi bolalar stomatologiya poliklinikalari hamda 
xizmat ko‘rsatilayotgan aholi soni 30 ming fuqarodan ziyodni tashkil etuvchi 
shahalarda yangi oilaviy poliklinikalarni tuzish yo‘li bilan oilalarga va bolalarga 
tibbiy xizmat ko‘rsatishni kuchaytirish ko‘zda tutilgan.Bundan tashqari, Salomatlik 
va tibbiyot statistikasi instituti bazasida sog‘liqni saqlash tashkilotlari tizimini 
takomillashtirish, tibbiy xizmatlar samaradorligi va sifatini oshirish, aholi salomatligi 
holati monitoringi va tahlilini yuritish, tibbiyot sohasini rivojlantirish istiqbollarini 
tahlil qilish masalalarini o ‘rganish bo‘yicha zamonaviy ilmiy-tadqiqot institutini 
tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoev 20 iyun kuni «O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 
2017-2021 
yillarda 
ixtisoslashtirilgan 
tibbiy 
yordam 
ko‘rsatishni 
yanada 
rivojlantirish chora-tadbirlari to ‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjatga berilgan rasmiy sharhda keltirilishicha, mazkur sohada aniq va tezkor 
chora-tadbirlar ko‘rishni talab etadigan qator tizimli masalalar mavjud.
Xususan, 
sog‘liqni 
saqlash 
tizimining 
viloyat 
va tuman 
darajalarida 
ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni rivojlantirishda sezilarli darajada qoloqlik 
kuzatilmoqda. Mintaqalarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga tashkiliy-metodik 
rahbarlikning samarali vertikalini shakllantirishda respublika ixtisoslashtirilgan 
muassasalarining roli pastligicha qolmoqda.
«Diagnostika va davolashning respublika muassasalarida sinovdan o ‘tgan ilg‘or 
yuqori texnologik usullar viloyat va tuman darajasidagi tibbiyot muassasalari
146


faoliyatiga sust joriy etilmoqda. Tibbiyotning ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlari 
bo‘yicha qo‘lga kiritilgan mahalliy va xorijiy ilmiy yutuqlarni viloyat va tuman 
tibbiyot muassasalari amaliyotiga joriy etish darajasi past», — deyiladi sharhda.
Qarorda 
respublikaning 
ixtisoslashtirilgan 
tibbiy 
yordamini 
yanada 
rivojlantirishning eng muhim yo ‘nalishlarini belgilash, uning geografiyasini tuman 
(shahar) darajasigacha kengaytirish, hududiy ixtisoslashgan tibbiyot tashkilotlariga 
tashkiliy-metodik rahbarlik qilish uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining 
m as’uliyatini oshirish, ularning amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari 
va texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari nazarda tutilgan.
Quyidagilarni nazarda tutgan holda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish 
tizimi barcha darajalarda isloh qilinadi:
respublika darajasida — ixtisosli yo‘nalishlar bo‘yicha eng zamonaviy yuqori 
texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;viloyat darajasida — 
ixtisosli yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy 
xizmatlar ko‘rsatish;tuman (shahar) darajasida — yangidan tashkil etiladigan 
ixtisoslashtirilgan turdosh bo‘limlar negizida ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar 
ko‘rsatish;birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish darajasida — maxsus 
tasdiqlangan jadval bo‘yicha tuman (shahar) va viloyat darajasidagi tashkilotlarning 
tor ixtisosli mutaxassislari tomonidan konsultatsiyalar berilishini, shuningdek, 
davolash va konsultativ-diagnostika yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tibbiy 
yordamning ayrim turlarini ko‘rsatish.
Qarorda, shuningdek, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish tizimida 
respublika bo‘yicha va har bir mintaqada kasalliklar tendensiyalarini o ‘z vaqtida 
aniqlashni ta ’minlaydigan zamonaviy tahliliy va ilmiy-tadqiqot ishlarini keng 
qo‘llash nazarda tutilgan.
Etakchi 
respublika 
ixtisoslashtirilgan 
davolash-profilaktika 
tashkilotlari 
respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga aylantirilib, ularning 
asosiy vazifalari belgilandi.
O ‘z ixtisosligi bo‘yicha yagona metodik, texnologik, davolash va profilaktika 
siyosatini amalga oshirish, zamonaviy tibbiyot uskunalari va texnologiyalariga, dori 
vositalari va tibbiy buyumlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, klinik protokollarni, 
shu jumladan, tegishli tibbiyot hujjatlarini ishlab chiqish, axborot va tahliliy 
materiallarini nashr etish, sayyor maslahat berishlarni, mahorat darslarini, 
shuningdek, birinchi navbatda eng murakkab holatlarda hududiy ixtisoslashgan 
tibbiyot tashkilotlarida operatsiyalarni muntazam ravishda o‘tkazish orqali 
mintaqalarda zarur profilaktika ishlari olib borilishiga ko‘maklashish markazlarning 
asosiy vazifalari etib belgilangan. Bundan tashqari, markazlar Toshkent vrachlar 
malakasini oshirish instituti tibbiyot xodimlarining, ixtisoslashgan hududiy tibbiyot 
tashkilotlari xodimlarining malakasini tizimli ravishda oshiradi, shuningdek, klinik
147


ordinaturada, tayanch doktoranturada va doktoranturada tor mutaxassisliklar bo‘yicha 
kadrlarni tayyorlaydi, etakchi xalqaro tibbiyot markazlari, klinikalar va yuqori 
malakali 
xorijiy 
mutaxassislar 
bilan 
hamkorlik 
qiladi, 
shu jumladan, 
maslahatlashuvlar va mahorat darslari o ‘tkazish uchun ularni respublikaga taklif 
etadi, 
sog‘liqni 
saqlash 
tizimi 
mahalliy 
mutaxassislarining 
chet 
elda 
ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va klinikalarida tajriba orttirishini ta’minlaydi.
Qaror bilan aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sxemasi va 
aholining sifatli va samarali ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlardan foydalanishini 
kengaytirishga, Respublika markazlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirishga, 
ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tibbiyot tashkilotlarining moddiy- 
texnika bazasini mustahkamlashga, tibbiyot kadrlari tayyorlash, qayta tayyorlash 
va ularning 
malakasini 
oshirish 
tizimini 
takomillashtirishga, 
aholiga 
ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirishga, profilaktika, 
diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini joriy etishga yo‘naltirilgan 
huquqiy bazani takomillashtirishga yo‘naltirilgan 2017-2021 yillarda O ‘zbekiston 
aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora- 
tadbirlari dasturi tasdiqlanadi.
Qarorga muvofiq, 2018 yil 1 yanvargacha imtiyozli toifa alohida hisobga 
olingan holda tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlardan, shu jumladan, yuqori 
texnologik tibbiy yordamdan foydalanishga muhtoj bo‘lgan bemorlarning doimiy 
yangilanadigan yagona elektron m a’lumotlar bazasi shakllantiriladi. 2019 yil 1 
yanvargacha bo‘lgan muddatda barcha ixtisoslashtirilgan markazlarda, viloyat 
filiallarida, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida vrach qabuliga masofadan 
yozilish imkonini beradigan elektron dastur joriy etiladi.
2022 yil 

yanvargacha aholiga pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi 
(stomatologiya va kosmetologiya xizmatlaridan tashqari) sog‘liqni saqlash tizimi 
davlat tibbiyot tashkilotlarini soliqlarning barcha turlarini va davlat maqsadli 
jam g‘armalariga majburiy ajratmalarni to ‘lashdan, shuningdek, belgilangan tartibda 
tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha chetdan olib kelinadigan yangi tibbiyot uskunasi, 
butlovchi buyumlar, tibbiyot uskunasiga ehtiyot qismlar va sarflash materiallari 
uchun bojxona to ‘lovlari to ‘lashdan ozod etish nazarda tutilgan. B o‘shagan 
mablag‘lar tibbiyot tashkilotlarini zamonaviy tibbiy, muhandislik-texnika uskunasi 
bilan jihozlashga hamda unga servis va texnik xizmat ko‘rsatishga, ehtiyot qismlar, 
sarflash materiallari, inventar va boshqa tibbiy buyumlarni xarid qilishga, yangi 
binolar va inshootlar qurishga, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va mukammal 
ta’mirlashga yo‘naltiriladi.
Qarorda davolanish uchun chet elga j o ‘nab ketayotgan O ‘zbekiston fuqarolarini 
ijtimoiy-huquqiy himoya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish, 
mahalliy mutaxassislarning amaliy va nazariy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida
148


xorijiy etakchi olimlar, vrachlar va mutaxassislarni shartnoma asosida respublikaga 
jalb etishga alohida e ’tibor qaratilgan.
Dastur doirasida 2017-2021 yillarda O ‘zbekistonda ixtisoslashtirilgan tibbiy 
xizmatlarni yanada rivojlantirish maqsadida 373,5 milliard so‘m va 100 million 
AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, shundan 60 
milliard so‘m mablag‘ Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini qurish, 
rekonstruksiya qilish va kapital ta ’mirlashga va 97 million AQSH dollari respublika 
va hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarini jihozlashga yo‘naltiriladi
Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash profilaktika 
muassasalari tomonidan aholiga pullik va bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi 
belgilangan.
Bepul tibbiy xizmatlar qo‘yidagi davolsh profilaktika muassasalarida ko‘rsatiladi: 
Birlamchi tibbiy - sanitariya yordami - qishloq vrachlik punktlarida, shahar va tuman 
tibbiyot birlashmalarida, bolalar shifoxonalarida, yuqumli kasalliklar shifoxonalarida, 
to ‘g ‘ruqxona bo‘limlarida, sil kasalligi, teri-tanasil kasalligi, o‘sma kasalligi, 
endokrin 
kasalligi, 
narkologiya 
shifoxonalarida, 
asab-ruhiy 
kasalliklari 
shifoxonalarida, endokrinologiya kasalligi shifoxonalarida, “Ona va bola ” skrining 
hamda OITS markazlarida aholiga barcha tibbiy xizmatlar bepul ko‘rsatiladi.
Barchamiz guvohi bo‘layotganimizdek, yurtimizda, aholi turmush darajasini 
yanada yaxshilash, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish 
borasida yangilanish va rivojlanish jarayonlari kechmoqda. Bunday yangilanishlar 
sog‘liqni saqlash tizimining shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati faoliyatida ham 
ro‘y berayapti.
Ayniqsa, davlatimiz rahbarining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan 
uchrashuvlarida, shuningdek, 30 mart kuni o ‘tkazilgan videoselektor majlisida 
tizimning bugungi holati tahlili, mavjud muammolarni hal etish, xalqimiz 
salomatligini mustahkamlash yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlar sohani yangi 
bosqichga olib chiqishda muhim burilish bo‘ldi, desak m ubolag‘a emas.
- Mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 16 mart kuni imzolangan “Shoshilinch 
tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida”gi Farmoni 
hamda “Shoshilinch tibbiy yordam xizmatining faoliyatini tashkil etishni yanada 
takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari 
to ‘g ‘risida”gi qarori ayni maqsadlarni ko‘zlagani bilan ahamiyatlidir, - deydi 
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori A.Xudoyorov. - Qayd 
etish joiz, mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholiga shoshilinch va tez tibbiy 
yordam ko‘rsatish bo‘yicha o ‘ziga hos infratuzilma yaratildi. Respublika shoshilinch 
tibbiy yordam ilmiy markazi va uning viloyatlardagi filiallari, tuman va shahar 
tibbiyot birlashmalari qoshida bo‘limlari, mamlakatimizning barcha hududlarida tez 
tibbiy yordam xizmati stansiyalari va sanitar aviatsiya xizmati xalqimiz salomatligi
149


yo‘lida faoliyat yuritmoqda. Mazkur xizmat aholiga malakali ixtisoslashtirilgan, 
yuqori texnologiyali shoshilinch, tez va kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda tibbiy 
xizmat ko‘rsatish, samaradorligi bo‘yicha jahon talablariga mos keladigan 
shoshilinch tibbiy yordam tizimini tashkil etish, xorijiy turdosh tashkilotlar bilan 
yaqin hamkorlik o ‘rnatish kabi vazifalarni o ‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Soha 
rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar natijasida 
shoshilinch tibbiy yordam tizimida yiliga 600 ming nafardan ziyod bemorga yuqori 
malakali statsionar hamda 1 million nafardan ortiq bemorga ambulator yordam 
berilayapti. 
Shuningdek, 

milliondan ziyod chaqiriq bo‘yicha xizmatlar 
ko‘rsatilmoqda.
Mutaxassisning ta ’kidlaganidek, shoshilinch holatlarda bemorga yordam 
ko‘rsatish uchun zarur vositalarga ega bo‘lgan shoshilinch yordam brigadalari zudlik 
bilan etib borishi muhimdir. Shundan kelib chiqib, yil oxirigacha 1200 ta tez tibbiy 
yordamga ixtisoslashtirilgan avtotransport vositasi sotib olinishi rejalashtirilgan. Ayni 
kunlarda zarur vositalar bilan jihozlangan 200 ga yaqin tez tibbiy yordam 
avtomashinalari xarid qilinib, ehtiyoji baland bo‘lgan hududlarga etkazib berilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirining joriy yil 13 fevraldagi “Tez tibbiy yordam 
avtotransportlarining ixtisoslashtirilgan va umumtarmoq brigadalarini, tez tibbiy 
yordam xizmati chaqiriqlarida ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar uchun zarur 
bo‘ladigan dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan ta ’minlash normativlarini 
tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga ko‘ra, tez tibbiy yordam xizmatining bitta maxsus 
brigadasida 41 nomdagi, umumtarmoq brigadasida esa 36 nomdagi dori vositalari 
bo‘lishi belgilangan va ular bilan ta’minlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
- Shoshilinch holatlarda tibbiy yordam brigadasi ishini tashkillashtiruvchi asosiy 
bo‘g‘in - tez yordam xizmati dispetcherlari qayta o ‘qitilib, ularga nisbatan talablar 
ham oshirildi, - deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi ilmiy 
xodimi Bobur SHukurov. - Endi dispetcherlarning kasbiy mahorati va malakasini 
mustahkamlash uchun ular qayta o ‘qitiladi. Bugungi kun talabiga ko‘ra, dispetcher 
faqat murojaatni yozib olib, uni kerakli mutaxassisga etkazish bilangina cheklanmay, 
zarur holatda murojaat qiluvchiga tez tibbiy yordam brigadalari etib borguniga qadar 
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishi bo‘yicha maslahatlar ham bera olishi lozim. 
Tizimdagi islohotlarning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, birlamchi tibbiy 
bo‘g‘inda tibbiy xizmatning tezkorligi ta ’minlanib, shu orqali shoshilinch va 
ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatga tushayotgan yuklamalar engillashtirilayapti. Ushbu 
maqsadda yaqinda poytaxtimizdagi 60 ta oilaviy poliklinikalarning har biriga 
ikkitadan, jam i 120 dona “Damas” rusumli avtomashinalar topshirildi. Endilikda 
bemorlarning uyiga borib, eng kerakli tibbiy muolajalarni amalga oshirish, zarur 
holatlarda ularni oilaviy poliklinika yoki boshqa tibbiyot muassasasiga etkazib borish 
hamda patronaj xizmatini ko‘rsatish kabi vazifalar o ‘z vaqtida, kechiktirilmay amalga
150


oshiriladi. Avtomashinalar o‘z hududi bo‘ylab harakatlangani bois, yo‘llar 
tirbandligidan kelib chiqadigan tez yordam birigadalarining kechikishi kabi 
holatlarning ham oldi olinadi.
Mutaxassislar fikricha, mazkur tizimning bugungi holati, tez tibbiy yordam 
xizmatining sifat va samaradorligini oshirish, shoshilinch tibbiy yordam sohasidagi 
ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish hamda bu borada xalqaro hamkorlikni 
chuqurlashtirish bo‘yicha mamlakatimiz Prezidenti tomonidan belgilangan aniq 
vazifalar o‘z ijrosini topmoqda.
SHoshilinch tibbiy yordam haqida so‘z borganda, avvalo, kafolatlangan, sifatli 
va tezkor tibbiy yordam nazarda tutiladi. Bugungi kunda yurtimizda mazkur sohani 
rivojlantirish yo‘lida belgilangan vazifalar va joriy etilayotgan imtiyozlar, 
ajratilayotgan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar tizim mutaxassislari olib borayotgan 
ilmiy izlanishlar saviyasini yuksak darajaga oshirishni taqozo etadi. SHuningdek, 
shoshilinch holatlarda diagnostika va davolashning yangi istiqbolli usullarini ishlab 
chiqish hamda rivojlantirish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Bu esa tez tibbiy 
yordam xizmatining sifat va samaradorligini oshirish, aholining har bir murojaatiga 
amaliy yordam bilan javob qaytarish, eng muhimi, xalqimizni ushbu tizim 
faoliyatidan rozi bo‘lishiga erishishga xizmat qiladi.
Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida Respublika Sog‘liqni saqlash 
vazirligi tomonidan “Shoshilinch va tez tibbiy yordam tizimi: dolzarb masalalar va 
istiqboldagi rejalar” mavzusida o ‘tkazilgan matbuot anjumanida ana shular xususida 
so‘z yuritildi. Ommaviy axborot vositalari vakillarini qiziqtirgan savollarga soha 
xodimlari atroflicha javob qaytarishdi

Download 5,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish